3.XVI-XX asr demokrat shoirlarining ijtimoiy pedagogik qarashlari.
Ma’rifatparvarlik va demokratik g’oyalari XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida o’z cho’qqisiga ko’tarildi. O’rta asr islom g’oyalari: so’fiylik, zohidlik, dogmatizm, sxolastikaga qarshi chiqib o’zbek demokratlari eski sharoitlarga umuman mos kelmaydigan ta’lim usullari va tamoyillarini ilgari surdilar: har tomonlama (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o’g’il bolalar va qizlar uchun bir xil, insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar.
O’zbekistondagi demokratik pedagogik g’oyaning taraqqiyparvar yo’nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) SHarq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o’rganib, u mumtoz o’zbek she’riyati ta’sirida she’rlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining birida bolalarga ta’lim bergan. Avloniyning o’zbek pedagogikasiga qo’shgan hissasi shuki, u ilk marta tarbiya oldida ijtimoiy vazifalarini qo’ya olgan. Bu shoir va pedagogning katta jasorati o’z asarlarida shaxsning rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolining e’tirof etilishi bo’ldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarini ko’zlashi kerak. Avloniy “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida ta’riflaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati Avloniy fikricha oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb u mustaqillik, tashabbuskorlik, amaliy tajribani bilgan.
O’zbek ma’rifatparvarlarning yorqin vakili bo’lgan Avloniy “to’g’ri” g’oyalarning kengaytirib va “noto’g’ri” g’oyalarni bartaraf qilibgina yovuzlikni yo’qotish mumkinligiga ishongan. SHuning uchun tarbiya mavzusi ma’rifat gazetasi bo’lmish “SHuhrat” gazetasida keng yoritilgan.
Mustamlaka Turkiston sharoitlarida matbuot cheklangan o’quvchilarga ega bo’lgan, chunki aksariyat aholi savodsiz bo’lishgan. Bu holatda dramaturgiya ma’rifiy g’oyalarni tatbiq qilishning eng samarali usuli bo’lgan. Teatr Avloniy uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo’lgan. 1913 yilda Toshkentda Avloniy “Turon” nomli teatr truppasini tashkil qildi. Truppaning maqsad-vazifalari Toshkentdagi “Turon” dramatik san’at jamiyatining nizomida aniqlangan: “sahnaga nisbatan muhabbat va jiddiy munosabat tug’dirish, xalq uchun spektakllar tashkil qilish”.
Bu maqsadga erishish uchun jamiyat kechalar, konsertlar, spektakllar va boshqa ommaviy chiqishlarni tashkil etishga o’z nomiga klub va musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxona tashkil qilishga, boshlang’ich maktablar ochishga, ta’limni o’rta va oliy o’quv yurtlarida davom ettirish uchun stipendiyalar ta’sis etish huquqiga ega bo’lgan. SHuningdek, u mavjud hayriya va ta’lim muassasalariga moddiy yordam ko’rsatishi mumkin2.
Avloniyning ma’rifiy g’oyalari nafaqat ijodda ilgari so’rgan. U tomonidan 1908 yilda kambag’allar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini o’qitishning yangi usullari qo’llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermahsul shug’ullanishni kanda qilmay u darslik va qo’llanmalar yoza boshlagan. O’z vaqtida uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi mashhur edi.
Avloniydan so’ng ma’rifatning va dunyoviy bilimlarning faol targ’ibchisi Miskin edi. Miskinning ta’lim va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega edi va o’zbek ilg’or pedagogik g’oyalarining rivojiga katta hissa qo’shgan. Insonni reallikdan ajratib oluvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi hukm so’rgan musulmon pedagogikasiga qarshi Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash deb tushungan va o’z qarashini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o’zbek ma’rifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalqlar hayotini o’rganishga qaratilgan edi. Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga o’zbek ma’rifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida o’z qarashlarining ketma-ket emasligi, ularning feodal-mustamlaka tuzumga qarshi ko’rashdagi ojizliklarini keltirib chiqaruvchi mustahkam siyosiy dasturning yo’qligi bilan ajralib turardilar. Biroq ularning dunyoqarashining cheklanganligi va qarama-qarshiligiga qaramay ular O’zbekistonda ilg’or g’oyaning rivojiga o’z hissalarini qo’shishdi.
XX asr boshidagi o’zbek pedagogik g’oyasida 3 asosiy yo’nalishni ajratsa bo’ladi:
ko’proq hukmronlik qiluvchi o’rta asr feodal klerikal yo’nalishi;
paydo bo’layotgan milliy burjua yo’nalishi (jadidlik). Uning vakillari bu davrda feodal klerikal maktabiga qarshi chiqib o’zlarining “usuli jadid” pedagogik talablarini ilgari surish;
demokratik taraqqiyparvar yo’nalish. Demokratik pedagogika o’rta asr maktabini va tarbiyasini tanqid qilgan va inkor etgan hamda unga qarshi yangi, ilg’or g’oyalarni ilgari so’rgan.
XX asr boshida O’zbekistonda demokratik pedagogikaning eng yirik vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) edi. Hamza XX asr boshida o’zbek xalqi madaniy hayoti va ma’rifiy harakatining eng yirik namoyandasi edi. Uning nomi bilan O’zbekiston tarixining butun bir davri bog’liq. O’z asarlarida o’zbek xalqi pedagogik g’oyasi rivojining eng yaxshi yutuqlarini jamlab hamda Rossiya ijtimoiy ma’rifiy g’oyalariga tayanib u ta’lim tarbiyaning eng global muammolarini ko’tara oldi.
Qo’qonda ozod milliy maktabning yaratilishi, keyinroq esa Farg’ona, Marg’ilon va Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va jamoat arbobining jasoratli qadami bo’ldi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy faallashuvi uchun sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan edi. Hamzaning pedagogik ishlarining ijtimoiy harakteri tarbiyaning barcha mashhur turlari (estetik, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat), muomala va atrofdagilar bilan o’zaro munosabat malakalarini rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning turli hayotiy, madaniy va aqliy taassurotlarini olishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi.
1911 yilda Hamza o’zining yangi usul maktabini ochdi va unda o’quv jarayoni tashkil qilishni tubdan isloh qildi. Biroq uning pedagogik faoliyatidagi eng asosiy hodisa 1914 yilda yetimlar va kam ta’minlangan bolalar uchun “Dorul ojizin” nomli maktabning ochilishi bo’ldi. Unda bolalar bepul o’qitilgan hamda kitob, daftar, qalam va boshqa yozuv qurollari bilan ta’minlanganlar. Biroq Hamzaning maktablarni isloh qilish va demokratiyalashtirishga harakati musulmon ruhoniylari va chor hukumatining keskin noroziligiga sabab bo’ldi. Buning oqibatida “Dorul ojizin” yopildi va Hamza chor politsiyasi nazoratiga olindi.
Hamzaning ta’lim mohiyatiga, ommaning ozodlikka erishishi uchun asosiy qurol, faol, ijodiy shaxsning tarbiyalash vositasiga nisbatan bo’lganidek, uning qarashlari o’zbek ilg’or pedagogik g’oyasining rivojlanishida katta qadam edi. Insonni reallikdan ajratuvchi va uni shukronalikruhida tarbiyalovchi hukmron sxolastik musulmon pedagogikadan farqli o’laroq Hamza Hakimzoda ta’lim mohiyatiga yangi qarashlarni kiritgan. Ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish ruhida tarbiyalash deb tushunardi. SHoir tarbiyaning asosiy vazifasi yoshlarni jamoat faoliyatiga tayorlash deb bilgan. Hamza yoshlar o’z vatani va xalqi oldidagi ma’suliyatlarini tushunish kerakligini ko’p marta ta’kidlagan.
Tarbiyaga eng katta ta’sir qiluvchi omillarga Hamza muhit va oilani kiritgan. Go’dakning kelajagi, uning hislarining rivoji va boshqa ijtimoiy psixologik vazifalar uni o’rab turuvchi atrof muhit, uning hayotining harakteriga bog’liqdir. Oilaning jamoat tarbiyasidagi o’rni bola hamda hayotning o’zaro munosabatiga ko’proq e’tibor qaratishdan iborat. Hamza onaga alohida rol ajratadi, chunki u bolalar bilan psixologik, ruhiy va energetik reja asosida eng ko’p bog’langan shaxsdir. U bolalarni e’tiborsiz yoki noto’g’ri tarbiyalaydigan ota-onalarni qoralagan. Ta’lim tarbiyada tub o’zgarishlarni amalga oshirish uchun Hamza bir qator yangi darsliklarni o’zbek tilida yaratdi: o’zbek alifbosini o’rganish uchun “Engil adabiyot”, o’qish uchun “O’qish kitobi”, adabiyotdan “Qiroat kitobi”. Hamzaning kitoblari ta’lim oluvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o’qilgan va tez o’zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o’zbek bolasining erkin o’qishi uchun qulay qilib yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |