qism - ishtirokchilaming asosiy hissiyotlarini qayta ishlash va stress intensivligini oʻlchash;
qism — belgilarni (simptomlarni) batafsil muhokamalash, hamda, guruhda himoyalanganlik va qoʻllab quvvatlanayotganlik hislarini taʼminlash;
qism — resurslar mobilizatsiyasi, axborotlar bilan taʼminlanish va kelajak rejalarni shakllantirish.
Quyida debrifingni yettita fazasi keltirilgan:
Kirish fazasi;
Dalillarni izohlash fazasi;
Fikrlarni izohlash fazasi;
Kechinmalarni izohlash fazasi;
Belgilarni (simptom) izohlash fazasi;
Yakunlash fazasi;
Readaptatsiya fazasi.
Kirish fazasi Kirish fazasi — juda muxim. Agar u yaxshi darajada, tashkiliy ishlari aniq oʻtkazilgan boʻlsa, unda guruh keyingi mashgʻulotlarni ham yaxshi oʻzlashtirib boradi. Qanchalik kirish qismi uzoq vaqt davom etgan boʻlsa, unga guruhning keyingi mashgʻulotlarda kirishib ketishi darajasi ham shuncha yuqori boʻladi. Eng kami, tigʻiz paytda kirishga 15 daqiqa kerak boʻladi. Kirish qismi debrifing jamoasini oʻzida jamlab, uchrashuv maqsadini taxminan quyidagi tartibda oydinlashtiriladi. "Men — N.... Shunga oʻxshash vaziyatning muhokama muolajalarini avvallari ham bir necha bor oʻtkazganman va ular shunday vaziyatlar ediki... Bu muhokamalarni kishilarning koʻp qismi foydali deb topgan. Ular bizga roʻy bergan xodisalar bilan bogʻliq hislarimizni bayon etishga va anglab yetishga yordam beradi. Shuning uchun bu yerda muhokama qilingan barcha narsalarni biz meʼyoriy (norma) deb hisoblaymiz. Bu sizga hozirda gʻalati va yengib boʻlmasdek tuyulayotgan his va holatingiz yechimini topishga yordam beradi"
Yetakchi — yigʻilganlarga debrifingni asosiy shartlarini tushuntiradi. Ishtirokchilar faktlarni va muammolarini tushuntirib, yetkazib bera olmasliklari borasidagi xavotirlarini koʻrsatishlari mumkin. Yetakchi debrifing yangi mashgʻulot ekanligini va ishtirokchilar bunday mashgʻulotlarni ilgari boshlaridan oʻtkazmaganliklarini tushuntiradi. Shuning uchun ular buni qanchalik yaxshi bajara olishlari muhokama paytida aniqlanadi. Bunday yoʻnalish maʼlum intiqlik tuzilishini yaratadi: har bir ishtirokchi oʻz hislari va fikrlari toʻgʻrisida soʻzlab berishi va bu mashgʻulotdan oʻziga foydali tomonini ajratib olishi lozim.
Shundan soʻng yetakchi debrifing uchun qoidalarni aniqlashtirib oladi. Qoidalar oʻzlarida ishtirokchilarni mavjud xavotirni minimallashtirishni qamragan boʻladi.
Odatda ishtirokchilar istamasalar soʻzlashmasliklari yoki biron bir holatlarini aytib bermasliklari mumkinligini eshitib ancha tinchlanadilar. Yagona talab shuki, ular oʻz ismlarini aytishlari va guvoh boʻlgan xodisalarga nisbatan oʻz munosabatlarini aytib berishlari lozim. Biroq yetakchi ishtirokchilar bir — birlarining soʻzlarini boʻlmasliklarini va xoxlovchilar oʻz fikrlarini aytib oʻtishlari mumkin ekanini aytib oʻtadilar. Guruh aʼzolari mashgʻulot maxfiylikni saqlashini aniq bilishlari va bunga amin boʻlishlari lozim. Boshqaruvchi yoki masʼul shaxs aytib oʻtilganlar xonadan tashqariga chiqmasligi toʻgʻrisida kafolat berishi kerak. Guruh aʼzolari ham bu yerda boʻlib oʻtgan voqea xodisalarni, fikrlarni boshqalarga, aytmasliklari, boshqa guruh aʼzolari bilan "gʻiybatlashmasliklari" toʻgʻrisida iltimos qiladilar.
Ishtirokchilarning ularni xohish istaklariga qarashi, savol-javoblari, yozib olinmasligi borasidagi qoʻrquvlarini bartaraf etish lozim. Ular yashirin yozib olish moslamalari bor ekanidan tashvishlanmasliklari kerak. Lekin ularga debrifing jamoalari uchun oʻtkazilayotgan mashgʻulotni muallifsiz yozib olish foydali ekanini aytib qoʻyish ortiqchalik qilmaydi.
Guruh aʼzolari shuni ham bilib qoʻyishlari kerakki, debrifing ularni baholamaydi, tanqid qilmaydi va ular ustidan hech qanday hukm chiqarmaydi. Biroq debrifing mutaxassisi jarayonning muhokamasi borasida oʻz fikrini ochiq aytishi, uni tanqid qilishi mumkin, aks holda odamlarning oʻzlari debrifingdan soʻng shu bilan shugʻullana boshlaydilar.
Ishtirokchilar ularni muhokama qilayotganlarida oʻzlarini noqulay his qilishlari mumkin ekanligi haqida ogohlantiriladilar, lekin bu normal holat boʻlib, bu odatda nozik masalalarga tegilganda amalga oshadi. Yetakchi shuni tushuntirish kerakki bu oqibatda yuz berishi mumkin boʻlgan stress holatiga qarshi chiqishini bir usuli hisoblanadi. Guruh aʼzolariga tanaffussiz ishlash tavsiya qilinadi. Shuning uchun ularga debrifing boshlanishidan avval ovqatlanib olishlari yoki xojatga chiqib kelishlari aytib oʻtiladi. Ishtirokchilarga sekin asta tashqariga chiqib, yana sekin qaytib kirishlari mumkinligi tushuntiriladi. Biroq, chiqib ketishidan oldin ishtirokchilar boshlovchiga bu haqda aytib berishi lozim, chunki ishtirokchilarning axvoliga qarab boshlovchi unga bir ikki ishtirokchini qoʻshib beradi.
Guruh aʼzolariga mavzudan tashqariga chiquvchi maʼlumotlarni muhokama qilishlari va xohlagan savol bilan murojat qilishlari mumkinligi toʻgʻrisida aytib oʻtiladi. Shuni ham inobatga olish lozimki, guruh aʼzolarida guruhda ishlash, muhokama qilish va oʻzlarini koʻrsatish qobiliyati sust boʻlishi mumkin.
Shu sababli debrifing jamoalarda shunday masʼuliyat yotadiki, ular bir- birlarini qoʻllashlari va maslahat berish imkoniyatiga ega boʻladilar.