2-mavzu: Dehqonchilikning ilmiy asoslari (2 soat) Reja



Download 18,29 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2022
Hajmi18,29 Kb.
#440338
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-мавзу

Adabiyotlar:R1; R2; R3; R4; R5, A6;A7;A8; A9; A10; A11; A14, Q15; Q16; Q 17; Q 20, Internet saytlari: www.gov.uz., www.lex.uz.


1. Madaniy o’simliklarning yorug’lik, harorat, havo, oziq va suvga bo’lgan talabi.
Dehqonchilikning asosiy vazifasi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun tegishli sharoit yaratish asosida ulardan yuqori hosil olishdir.
K.A.Timiryazev ta’biricha madaniy o’simlik va uning talabi masalasi dehqonchilikning tub ilmiy vazifasidir, qolgan masalalarning hammasi unga aloqadar bo’lganligi uchun ham muhimdir. O’simliklarni tashqi muhit bilan o’zaro bir-biriga ta’sir etishi dehqonchilikning ilmiy asosi hisoblanadi. O’simlik organlari hosil bo’lishida qatnashuvchi, o’simlik, rivojlanishiga, hosildorligiga, yetishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar dehqonchilikda madaniy o’simliklarning hayot omillari deyiladi.
Ular 2 – guruhga bo’linadi.

  1. Kosmik yoki energetik omillar- yorug’lik va issiqliq.

  2. Yer omillari-suv, oziq elementlari kiradi.

O’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga hayot omillari bilan bir qatorda muhit sharoiti ham ta’sir etadi. U navbatida uchga bo’linadi:
Tuproq muhiti- (haydalma qatlam tuzilishi, yerning sho’rlanganligi, sizot suvlarining sathi, tuproq reaksiyasi).
Fitologik muhit-ekinlarining o’suv davrida unga salbiy ta’sir etuvchi begona o’tlar, kasallik va zararkunandalar kiradi.
Agrotexnik tadbirlar-dala ishlarini o’z vaqtida sifatli o’tkazilishi yoki o’tkazilmaslik oqibatida sodir bo’ladigan sabablar.
Ilmiy dehqonchilikning ikkinchi asosi tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotdir. Tuproq unumdorligi uning tabiiy xossasi bo’lsa ham, u tuproq hosil bo’lish jarayonida to’plangan oziq elementlariga, tuproqning fizik xossalariga hamda iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun har bir tuman va xo’jaliklarning tuproq va iqlim sharoiti o’rganilib tegishli mintaqalarga bo’linadi. Chunki, tuproq va iqlim u yoki bu agrotexnika qo’llashda asos hisoblanadi. O’simliklarning hayot omillari va tuproq sharoitini hisobga olib ularni o’simlik talabiga qarab qo’llash dehqonchilikni uchinchi asosini tashkil etadi. O’simliklarni hayot omillari va tuproq sharoitini tarixiy davr mobaynida o’rganish natijasida ilmiy dehqonchilikning bir qancha qonunlari tarkib topdi.
O’simliklardan yuqori hosil olish uchun ularni yetarli miqdorda yashashi uchun zarur bo’lgan hamma sharoitlar bilan ta’minlash kerak. Buning uchun o’simliklarning sharoitlarga bo’lgan talabchan davrlarini bilish kerak. O’simliklar fiziologiyasi va agroximiya fanlarining uzoq tajribalari natijasida o’simliklarning talabchan sharoitlari aniqlangan. O’simliklar o’sishi, rivojlanishi va yuqori hosil berishi uchun suv, yorug’lik, issiqliq, havo va oziq moddalari yetarli bo’lishi shart. Oziqa moddalardan azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir shularga o’xshash makroelementlar bilan bir qatorda bor, marganes, kobalt, molibden kabi mikroelementlarning ham bo’lishi shart. Bu oziqa moddalardan tashqari tuproqning ma’lum reaksiyasi, tuproq havosida O2 ning yetarli bo’lishi ham shart. O’simliklarning har xil sharoitga talabchanligi har xil rivojlanish davrlariga qarab ham turlicha bo’ladi. O’simlik talab qilgan sharoit talab qilgan davrda bo’lmasa o’simlikni o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. M: yosh g’o’za fosforga talabchan bo’ladi. Shu davrda tuproqda fosfor yetishmasa, keyinchalik uni qo’llash bilan o’simlikni talabini qondirib bo’lmaydi. O’simlikning yashashi uchun biror xil sharoit yetishmasa, o’simlik o’sib rivojlanmaydi. Akademik V.R. Vilyams aytganidek bir sharoitni boshqa bir sharoit bilan almashtirib bo’lmaydi M: uzun kun o’simligi qisqa kunli sharoitda yaxshi o’smaydi.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun o’simliklar talab qilgan yetarli miqdorda hayot uchun zarur sharoitlarni yaratish kerak.

Download 18,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish