2-Mavzu: Dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning hayot tsikli modellari Reja : - Dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayoni tushunchasi;
- Dasturiy ta'minot ishlab chiqishning standart jarayoni;
- Dasturiy ta'minot ishlab chiqish an'anaviy modellari.
DASTUR – DASTURIY TA'MINOT – DASTURIY MAHSULOT - Dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayoni (software development process, software process) — bu shunday tuzilmaki, mazkur tuzilmaga asosan dasturiy ta'minot quriladi (ishlab chiqariladi).
- Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish chiqishni bir qancha modellari mavjud bo'lib, har bir model dasturiy ta'minotni ishlab chiqishga o'ziga xos yondoshadi (DTIСh modellarini tanlash, DTga qo'yilgan talablarga, ish xajmiga mos ravishda amalga oshiriladi).
Dasturiy ta'minotni ishlab chiqishni standart jarayoni
DTIСh jarayoni bosqichlari quyidagilarni o'z ichiga oladi :
- Biznes-modellashtirish;
- Talablarni tahlil qilish;
- Rejalashtirish;
- DT arxitekturasini ishlab chiqish;
- Kodlash (tanlangan dasturlash tilida dastur kodini yozish);
- Testlash va sozlash;
- Xujatlashtirish;
- Sertifikatlash;
- Tadbiq qilish;
- DT kuzatib borish (Сопровождение).
Biznes-modellashtirish – loyihani amalga oshiruvchilar faoliyatini shakllantirish, ya'ni DTIСhda kimlar ishtirok etadi, ularning loyihadagi vazifasi va majburiyatlari, loyiha ishtirokchilari orasidagi bog'liqliklar aniqlanadi. Ishlab chiqarilishi lozim bo'lgan tizim maqsadi aniqlanib olinadi. Bundan tashqari ishlab chiqiladigan tizimga talablar shakllantiriladi. Talablarni tahlil qilish – bu shunday jarayonki, bunda DTga talablar yig'iladi, ular tizimlashtiriladi, xujjatlashtiriladi, tahlil qilinadi, ziddiyatlar aniqlanadi. Talabalar yig'ish (to'plash, aniqlash) jarayonida ishlab chiqiladigan dasturiy ta'minotdan manfaatdor tomonlarni fikrlarini e'tiborga olish lozim bo'ladi. Manfaatdor tomonlar bular – buyuritmachilar, ishlab chiqaruvchilar (ijrochilar) va foydalanuvchilar. Talablarni tahlil qilish – bu shunday jarayonki, bunda DTga talablar yig'iladi, ular tizimlashtiriladi, xujjatlashtiriladi, tahlil qilinadi, ziddiyatlar aniqlanadi. Talabalar yig'ish (to'plash, aniqlash) jarayonida ishlab chiqiladigan dasturiy ta'minotdan manfaatdor tomonlarni fikrlarini e'tiborga olish lozim bo'ladi. Manfaatdor tomonlar bular – buyuritmachilar, ishlab chiqaruvchilar (ijrochilar) va foydalanuvchilar. Talablarni tahlili to'la va sifatli bo'lishi loyihani muvofaqqiyatli amalga oshirishni garovi hisoblanadi. Talablar funktsional va nofunktsional bo'lishi mumkin (Ishlab chiqilayotgan tizimga nisbatan). Talablarni tahlil qilish 3 hil ko'rinishdagi faoliyatni o'z ichiga oladi : - Talablarni yig'ish: mizoj va foydalanuvchilarni ishlab chiqiladigan tizimga nisbatan talablarini aniqlash maqsadida muloqat qilish (Bu vazifani asosan loyiha rahbari amalga oshiradi) faoliyaati.
- Talablar tahlili: qo'yilgan maqsadga erishish uchun yig'ilgan talablar to'liqligi, ravshanligi (tushunarliligi), talablarning bir-biriga zid emasligini aniqlash faoliyati.
- Talablarni xujjatlashtirish: ishlab chiqiladigan tizim uchun yig'ilgan yoki ishlab chiqilgan talablar xujjatlashtirish faoliyati.
Sertifikatlash (lot. sertifico — tasdiqlayman) — ishlab chiqilgan mahsulotni sifati sifat standartlariga to'g'ri kelishini tasdiqlash jarayoni.
Sertifikatlash ob'ektlari
- mahsulot;
- xizmat ko'rsatish;
- boshqaruv tizimlari;
- personal.
Kaskadli model (Waterfall Model)
V-Shaped SDLC Model
Incremental SDLC Model Spiral SDLC Model
Do'stlaringiz bilan baham: |