Sezalpinsimonlar kenja oilasi — Cesalpinideae
Botanik Sezalpin nomi bilan ataladigan bu kenja oilaning 152 turkumga mansub
2.800 turi tropik va subtropik o‘lkalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi
murakkab juft yoki toq patsimon bargli daraxt va buta shaklidagi o‘simlik. Guli
zigomorf, qo‘sh gul qo‘rg‘onli, kosacha va toj barglari erkin, 10 ta changchisi 2 qator
aylana hosil qilgan holda joylashgan, odatda erkin, lekin ayrim hollarda ularning
tubi bir-biri bilan tutashgan. Changchilar, ayrim hollarda, 3 yoki 1 dona
staminodiyga (bargsimon yoki nektarnikka o‘xshash organga) o‘zgargan yoki
butunlay reduktsiyalangan. Shu tufayli, ko‘pincha, androtsey besh a’zoli bo‘ladi.
Urug‘chisi bitta meva bargidan shakllangan, tugunchasi bir uyali. Mevasi dukkak.
Urug‘i ayrim turlarida endospermli.
Yer sharining tropik va subtropik mintaqalarida tarkalgan bu o‘simliklar xalq
xo‘jaligi uchun muhim axamiyatga ega. Undan mebel sanoatida ishlatiladigan
qimmatli yog‘och olinadi, oshlovchi moddalar, bo‘yoq olishda ishlatiladi. Masalan,
Braziliyada keng tarqalgan qizil fermanbuk yoki nernambuk daraxti (nomi
Braziliyadagi negnambuk yurtidan olingan) Caesalpinia echinata juda qattiq, dastlab
sarg‘ish qizil, biroz vaqt o‘tgach to‘q qizil tusga kiradigan yog‘ochi mebel sanoatida
yuksak baholanadi. Cannan daraxti (C. sappan) Janubi-Sharqiy Osiyoda keng
tarqalgan C. sappan daraxtidan qo‘ng‘ir-sarrish va jigar ranglarga tovlanadigan qizil
rangli yog‘och olinadi. Kassiya (Kassia) turkumiga mansub o‘simlik turlaridan
Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlarida Aleksandr bargi nomi bilan yuritiladigan
shifobaxsh barg olinadi. O‘zbekistonda bu kenja oilaning vakillari juda kam
tarqalgan. Uning ancha keng tarqalgan va ko‘p yillardan beri daraxt sifatida
bog‘larda ekiladigan oddiy gledichiyani (Gledischia tracantos) ko‘rsatish mumkin.
U balandligi 10-12 metrga qadar bo‘lgan daraxt. Barglari murakkab patsimon,
tikanli, dukkagi uzun bargsimon, yumaloq, pishgach qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli. Guli
bir jinsli, rangsiz, nihoyatda xushbo‘y hidli, aprelning oxiri may oyining boshlarida
gullaydi. Qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lganligi tufayli cho‘l hududlarda ihota
daraxti sifatida o‘stiriladi. O‘zbekistonda bu kenja oilaning arg‘uvon (Cercis
siliguastrum) nomi bilan yuritiladigan daraxti istirohat bog‘larida o‘stiriladi. Uning
qirmizi binafsha rangdagi nihoyatda go‘zal guli erta bahorda gullaydi. U, odatda,
barg chiqqunga qadar gullaydi. Arg‘uvonning kosacha va toj barglari bir xilda
qirmizi binafsha rangli, guli besh a’zoli, changchisi 10 ta, mevasi dukkak.
O‘zbekistonda qurroqchilikka ancha chidamli bo‘lganligi va chiroyi uchun istiroxat
bog‘larida, skverlarda o‘stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |