2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#320667
1   2   3
Bog'liq
2-мавзу 3 йиллик

 

Таянч тушунчалар: 

Метод,  методология,  методика,  метафизика,  янги  метафизика,  софистика, 

эклектика, синергетика, хусусий илмий методлар, фан методлари, фанлараро тадқиқот 

методлари,  хусусий  фанлар  методлари,  эмпирик,  кузатиш,  эксперимент,  социометрия 

методи,  ўйин  методлари, 

фан  категориялари,  фалсафий  категориялар,  априор,  миқдор, 

сифат,  моҳият,  айният,  тафовут,  тушунча,  нарса,  алоқа,  қарама-қаршилик,  зиддият, 

зиддиятларнинг  турлари,  инкорни-инкор  қонуни,  ҳаракат,  ривожланиш,  яккалик, 

хусусийлик, умумийлик, айримлик, бутун, қисм, яхлитлик, механик яхлитлик.  

 

Falsafa  o’rganadigan  qaysi  bir  masalani  olmaylik,  u  borliq  muammosi  bilan 



bog’liq ekanligini ko’ramiz. Borliq muammosi falsafadagi har qaysi dunyoqarash 

va metodologik muammolarning asosi xisoblanadi.  

  Dunyoning mavjudligi, ya’ni borligi to’g’risida baxs yuritgan faylasuflar bu 

masalaga  turlicha  yondoshganlar:  ularning  ba`zilari,  dunyo  avval  ham  bo’lgan, 

hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bo’ladi deyishsa; boshqalari, dunyo 

avval  mavjud  bo’lmagan,  ilk  borliq  bu  olamdagi  barcha  narsa  va  hodisalarni 

yratunchi Xudodir.  

Ilk  borliq,  ya’ni  birinchi  mavjud-Tangri  Olloh  barcha  mavjudod  borlig’ining 

birinchi sababidir deyiladi.  

«Ilk  bor  bo’lgan,  (Yhni  Tangri)-deydi  Farobiy,  o’zining  asl  mohiyati  bilan 

boshqa  barcha  narsrlardan  farqlidir»  (Abu  Nasr  Farobiy  «Fozil  odamlar  shahri», 

131 bet). Chunki, u modda ham emasdir, subhekt ham emasdir, uning surhati ham 

bo’lmaydi,  uning  bir  o’zi  bu  borliqda  ykayu-ygonadir,  u  shu  jiµatdan  ham 

birinchidir.  

Fan va amaliyot taraqqiyoti natajasida dunyoning yratilganligi, uning fazo va 

vaqtda  chegaralanganligi,cheklanganligi  to’g’risidagi  oldingi  qarashlar  asta-sekin 

cheksiz  chegarasizligi,  shu  bilan  birga  uning  bir  butunligi,  doimiyligi,  abadiyligi 

to’g’risidagi qarashlar bilan almashinib borgan.  




  Abadiy  dunyodagi  barcha  narsalar,  turli-tuman  jonsiz  va  jonli  organizmlar, 

insonlar  va  ularning  faoliyti  xatto,  bir  butun  jamiyt  ham,  shubhasiz  vaqtincha 

o’tkinchidir.  Demak,  borliq  abadiy,  ammo  undagi  barcha  narsalar o’zgarishda  va 

rivojlanishda;  bir  xolatdan  ikkinchi  xolatga,  bir  turdan  ikkinchi  turga  o’tishda, 

chunki ular bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi.  

  Borliq  tushunchasi  falsafiy  kategoriy  sifatida  bilishning  yuqori  bosqichi-

abstrakt tafakkurgagina xos bo’lib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha orqali 

dunyodagi  alohida  narsalar,  ularning  konkrekt  belgilari  va  xossalari  haqida  emas 

balki,  dunyodagi  barcha  narsalar,  voqea  hodisalar,  jarayonlar  o’rtasidagi  eng 

umumiy  jixat-ularning  realligi  haqida  fikr  yuritadilar.  Borliq  tushunchasi 

yordamida  kishilar  dunyoning  ob`yektiv  mavjudligi,  uning  cheksizligi,  abadiyligi 

va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega bo’ladilar.  

Borliqning  asosiy  shakllarini tabiiy  borliq  yoki  tabiat borlig’i, inson borlig’i, 

ma`naviy borlig’i tashkil etadi.  

 Tabiiy  borliq  o’zaro  bog’liq,  lekin  bir-biridan  farq  qiluvchi  quyidagi  ikki 

ko’rinishdan iboratdir:  

1 .Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig’i; 

2.Tabiytdagi  narsa  va  hodisalar  asosida  inson  tomonidan  yratilgan 

narsalarning tabiiy borligi.  

Tabiiy  borliqning  birinchi  ko’rinishi  insongacha  insondan  va  uning  ongidan 

tashqarida,  unga  bog’liq  bo’lmagan  xolda  mavjud  bo’lgan  narsa  va  hodisalar, 

jarayon va xolatlarni o’z ichiga olgan tabiatdir. Bu bahzi adabiyotlarda «birlamchi 

tabiat»  deb  ham  ataladi.  Bu  «birlamchi  tabiat»  makonda,  cheksiz  zamonda 

abadiydir,  u  hamma  yerda  doimo  mavjud.  Inson  shu  «birlamchi  tabiat» 

materiyallari  asosida  amaliy  faoliyti  va  ongi  bilan  «ikkilamchi»tabiatni  yratadi. 

«Ikkilamchi tabiat» narsa va hodisalari ijtimoiy hayotda inson extiyojini qondirish 

zaruriyti, ijtimoiy turmushda biron bir funktsiyni bajarish zaruriyti tufayli yratiladi.  

 «Birlamchi»  va  «ikkilamchi»  tabiatlar  borlig’i  o’zaro  aloqadorlikda  bo’lib, 

bir  tomondan,  bir  biri  bilan  umumiylikka  ,  o’xshashlikka,  birlikka  ega  bo’lsa, 

ikkinchi tomondan, bir-biriga nisbatan ma`lum farqlarga ham ega.  

  «Birlamchi  tabiat»  makonda  cheksiz,  zamonda  abadiy  va  doimiy  bo’lsa, 

«ikkilamchi tabiat» inson mavjudligi bilan, uning faoliyti va ongi bilan, bir butun 

jamiyt bilan bog’liq xolda mavjud bo’ladi, u fazo va vaqtda ibtidoga va imtixoga 

ega.  


«Birlamchi tabiat» inson unda yshab, uni bilib borayotgan bitmas- tuganmas, 

cheksiz dunyo (olam) bo’lsa; «ikkilamchi tabiat» esa inson tabiat qonunlarini bilib 

olish tufayli, ular asosida yratgan narsa va hodisalar, jarayonlar dunyosidir.  

  «Ikkilamchi  tabiat»  bir  tomondan  ,  «birlamchi  tabiat»  kabi,  ob`yektiv,  real 

borliq  bo’lib,  u  inson  ongidan  tashqarida  mavjud  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan,  u 

insonga  bog’lq  hamdir,  chunki  unda  kishilarning  maqsadlari,  g’oylari,  bilim  va 

mehnatlari  mujassamlashgan  bo’ladi.  «Ikkilamchi  tabiat»,  «birlamchi  tabiat»  va 

kishilik  (inson)  borlig’ini  bog’lovchi,  ular  chegarasidagi  borliq  bo’lib,  tabiiy 

borliqning  o’ziga  xos  shakli  sifatida  «birlamchi  tabiat»  borlig’iga  nisbatan  ham, 

inson borlig’iga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.  




Borliqning  o’ziga  xos  shakllaridan  yna  biri  –  bu  inson  borlig’idir.  Inson 

borlig’ida,  avvalo,  insonning  tabiat  taraqqiyotining  maxsuli  sifatida  tabiiy 

borliqning  har  ikki  shakliga  oid  tomonlar  bilan  birga,  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyot 

maxsuli sifatida unda ijtimoiy va ma`naviy borliqning ham barcha shakllariga xos 

tomonlarning yig’indisi majassamlashgandir.  

Inson  borlig’i  jamiyt  taraqqiyotining  birdan  bir  manbaidir.  Ijtimoiy  borliq 

hodisalarning barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Jamiyt bir-biri bilan uzviy 

bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  ijtimoiy  etnik,  oilaviy  va  x.k. 

munosabatlardan  tarkib  topgan,  doimo  taraqqiy  etib,  rivojlanib  turadigan  jonli 

organizmdir. Jamiyt tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir.  

Jamiytning  moddiy  texnika  bazasi,  iqtisodiy  asoslari,  siyosiy  tashkilotlari: 

davlat  va  xokimiyt  idoralari,  armiy,  politsiy,  sud,  prokuratura,  siyosiy  partiylar, 

turli-tuman  jamoat  tashkilotlari  maorif  sistemasi,  madaniyt,  fan  va  texnika,  ilmiy 

tadqiqot  institutlari  va  laboratoriylari,  ommaviy  axborot  muassasalari,  aloqa 

bo’limlari va x.k. ijtimoiy borliqning har xil ko’rinishlarini tashkil etadi.  

 Borliq  faqat  moddiy  shaklda  emas,  ma`naviy,  ruxiy  shaklda  ham  namoyon 

bo’ladi.  Ma`naviy  borliq  inson  tomonidan  yratilgan  rang-barang  madaniyt  va 

sanhat  asarlari,  til,  ilmiy  kashfiyotlar,  g’oylar,  axloq-odob  qoidalari,  falsafiy, 

estetik,  badiiy,  siyosiy,  tafakkurlash  madaniyti,  ruhiy  kechinmalar,  diniy 

tasavvurlar, tushunchalar va x.k. majmui kiradi.  

 Kishilarning  ichki  xolati,  kechinmalari,  his-tuyg’ulari,  ruhiy  ma`naviy 

dunyosi,  o’y-fikrlari,  maqsad  va  manfaatlari  hamda  kayfiytlari  ham  ma`naviy 

borliqning ko’rinishlaridir.  

Ma`naviyat,  jamiyat,  shaxs,  millat  taraqqiyotining  manbaidir.  Shuni  aloxida 

qayd  etish  lozimki,  mustaqillik  tufayli  o’zbek  xalqining  ko’p  asrlik  boy  tarixi, 

ilmiy,  madaniy  va  diniy  merosini  o’rganish,  undan  xalqning  umumiy  va  bebaho 

mulki  sifatida  foydalanishga  keng  yo’l  ochildi.  I.A.Karimov  aytganlaridek, 

«Ma`naviyt  insonning,  xalqning,  jamiytning,  davlatning  kuch  kudratidir.  U  yo’q 

joyda  xech  qachon  baxt-saodat  bo’lmaydi».  Shuning  uchun  ham  xalqning 

ma`naviy  ruxini  mustaxkamlash  va  rivojlantirish  O’zbekistonda  davlat  va 

jamiytning eng muxim vazifasi bo’lib hisoblanadi. Ushbu borliq shakllari (narsalar 

borlig’i,  inson  borlig’i,  ijtimoiy  borliq,  ma`naviy  borliq)  bir  butun  dunyoning 

alohida  ko’rinishidir.  Borliq  ana  shu  alohida  shakllar  o’rtasidagi  bog’liqlikni, 

umumiylikni  ko’rsatadi.  Borliqning  umumiy  aloqadorligi  alohida  narsalarning 

mavjudligi bilan namoyon bo’ladi. 

Moddiy  olamning  asosida  yotuvchi  umumiy  mohiyatni  axtarish  falsafada 

materiy haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo’ladi.  

 Umuman materiya — bu tushuncha, abstraktsiy, fikrning maxsulidir, chunki, 

olamda  «umuman  materiy»  uchramaydi,  balki  materiyning  konkret  ko’rinishlari 

uchraydi.  Shunday  qilib  faylasuflar  barcha  moddiy  obhektlarga  xos  xususiytlarni 

umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha bu «materiy»dir. Olamdagi 

barcha  narsa  va  hodisalarning  umumiy  belgisi,  xususiyati  shundan  iboratki,  ular 

bizning ongimizdan tashqarida, mustaqil ravishda mavjuddir. Hamma narsaga xos 

bo’lgan  bu  umumiy  xususiyt  materiy  tushunchasida  o’z  aksini  topadi.  Demak, 

materiy tushunchasining falsafiy mazmuni:  



a)  narsalarning  bizning  ongimiz,  xoxishimizga  bog’liq  bo’lmagan  xolda 

mavjud ekanligi;  

b)  ular  bizning  sezgi  va  bilimlarimiz  manbai  ekanligini  bildiradi.   

Materiyning  falsafiy  tushunchasi  faqat  hozirgi  davrda  fanga  ma`lum  bo’lgan 

obhektlargina  emas,  balki  kelgusida  kashf  qilinadigan  narsalarni  ham  o’z  ichiga 

oladi, bu ma`noda uning metodologik ahamiyti kattadir. Materiy abadiy, bepayon, 

cheksiz,  xech  qachon  yo’qolmaydi.  Materiyning  abadiyligi  uning  hech  kim 

tomonidan  yratilmaganligini,  hamda  mavjud  bo’lishini,  har  bir  yngi  kashfiyot 

tufayli  uning  yngi tomonlari ochilishini bildiradi. Materiy  tushunchasining tabiiy-

ilmiy  ma`nosi  uning  tuzilishi,  bitmas  tuganmas  xususiytlarining  xilma-xilligini 

bildiradi  va  ular  tabiat  haqidagi  alohida  fanlar-fizika,  ximiy,  biologiy  kabilar 

tomonidan o’rganiladi.  

  Materiy  ikki  xil  modda  va  maydon  ko’rinishida  mavjud.  Modda 

ko’rinishidagi  materiy  tinchlik  massa  ko’rinishiga  ega  bo’lib,  bular  majmuasiga 

proton,  neytron,  elektron  va  pozitronlarni,  ulardan  tashkil  topgan  atom  va 

malekulalarni kiritish  mumkin. Malekulalardan tarkib tongan mikroskopik jismlar 

hozirgi  zamon  fani  bergan  ma`lumotlarga  asosan  har  xil  xolatda  bo’lishlari 

mumkin:  suyuq,  qattiq,  gazsimon,  plazma,  epiplazma,  fizik  vakuum  xolatida. 

Materiyning  maydon  ko’rinishi  modda  ko’rinishidan  harakatdagi  massaga  ega 

bo’lishi  va  yorug’lik  tezligiga  yqin  tezlik  bilan  harakat  qilishi  orqali  farq  qiladi. 

Elektromagnit  maydon,  ydro  maydoni  gravitatsion  maydon  –  bular  materiyning 

maydon  ko’rinishlaridir.  Tajribalar  orqali  materiyning  modda  va  maydon 

ko’rinishining  bir-biriga  aylanishini  ko’rish  mumkin.  Demak,  materiyning  modda 

va maydon ko’rinishining bir-biriga aylanishi zarralarning zarra va antizarralardan 

tashkil topganligini ko’rsatadi.  

Materiyning  benihoyligi  va  cheksiz  tuzilishi,  murakkab  xususiytlari  haqidagi 

masala  moddiy  olamning  sifat  jixatdan  bitmas-tuganmasligini  o’z  ichiga  oladi.  U 

organiq jixatdan dunyoning moddiy birligi printsipi bilan bog’liq.  

  Dunyoning moddiy birligini quydagilardan yqqol ko’rishimiz mumkin:  

1.  Borliq,  materiy  ob`yektiv  reallikdir,  u  inson  ongi  irodasi,  xoxishi  va 

istagidan  tashqari  real  mavjuddir.  Demak,  dunyoning  moddiy  birligi  insonning 

sezgilari va tushunchalariga bog’liq bo’lmay, bu birlik inson ongidan tashqaridagi 

undan  mustaqil  va  abadiy  mavjud  bo’lgan  materiyning  xususiytlari  bilan 

ifodalanadi.  

2.  Dunyo  moddiydir,  barcha  narsalar  va  hodisalar  materiyning  turli 

shakllaridagi  ko’rinishidan  iborat.  Olamda  faqat  materiy  va  uning  aniq  sifati  va 

xususiytlari  mavjud.  Masalan,  oddiy  chang  zarrasidan  suv  tomchisigacha, 

murakkab malekuladan mineralga qadar bo’lgan narsalarni olib ko’raylik, ular turli 

ko’rinishga  sifat  va  xususiytga  ega  bo’lib,  bir-biridan  juda  farq  qiladi.  Ularning 

hammasi  materiyning  muayyn  ko’rinishidir,  bularning  zaminida  hamma  jismlar 

uchun umumiy bo’lgan substatsiy-materiy  yotadi. Mana shuni birlik deb ataymiz. 

Bunday  birlik  yolg’iz  bizning  sayyoramizdagina  emas,  balki  cheksiz  koinotning 

barcha bepayon tomonlarida ob`yektiv mavjuddir.  

3.  Olamdagi  barcha  narsa  va  hodisalar  qanday  mazmunga,  shaklga  ega 

bo’lishidan  va  koinotning  qaysi  yerida  joylashishidan  qathiy  nazar  o’zaro 



chambarchas  bog’liq  hamdir.  Bu  boliqlik  olamning  shunday  bir  umumiy  zaruriy 

tomoniki, tabiatdagi biror predmet yoki jamaytdagi biror hodisa shu bog’lanishdan 

chetda  qola  olmaydi.  Barcha  mavjud  narsalar  va  hodisalar,  ularing  sifat  va 

xususiytlari o’rtasidagi bu bog’lanish ham olamning birligini ko’rsatuvchi dalildir.  

 Fazoda  cheksiz  va  vaqtda  abadiy  harakat  qilib  turuvchi  materiy  butun 

mavjudodning negizi va manbaidir.   

Tabiat  va  jamiytda  hamma  narsa  harakatda  o’zgarishda,  o’zaro  tahsirda  va 

o’rin  almashishdadir.  Xech  bir  mutloq  tinch  turgan,  harakatsiz  narsa  yo’q. 

Olamdagi  narsalar  harakatda  bo’lib,  ular  bir-biriga  aylanadi,  biri  ikkinchisini 

yo’qotadi,  biri  ikkinchisidan  paydo  bo’ladi.  Har  qanday  narsaning  mavjud 

bo’lishining  o’zi  avvalombor  uni  tashkil  etuvchi  elementlarning  o’zaro  tahsirda 

bo’lishini  taqozo  etadi.  Masalan,  atom  qobig’ini  tashkil  etunchi  ydro  va  elektron 

o’rtasida  muayan  o’zaro  tag’sir  bo’lgani  sababligina  atom  mavjuddir;  tirik 

organizmda ham uni tashkil etuvchi molekulalar,  hujayra va to’qimalar o’rtasida 

o’zaro  tahsir  jarayonlari  sodir  bo’ladi;  jamiytning  mavjud  bo’lishi  uchun  ham 

kishilar faoliytlari o’rtasida o’zaro munosabatlar bo’lishi zarurdir. Demak, o’zaro 

tahsir materiy xossalarini, munosabat va xolatlarini o’zgarishga olib keladi.  

 Ilmiy  falsafa  ta`limotiga  ko’ra  harakatning  falsafiy  ma`nosi  shuki,  u 

materiyning  borliq  shaklidir.  Materiy  harakati  qanday  shaklda  bo’lmasin  u 

ob`yektiv  ravishda  materiydan  ajralmagan  xolda  sodir  bґladi.  Materiyning 

mavjudlik  shakli  bo’lgani  uchun  harakatning  ob`yektiv  real  bo’lish  xususiyti 

materiyning  ham  xususiyti  hisoblanadi.  Eng  umumiy  tarzda  harakat  umuman 

o’zgarishdan,  moddiy  obhektlarning  har  qanday  o’zaro  ta`siridan  iborat.  Materiy 

harakati  xech  qanday  tashqi  to`rtkiga,  g’ayri  tabiiy  kuchga  muxtoj  emas.  Materiy 

o’ziga  xos  ichki  qarama-qarshiliklarga  ko’ra  harakat  qiladi,  rivojlanadi.  Materiy 

harakati va taraqqiyotining manbai ichki qarama-qarshiliklardir.  

Harakatni  rivojlanish  tushunchasi  bilan  aralashtirmaslik  kerak.  Harakat  real 

voqealikda  ro’y  beradigan  hamma  o’zgarishlarni  o’z  ichiga  oladi.  Rivojlanish 

deganda  esa,  jadal  surhatlar  bilan  ilgarilab  boruvchi  o’zgarishlar  tushuniladi. 

Rivojlanish  sifat  o’zgarishlarining  natijasi  bo’lib,  u  o’zgarish  narsa  va 

hodisalardagi  qarama-qarshi  tomonlar  orasidagi  kurashning  natijasidir.  Bunday 

o’zgarishlar natijasida eski o’rnida yngisi paydo bґladi. Shuning uchun «harakat» 

tushunchasi «rivojlanish» tushunchasiga qaraganda kengroq tushuniladi.  

Harakatning bir-biridan farq qiluvchi shakllari mavjuddir. Harakat shakllarini 

turkumlashda quyidagi qoidalarga taynadilar.  

1)  harakat  shakllari  bir-biri  bilan  sifat  jixatdan  farq  qilib,  ularning  har  biri 

materiyning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyn bosqichida namoyon bo’ladi;  

2)  harakat  shakllari  bir-biri  bilan  kelib  chiqish  jixatidan  (genetik  jixatdan) 

ketma-ket  bog’langandir,  yhni  harakatning  murakkab  shakllari  uning  nisbatan 

soddaroq shakllaridan kelib chiqіandir;  

3)  harakatning  yuqori  shakllari  tarkibida  quyi  darajadagi  harakat  shakllari 

qatnashadi,  yhni  harakatning  quyi  shakllari  uning  yuqori  shakllariga  ham 

mansubdir,  ammo  harakatning  yuqori  shakli  o’zidan  quyi  shaklidagi  harakatga 

mansub  emasdir.  Shu  qoidalarga  tayangan  xolda  haraktning  bir  necha  shaklini 

ajratib ko’rsatish mumkin. Ular quydagilar:  



1) mexaniq harakat (jismlarning fazodagi siljishi);  

2) fizik harakat (issiqlik, yorug’lik, elektr, magnitizm);  

3) kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat xolatlarning 

bir-biriga o’tishi)  

4) Biologik harakat (organiq hayot)  

5) ijtimoiy harakat.  

4 – masala 

 Materiyning  cheksiz  ravishda  sodir  bo’lib  turadigan  harakati,  o’sishi, 

o’zgarishi  va  taraqqiyoti  hamisha  fazo  bilan  vaqtda  yuz  beradi.  Harakat  singari 

fazo va vaqt ham materiy mavjudligining tub ob`yektiv shaklidir. Demak, harakat 

materiydan ajratish mumkin bo’lmaganidek, fazo va vaqtni ham materiydan ajratib 

bo’lmaydi.     

Fazo  harakatdagi  materiy  mavjudligining  tub  ob`yektiv  shaklidir.  Fazo 

tushunchasi moddiy obhektlaring birgalikda mavjudligini va bir biridan uzoqligini, 

ularning ko’lamini, bir-biriga nisbatan joylashish tartibini ifodalaydi.  

Vaqt  ham  materiyning  mavjudlik  shakli  bo’lib,  moddiy  jarayonning  keng 

yoyilish  izchilligini,  bu  jarayonning  turli  bosqichlari,  bir-biridan  ajralganligi, 

ularning  davom  etishini,  ularning  rivojlanishini  bildiradi.  Har  bir  narsa  o’z 

o’tmishi,  hoziri  va  kelgusiga  ega.  Narsa  va  hodisalarning  bahzi  birlari  avvalroq, 

boshqalari keyinroq bo’ladi. Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi. Fazo va vaqt 

o’rtasida umumiy, o’xshash tomonlar hamda ayrim farqlar mavjuddir:  

-birinchidan,  fazo  bilan  vaqtning  ob`yektivligi,  inson  ongi,  irodasi  va 

g’oylariga  bog’lik  emasligi,  ular  o’rtasidagi  umumiylikning  muxim  tomonlaridan 

birini tashkil etadi,  

-ikkinchidan, fazo bilan vaqt abadiy azaliydir. Fazo bilan vaqtning abadiyligi 

materiyning abadiyligidan kelib chiqadi,  

-uchinchidan, fazo bilan vaqt cheksiz chegarasiz bepayondir.  

 Fazoning  o’ziga  xos  xususiyti  va  vaqdan  farqi,  uning  uch  o’lchovga  ega 

bo’lishidadir. Bu uch o’lchov materiy bo’yiga va balandligiga, oldiga va orqasiga 

qarab  uning  cheksiz  ekanligini  ko’rsatadi.  U  turli  narsa  va  hodisalarda  har  xil 

bo’ladi. Hozirgi zamon fizikasining nisbiylik nazariysida to’rt o’lchovli geometrik 

fazo haqida so’z boradi. Bunda to’rtinchi o’lchov sifatida vaqt olingan.  

  Vaqt  fazo  bilan  chambarchas  bog’liq  bo’lsada,  lekin  o’zining  ayrim 

xususiytlari  bilan  undan  farq  qiladi.  Vaqtning  muxim  xususiyti  uning  bir 

o’lchovligidadir,  qaytarilmasligidadir.  Moddiy  narsalar  fazoda  bir  xil 

joylashishlari, turli tomonga harakat qilishlari mumkin, lekin vaqtga kelganda ular 

faqat  bir  tomonga  qarab  yo’nalishda  bo’ladi,  vaqt  xech  qachon  orqaga  qarab 

harakat  qilmaydi.  O’tgan  zamonning  qaytarilishi  va  hozirgi  zamonning  yo’q 

bo’lishi mumkin emas.  

Materiyga xos xususiytlar fazo va vaqtga ham xosdir. Materiyning tuzilishi va 

xossalari  haqidagi  bilimimizning  o’sishi  kabi,  fazo  va  vaqt  to’grisidagi 

bilimlarimiz ham ortib boradi.  

 Tabiat  va  jamiyat  hodisalari  hamma  vaqt  ketma-ket  sodir  bo’ladi  vaqda 

harakat qiladi. Materiy vaqtda harakat qiladi, demak materiy, harakat,  fazo va vaqt 




dialektik  bog’langan.  Ularning  dialektik  birligi  umumiy  aniq  fanlar  uchun  ham 

amaliy jixatdan metodologik asos hisoblanadi. 




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish