2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja



Download 145,78 Kb.
bet6/13
Sana18.02.2022
Hajmi145,78 Kb.
#456182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Birinchidan, terrorizm va ekstrimizm transformatsiya yoʻlida oʻtgan, keskin ijtimoiy oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan jamiyatlarda kuzatiladi. Aholining marginal va immobil guruhlari terroristik faoliyat, harakat ishtirokchilari sifatida chiqadilar.
Ikkinchidan, ijtimoiy kontrastlar, yaʼni aholining keskin tarzda boy va kambagʻallarga boʻlinib qolishi (faqatgina qashshoqlik yoki ijtimoiy — iqtisodiy statusning past darajadaligi aholini agressivlik darajasini oshirib, terror bilan shugʻullanishga asos boʻlmaydi).
Uchinchidan, yakunlanmagan urbanizatsiya, industrializatsiyaning spetsifik formalari, jamiyatdagi etnodemografik strukturaning oʻzgarishi, ayniqsa nazorat qilib boʻlmaydigan migratsiya ekstremizmga va jamiyatdagi intolerantlikka sabab boʻladi.
Toʻrtinchidan, islom dunyosida etnik va diniy ekstremizm hamda terrorizmning yoyilishida, avtoritar siyosiy rejimlar asosiy rolni oʻynaydi. Ular zoʻrlikni "siyosiy qarama-qarshiliklarni" yechish, hal qilish sifatida qarash lozimligini uqtirishadi.
Taniqli psixolog, siyosatshunos va sotsiolog D.V.Olshanskiy terrorizmning quyidagi asosiy sohalarini sanab oʻtadi:

  1. soha: siyosiy terror, uning asosiy maqsadi siyosiy liderlarga, davlat arboblariga taʼsir oʻtkazish hamda u yoki bu qarorlarni qabul qilishga, maʼlum harakatlarni bajarishga majburlash.

  2. soha: informatsion terror, toʻgʻridan-toʻgʻri insonlarni ongiga va psixikasiga taʼsir etish orqali ularda kerakli "ijtimoiy fikrni" shakllantiradi. Informatsion terrorda asosan "mish-mish" metodidan foydalaniladi (qoʻrqituvchi mish-mishlar, agressiv xulqni shakllantiruvchi mish-mishlardan foydalanish).

  3. soha: iqtisodiy terror, turli xildagi diskriminatsion iqtisodiy harakatlar iqtisodiy terrorning asosiy maqsadi boʻlib, iqtisodiy konkurentlarga (raqiblarga) bosim oʻtkazishda foydalanadi. Iqtisodiy terrorning metodlari turli-tuman boʻlishi mumkin (konkurent aksiyalari narxini tushirib yuborish, bankrotga uchrashi uchun "yordam berish").

  4. soha: ijtimoiy terrorizm, ushbu sferaga ijtimoiy darajadagi istalgan aktlar (yaʼni qoʻrqitish, zarar yetkazish) ni kirgizishimiz mumkin.

D.V.Olshanskiyning fikriga koʻra, terroristlar — insoniyatning oʻziga xos tipi boʻlib, uning psixikasi ommadagi inson psixikasiga juda yaqin. Ular borgan sari affektiv xulq — atvorga yaqinlashib boradilar.
His-tuygʻularning namoyon boʻlishiga koʻra terroristlar 2- guruhga ajratiladi:
Birinchi guruh — oʻzining sovuqqonligi bilan ajralib turadi. Kuchli his-tuygʻularning, emosiyalarning yoʻqligi terroristlarning haddan tashqari sovuqqonlik fazilati sifatida baholanadi.
Ikkinchi guruh — terroristlarga chuqur emotsiyalar xos. Kuchli temperament giperaktivlikka turtki boʻladi. Qoidaga koʻra, bunday insonlar terroristik harakatlarni bajarayotganlarida oʻzlarini bosib olishadi, kundalik hayotda esa ular emotsiyalarni boshqarishga, nazorat qilishga ojizlar, affekt, agressiyani boshqara olmaydilar.
Rossiyalik huquqshunos olim Yu.M.Antonyaning fikricha, terrorizm quyidagi 4 ta oʻziga xos belgi bilan boshqa jinoyatlardan farq qiladi:

  1. Terrorizm oʻta xavfli jinoiy harakat sodir etganligi yoki shunday harakat sodir etishi qoʻrqitish xususiyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bunday jinoiy harakatning ijtimoiy xavflilik darajasi aniq boʻlib, uning yuz berishi har qanday shaxsda qoʻrquv paydo qiladi.

  2. Vahima va dahshat hissini uygʻotish, ruhiy tushkunlikka tushirish, jiddiy notinchlik harakatlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Qilmish qoʻrquv, dahshat paydo qilishga qaratilgan boʻlsagina terrorizm sifatida qaralishi kerak.

  3. Jinoiy qilmishning jamoatchilik, koʻpchilik oldida amalga oshirilishi bilan farqlanadi.

  4. Terrorizm sodir etish umumiy tarzda xavfli kuch ishlatish, alohida shaxs yoki mulkka qaratilgan boʻlsa-da, ruhiy jihatdan boshqa shaxslar (shaxslar guruhi, hokimiyat vakillari) ga taʼsir koʻrsatishga ham qaratilgan.


Download 145,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish