2-mavzu: badiiy modellashtirish va dizayn. (2-soat) reja: 1



Download 226,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana29.11.2022
Hajmi226,61 Kb.
#874425
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TI va K 2- MARUZA

4.Model va modellashtirish.
Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» 
tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur. Model haqiqiy obyektning yoki undagi asosiy uzellarning 
nusxasidir. Shuningdek, u harakatlanadigan va o„z namunasi (haqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham 
holda bajaradigan ham bo„lishi kerak. Masalan, avtomobilning, traktorning modellari kiradi. 
Maket - obyektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli 
tasvirdir. Masalan, binolar, inshootlar va hokazolarning maketlari shular jumlasiga kiradi. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o„quv ustaxonalarida texnik 
modellarni yasash jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) 
mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: texnik maqsadga, texnik talablar 
qo„yish: konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish 
hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo„ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni 
uzellarga, uzellarni buyumlarga yig„ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash. 
 
Texnik modellar klassifikatsiyasi. 
Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo„linadi. 
1 tip - geometrik o„lchamlari o„xshash. Ko„rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan 
obyektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta‟limda keng qo„llaniladi. 
Jumladan bunday modellar o„quvchilarni texnika obyektlarining ishlash mezonlari va umumiy 
tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng 
zamonaviy yo„nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalardagi va rasmlar 
orqali tanishadilar, ya‟ni obrazli-belgili, ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular obyekt 
to„g„risida to„la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. Shu sababli keyingi yillarda model va 
maketlardan keng foydalanilmoqda. 
2 tip - fizikaviy o„xshashligi. Bu faqat tashqi qiyofasini anglatmasdan balki 
o„rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o„zaro bog„liqligi qonuniyatlari, xususiyatligi va 
o„xshashliklarini ko„rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat obyektlarni tuzilishini 
o„rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o„rganish ham ko„zda tutiladi. Fizik 
modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan 
deb qaraladi, ya‟ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, 
samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani 
ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini 
elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiqlik uzatilishi bilan va b. 
3 tip - funkstional o„xshashligi - tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish 
tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo„lishini ta‟minlash maqsadida ko„p 
holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o„xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida 
elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish 
mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday 


modellar ustida o„quvchilar uchun juda qiziqarli bo„lib, bunda modelni avtomatlashtirish va 
mexanizasiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi. 
Modellar dinamik va statik bo„lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida 
konstruksiyalash elementlarini o„rgatish tajribali qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda 
bajarish ayni maqsadga muvofiqligini ko„rsatadi: chizmalar eskizlarini o„qish va tayyorlanadigan 
detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini 
o„zgartirish, ana shu o„zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni 
biriktirish va mustahkamlash yo„llarini belgilash; detallarni yig„ish jarayonida ularni o„rnatish, 
joylarga ko„ra konstruksiyalash; konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni 
konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo„yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar 
tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig„ish va modelni ishda sinab ko„rish 
aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko„rish va pardozlash. 

Download 226,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish