oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter axborot tizimidir.
Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning mahsulot
ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir ko‘rsatgani haqida
ma’lumotlar ko‘pgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib chiqqanki, axborot tizimi joriy
etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan.
raqobatchilariga ega bo‘lgan firma faoliyati misolida strategik axborot tizimlarining
sifatini ko‘rib chiqaylik. Bunday sharoitlarda firma raqobatchilaridan o‘zib ketishi
kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish bunday vaziyatlarda nimalarni beradi?
Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini
tushunib olish kerak. Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha turli imkoniyatlarga
ega bo‘lgan xaridorlar;
mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib
beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati.
Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda o‘zining siyosatini yuritishi uchun quyidagi
omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur:
bozorda mavjud bo‘lgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va
xizmatlarni yaratish;
firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va
xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi
bozorlarni va sharoitlarni izlab topish;
firma o‘zga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat
qilishidan ko‘ra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va
ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi;
mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish.
Strategik bo‘g‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun
strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli rejalashtirish
ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning yoki tashkilotning
tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida ichki imkoniyatlari va
zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan vaziyatlarni hisobga olishda,
nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda kompyuter va telekommunikasion qaror
qabul qilishning umumiy muhit yaratishlari kerak. Eng so‘nggi takomillashtirilgan
dasturlardan foydalanib, bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda ko‘pgina manbalardan zarur
axborotlarni yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi strategik axborot tizimlari uchun chekli
analitik imkoniyatlar mavjud.
Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni o‘ynaydilar va
ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ tarzda
yetkazib berishda foydalanadilar.
Hozirgi strategik axborot tizimlaridan ko‘p rejalilik, ko‘p funksiyaviylik sharoitida
foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari hali ishlab
chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: birinchisi - dastlab
maqsadlar va ularga erishishning strategik yo‘llarini aniqlab olish kerak, so‘ng esa
axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi nuqtai-nazar - tashkilot strategik
axborot tizimlaridan o‘z maqsadlarini aniqlashda va strategik rejalashtirishni amalga
oshirishda foydalanishi mumkin. Lekin kelajakda bu ikki nuqtai-nazarning umumiy
sintezi asosida strategik axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof
etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: