Deduksiya gnoseologik mazmuniga ko‘ra, induksiya usulining aksidir. Deduktiv xulosada fikr rivoji umumiy bilimdan xususiy bilim tomon yo‘nalgan bo‘ladi. “Deduksiya” maxsus termin sifatida mantiq qoidalariga binoan mantiqiy xulosalar hosil qilish jarayonini anglatadi. Induksiyadan farqli deduktiv xulosalar agar asoslarda bunday bilim mavjud bo‘lsa, ishonchli bilim beradi. Ilmiy tadqiqotda tafakkurning induktiv va deduktiv usullari o‘zaro bog‘liqdir.
Induksiya inson fikrini hodisalarning sabablari va umumiy qonuniyatlari to‘g‘risidagi gipotezalarga yetaklaydi; deduksiya umumiy gipotezalardan natijalarni tajribaviy tekshirib ko‘rish mumkin bo‘lgan va shu yo‘l bilan eksperimental tarzda ularni tasdiqlash yoki rad etishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |