Sinergetika taraqqiyot konsepsiyasini chuqurroq ifoda etishga imkon beradi. I.Prigojin
ta’kidlashicha: «ham klassik, ham kvant mexanikada agar qaysidir bir vaqtda sistemaning
holati etarli aniqlikda ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, unda kelajakni juda bo‘lmaganda prinsipda
oldindan aytish mumkin edi. Buning ustiga bunday turdagi nazariy sxema ko‘rsatdiki,
qaysidir bir ma’noda «hozir» o‘zida o‘tmish va kelajakni saqlaydi. Ko‘rib turganimizdek,
haqiqatda unday emas. Kelajak o‘tmishning tarkibiy qismiga kirmaydi. Hatto fizikada huddi
sotsiologiyadagidek atigi xilma-xil mumkin bo‘lgan «ssenariylar»nigina oldindan aytish
mumkin»
2
.
Sinergetika taraqqiyotning qator fundamental o‘ziga xosliklarini ochib berishga imkon
beradi. Taraqqiyot jarayonida tizimning umumiy muhitida tebranishlar hosil bo‘lishi, ya’ni
tizim muhitini yangi tashqi ta’sir vujudga keltirayotgan yangi tarkibi sifat jihatdan sakrash
nuqtasiga yaqin bosqichda hal qiluvchi hisoblanadi. Bu jarayon fluktatsion jarayon deb
ataladi. Bu bifurkatsiya nuqtasini, ya’ni taraqqiyotning bundan keyingi yo‘nalishining aniq bir
variantining ko‘pdan ko‘p mumkin bo‘lgan variantlardagi «tanlovi» ni hosil qiladi.
Taraqqiyot jarayoni kogerentlik, turbulentlik, dinamik tartibsizlik, dissipativ va avtoto‘lqinli
strukturalar dinamikasi, kengmasshtabli spontan fluktuatsiyalar kabi bungacha taraqqiyot
konsepsiyasi qamrab ololmagan ko‘pgina boshqa fenomenlarni o‘z ichiga oladi
3
. Rivojlanish
va taraqqiyot jarayonida bifurkatsiya nuqtalari orasida deterministik qonunlar, bifurkatsiya
nuqtalarida esa ehtimoliy qonunlar ustunlik qiladi. Bu murakkab jarayon yangilanish
elementlari orqali yangi o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan mikro va makro darajadagi tizimlarni
hosil qiladi.
Xulosa qilib aytganda sinergetika dunyoga yangicha qarash usuli va bir vaqtning o‘zida
falsafa fani metodi bo‘lib, fanlardagi yangiliklarni umumlashtirish, o‘z-o‘zini tashkil qilish,
chiziqsiz tafakkur asosida evolyusion jarayonni tashkil qiluvchi fanlararo ilmiy tadqiqot usuli
sifatida asrimizning 70-yillarida paydo bo‘ldi. Sinergetika yangi ta’limot sifatida o‘z-o‘zini
boshqarishning umumiy qonunlari va tamoyillarini o‘rganishni asosida noorganik va organik
tabiatda o‘zaro aloqadorlikda o‘z-o‘zini shakllantirish orqali tashkil topish mavjudligini isbot
qilib berdi. Materiyaga tashqi ta’sir natijasida o‘zgaruvchi inert ob’ekt deb emas, balki o‘z-
o‘zini tashkil qila oladigan ob’ekt deb qaraladigan bo‘ldi. Bu ma’lumotlar statik va jonli
materiya tushunchalarini ajratib turgan oraliqni ancha kamaytirdi. Agar o‘z-o‘zini tashkil
etuvchi tizimlarning xossalari va vujudga kelishi sharoitlari bilan, biologik evolyusiyaning
eng muhim jihatlarini bir-biriga taqqoslab ko‘rilsa, ikki holda ham o‘zgarishlar ayni bir xil
qonunlarga bo‘ysunadi va o‘xshash tendensiyani namoyon qiladi, degan xulosaga kelish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: