2-mavzu: Betonning deformativ xossalari


Armaturaning fizik-mexanik xossalari



Download 30,51 Kb.
bet3/5
Sana03.07.2022
Hajmi30,51 Kb.
#734091
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu

Armaturaning fizik-mexanik xossalari.
Armatura po‘latlari mexanik xususiyatlariga ko‘ra yumshoq yoki qattiq bo‘ladi. Yumshoq po‘lat plastik va ma’lum darajada (25% gacha) uzayish xususiyatiga ega. Ma’lumki, po‘latning asosiy fizik-mexanik xossalari armaturani cho‘zishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish-deformatsiya» s - s diagrammasidan aniqlanadi.
Yumshoq po‘lat uchun kuchlanish va deformatsiya orasidagi chiziqli va oqish chegarasining aniqligi o‘ziga xosdir. Oquvchanlik chegarasi uchun qo‘llaniladigan kuchlanishi-u bunday xolatda namunada kuchlanishni oshirmay turgan xolda deformatsiya ortadi. Uzilishdagi vaqtinchalik qarshilik-u namunani uzilishiga olib keladigan kuchlanish.Yumshoq po‘latning oquvchanlik chegarasi u 200-400 MPa, vaqtinchalik qarshiligi esa u 380-600 Mpa ga teng.
Armaturaning mustahkamligini oshirish va uzilishdagi uzayishini kamaytirish uchun o‘tda toblash yoki mexanik ishlov berish yoki tarkibiga marganets, kremniy, xrom va boshqa qo‘shimchalar qo‘shish orqali erishiladi.
Armatura po‘latini o‘tda toblash, ya’ni termik mustahkamlash qizdirish (800-900°S gacha qizdirish va moyda tez sovutish) va yana qisman qizdirish (300-400°S gacha qizdirish va asta sovutish) orqali bajariladi. Termik toblangan po‘latlarda shartli oqish chegarasi plastik zona tarafiga qarab asta-sekin yuqoriga ko‘tariladi. Xuddi shunday xolat «s - s» diagramma yuqori aralashmali (yuqori legirlangan) armatura po‘latlari uchun ham xosdir. Bunday po‘latlarda aniq ko‘rinadigan oqish maydonchasi yo‘q. Ular uchun oquvchanlikning shartli chegarasi kuchlanish -0,2 deb belgilanadi, bunda qoldik deformatsiya 0,2% ga teng. Bunda po‘latning uzilishdagi uzayishi shartli oquvchanlik chegarasida uzayishi 8% ni tashkil etadi, 0,2 6001000 MPa; u 9001200 MPa.
Po‘latni mexanik usulda mustahkamligini oshirish uchun (sovuq xolda cho‘zish) ichki kristall to‘r tuzilishi xolatini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Po‘latni k- kuchlanishgacha uzaytirilganda, u dan ortishi proporsionallik chegarasini ko‘tarilishiga olib keladi. Takroriy cho‘zishda kuchlanishning yangi oqish chegarasi sun’iy ravishda orttirilgandek bo‘lib qoladi. Natijada, mustahkamligi oshirilgan oddiy sim armatura olinadi. Ko‘p karrali cho‘zish po‘latni mexanik mustahkamligini oshirishning boshqa turi hisoblanadi, ya’ni unda «s - s» nisbati uzilishgacha chiziqli bo‘lib qoladi, bunda mustahkamlik chegarasi anchaga uzayadi. Bunday texnologiya asosida mustahkamligi yuqori bo‘lgan armaturali sim olinadi. Qattiq po‘latlarning eng ko‘p uzayishi 4-6% ni tashkil etadi, oddiy armaturalar uchun u 380550 MPa, yuqori mustahkam simli armatura uchun esa u 13001900 MPa tashkil etadi.
Armaturalarning elastiklik xususiyati elastik moduli bilan xarakterlanadi va u 0,15 dan 0,4 gacha oraliqda bo‘ladi.
Temirbeton konstruksiyalarini yuk ta’sirida me’yorda ishlashi uchun, hamda armatura ishlarini mexanizatsiyalash uchun uning plastiklik xususiyati, charchash natijasida emirilishi va boshqa holatlari katta ahamiyatga ega. Po‘latning plastiklik xossasini kamayishi armaturani mo‘rt uzilishiga olib keladi. O‘tda toblangan yoki tortish bilan mustahkamlangan po‘lat armaturalarni payvandlash mumkin emas, negaki bunda mustahkamlik samarasini yo‘qoladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, seysmik rayonlar uchun armatura po‘latlarini plastik xususiyatlari alohida ahamiyatga ega, negaki plastiklik xossasi, masalan statik noaniq konstruksiyalarda kuchlanishni tekis taqsimlash imkonini beradi.

Download 30,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish