2-Mavzu. Epr va Yamr usullarining biologiya va tibbiyotda qo’llanilishi. Magnit rezonans


MRT usuli, uning mazmun mohiyati va tibbiyotda qo’llanilishi



Download 443,04 Kb.
bet3/5
Sana06.06.2022
Hajmi443,04 Kb.
#641353
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu EPR va YaMR

MRT usuli, uning mazmun mohiyati va tibbiyotda qo’llanilishi.

1970-yillar boshida AQSHlik olimlar Reymond Damian, Pol Loterbur hamda, Angliyalik fizik Piter Mensfild birgalikda, magnit rezonans vositasida tana a'zolarining tasvirini olish va qayta ishlash uslubini ixtiro qilishdi. Aniqrog‘i, magnit rezonansi yordamida odam a'zolarini tomografiya qilish g‘oyasi, dastlab 1971-yilning 2-avgust sanasida, kimyo professori Pol Loterburdan chiqqan edi. Uning bu boradagi tadqiqotlari bayon qilingan "Induksiyalangan mahalliy o‘zaro ta'sir vositasida tasvir hosil qilish; magnit rezonansiga asoslangan misollar" - deb nomlangan ilmiy maqolasi "Nature" jurnalida chop etilgan. Bugungi kunda tibbiyot muassasalarining eng asosiy tibbiy uskunalaridan bo‘lmish MRT shu tarzda ommalasha boshlagan.
MRT - zamonaviy dunyoga kvant fizikasi taqdim etgan eng asosiy amaliy natijalardan biridir. Ushbu texnologiya asosida vodorod atomlarining radioto‘lqin diapazonidagi elektromagnit to‘lqinlarini chiqarish xossasi yotadi. Jarayonda eng asosiy jihat shuki, odam tanasi asosan suvdan iborat va suv molekulasi tarkibida albatta vodorod atomi bo‘ladi. Bu esa, tananing istalgan qismini magnit rezonans yordamida tekshirish imkonini beradi. Vodorod atomlari yuqori kuchlanganlikka ega bo‘lgan magnit maydoni ta'siriga tushgach, muayyan kombinatsiya bilan qo‘zg‘aladi. Tibbiyotda qo‘llanadigan MRT uskunasi ichida Yer magnit maydoni kuchlanganligidan 30000 dan 60000 martagacha kuchli magnit maydoni hosil qilinadi. Eslatib o‘tamiz, yerning magnit maydoni kuchlanganligi 0,5 ersted ni tashkil qiladi. MRT uskunasi ichida o‘ta katta elektromagnit o‘tkazgich mavjud bo‘ladi. Odam organizmning taxminan 65% atrofidagi qismini suv molekulalari tashkil qiladi. Suv molekulasi tarkibidagi vodorod atomi protoni esa, shunday spinga ega bo‘ladiki, u aynan ushbu magnit maydoni ta'sirida xuddi mikroskopik magnit singari qo‘zg‘aladi (buriladi). Natijada protonlar muayyan boshqa bir spinga ega bo‘lib qoladi. Keyin esa, MRT ichidagi bemor tanasiga muayyan to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan radioto‘lqinlar yuboriladi va ushbu radioto‘lqinlar protonlarning spinini qarama-qarshisiga o‘zgartirishga majbur qiladi. Radioto‘lqin uzatilishi to‘xtatilishi hamonoq, protonlar avvalgi holiga qaytadi va ushbu qaytish jarayonida o‘zida muayyan to‘lqin signallari chiqaradi. Ushbu signallarni esa o‘ta sezgir elektron datchiklari qayd etadi. Natijada, uskuna organizmning u yoki bu qismidagi suv miqdoriga proporsional bog‘liq ravishdagi yorqinlikka ega bo‘lgan kulrang rangdagi tasvir hosil qiladi. Ushbu tasvir orqali esa, tekshirilayotgan organning patalogik o‘zgarishlarini aniqlash va umuman olganda, unga tashxis qo‘yish mumkin bo‘ladi.
MRT odatda markaziy asab tizimi kasalliklarida (bosh miya, orqa miyadagi o‘zgarishlarda), tayanch-harakat a'zolari (umurtqa, muskul-bo‘g‘im tizimi xastaliklari) va qator ichki organlarga tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi. Tibbiy diagnostikaning boshqa usullari, jumladan, rentgen yoki kompyuter tomografiyasi kabilar bunday hollarda nisbatan samarasiz bo‘lib, hozirda MRT diagnostikasi vrachlarning eng yaqin yordamchilaridan biriga aylanib bo‘lgan.
Hozirda MRT- ning "funksional MRT" (qisqacha fMRT) deb nomlangan turi ham ommalashgan bo‘lib, u odam harakatlanayotgan paytda, yoki, muayyan bir aniq vazifani bajarayotganda, masalan, rasm ko‘rayotganda bosh miyaning faolligi qanday o‘zgarishini tekshiradi va qayd qiladi. Bunday fMRT yordamida vrachlar rejalashtirilayotgan jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rish, xususan, bosh miyadagi o‘simtalarni olib tashlashda, miyaning faol va muhim hududlariga zarar yetkazmaslik choralarini ko‘rishadi.
Xulosa qilib aytganda, MRT tashxisi, bugungi kunga kelib, tibbiyot sohasida ko‘plab kasalliklarga samarali tashxis qo‘yish va davolash imkonini bergan muhim uslubga aylanib bo‘ldi.

25-rasm. Bosh miya MRT jarayonining sxemasi
Zamonaviy MRT texnologiyasi organlar faoliyatini tadqiq qilishni noinvaziv (jarrohlik aralashuvisiz) o’rganishga imkon yaratadi, xususan:

  • Qon oqimi tezligini o’rganish;

  • Orqa miya suyuqligi oqimini o’rganish;

  • To’qimalarda diffuziya darajasini aniqlash;

  • Turli a’zolar fa’oliyati davomida miya po’stlog’ining faolligini kuzatish (funktsional MRT yoxud fMRT) .

1 Tesla dan past MRT uskunalarida qorin bo’shlig’i a’zolari, kichik tos a’zolari sifatli tasvirini olib bo’lmaydi. Bunday past qutbli uskunalarda (1 Tesla dan kamroq) faqat bosh miya, umurtqa, va bo’g’imlar MRTsini olib borsa bo’ladi.
Zamonaviy texnologiya va kompyuter texnologiyalarini joriy etish orqali MRT va KT (kompyuter texnologiyalari) orqali olingan tasvirlar asosida tuzilmalarning uch o’lchamli modelini olish imkoni paydo bo’ldi, bu virtual endoskopiya deb nom olgan. Bu masalan, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining og’ir kasalliklari kabi endoskopiya amalga oshirishning iloji bo’lmagan holatlarda ma’lumot olish uchun qo’llaniladi. Virtual endoskopiya usuli asosan angiologiya, onkologiya, urologiya tibbiyot sohalarida keng qo’llaniladi.
Tadqiqotdan oldin barcha metall buyumlarni yechish, tatuirovka va dorivor plastirlarni tekshirish kerak. MRT skanerlash davomiyligi odatda 20-30 daqiqa davom etadi, ammo ba’zi hollarda uzoqroq davom etishi ham mumkin. Masalan, qorin bo’shlig’ini skanerlash miyani skanerlashdan ko’ra ko’proq vaqt talab etadi. MR tomograflari juda baland shovqinga sabab bo’lganligi sababli, quloqni himoya qilish moslamalari qo’llaniladi (quloq yopgich yoki minigarnituralar). Ba’zi tadqiqotlar uchun intravenoz (vena ichiga) kontrast modda yuborish talab etiladi.

Download 443,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish