2-mavzu: Axborot-kutubxona faoliyati marketingi: asosiy tushunchalari, mohiyati va turlari 1



Download 23,1 Kb.
bet2/5
Sana29.05.2022
Hajmi23,1 Kb.
#617628
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5296631172112062436

Klassik marketing kompleksiquyidagi muhim tarkibiy elementlarini o‘z ichiga oladi.
- tovar /mahsulot, xizmat/
- baho;
- tarqatish usullari /sotish/;
- rag`batlantirish /jadallashtirish/.

Boshlang`ich taxliliy /axborot/ funktsiyalar bahosiga: tashqi muhitni taxlil qilishni ta'minlovchi, resurslarni baholash, talablarni taxlil qilish, talablarni qondirilmaganligini va potintsial iste'molchilarni aniqlash, oxirgi mahsulotlarni (faoliyatlarni) raqobatbardoshliligini aniqlashga asoslanib, marketing boshqaruv funktsiyasi o‘z ishni yo‘naltiradi:


- mahsulot va xizmat assortimentini /nomenklaturasini/ rejalashtirishga (mahsulot siyosati);
- tannarx va baholarni rejalashtirish (baho siyosati);
- sotishni rejalashtirish va amalga oshirish (distributsiya siyosati);
- mahsulot va xizmatni jadallashtirishni rejalashtirish (jadallashtirish siyosati);
- aniq bir faoliyatni tishkil etish va boshqarishga ta'sir ko‘rsatish /kommunikatsiya siyosati/;
Marketingning asosiy maqsad va vazifalari ichida quyidagilar asosiy hisoblanadi: iste'mol (harid) ehtiyojlari mumkin qadar to‘la qondirishga erishish, bozorda o‘z sohasi bo‘yicha mustahkam o‘ringa ega bo‘lish, mahsulot va xizmatni muqobil tanlovini namoyish eta olish, istiqbol so‘rovlarini rivojlantirish, o‘z imidjini yaratish va uni ushlab turish.
Kutubxonalardagi marketing faoliyati printsiplari, asosida zamonaviy boshqaruv faoliyatning mantiqiy asoslari, notijorat tashkilotlar, kutubxonalar, axborot organlari uchun angliyalik kutubxonashunos B. Kronin tomonidan 1981 yilda ishlab chiqilgan marketing kontsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda. Keyinchalik bu kontseptsiya Nemis kutubxonachilik institutida P. Borxard boshchiligidagi ekspertlar tomonidan yevropa mamlakatlari kutubxonalari uchun moslashtirildi.
Marketing kontseptsiyasining hozirgi tavsiya etilayotgan varianti esa
V. Klyuev va E.Yastrebova tomonidan qayta ishlab chiqilgan.
Axborot-kutubxona faoliyati sohasida an'anaviy tijorat va notijorat marketingni birgalikda ishlatib kelingan, lekin notijorat marketingga ko‘proq o‘rin berilgan. Kutubxonada marketingdan foydalanishda albatta xujjatlar fondini zarur sifatga ega bo‘lishini ta'minlash, kutubxona resurslari va uni rivojlantirishga e'tibor berish kerak.
Tijorat marketingi kutubxonani byudjetdan tashqari tashabbuskor xo‘jalik yuritish faoliyatida, Axborot-kutubxona va boshqa tadbirkorlik bo‘linmalari tuzilishida hamda kutubxonani boshqa muassasalar bilan hamkorlikdagi ishlashlari sharoitda juda ham dolzarbdir. Talabni kompleks ravishda o‘rganish va rag`batlantirish usullariga suyangan holda, foyda olish uchun tijorat harakatlari, faoliyatini koordinatsiyalash va moslashtirish, hamda raqobatbardosh xizmatlar va mahsulotlar bilan mavjud talablarni qondirish talab qilinadi.
Kutubxonalarda qo‘llanilayotgan pullik axborot-kutubxonachilik xizmatatlari o‘rniga asta-sekinlik bilan bozor talablarini o‘rganish asosida hamda real foyda olishni ko‘zlab tijorat ishlari qilinayapti. Mana shu faoliyatda endi tijorat marketingi printsiplari asosida ish yuritish, foydani oshib borishni va tijorat ishlarini rivojlantirish talab etiladi. Bu ishlar birinchi navbatta biznes-kutubxonalarni, amaliy axborot markazlari, iqtisodiy-huquqiy kabinetlar /bo‘limlar, zallar/, amaliy adabiyotlar va konyuktura axboroti, shu bilan birgalikda avtonom yoki to‘la mustaqil ravishda axborot, ta'lim yoki bo‘sh vaqtni o‘tkazish bo‘yicha muammoli-yo‘naltiruvchi bo‘lim faoliyatini amalga oshirish va isbotlash jarayonlarida ishlatish mumkin.
Zamonaviy kutubxonalarni ko‘pchilik qismi o‘zlarining kundalik amaliy faoliyatlarida kitobxonlarga bepul xizmat ko‘rsatish ishlarini ijtimoiy jihatdan birinchi o‘ringa ko‘yaptilar va bunda o‘zlarini iqtisodiy qiziqishlari bilan ijtimoiy ahvolni muvozanatiga erishishga harakat qilmoqdalar. Bunday hollarda kutubxonachilik ishi uchun notijorat marketingmetodologiyasi ustivor bo‘ladi.
Notijorat marketing byudjet sohasi faoliyatida jamoatchilik qiziqishiga erishishdagi samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Turli iste'molchilar guruhlari bilan o‘zaro aloqalarni tashkil qilish va boshqarish quroli sifatida, hamda ma'lum bir xizmatlar va mahsulotlarni qabul qilish va yo‘naltirish, aniq bir tuzilma natijalarini /mahsulotlarni/ pozivtiv obrazini /imidjini/ yaratishda kuchli vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Notijorat marketingning yetakchi printsiplariga quyidagilar kiradi:
- moliyaviy foyda olishga intilishning yo‘qligi;
- talabni o‘rganishga kompleks yondoshish va ularni qondirish uchun takliflarni ishlab chiqish;
- iste'molchilar (klientlar, foydalanuvchilar) bilan doimiy “qayta aloqani” borligi;
Notijorat tashkilotlari, shu jumladan kutubxonalardagi marketingning maqsadlari, vazifalari va ob'ektlariga quyidagilar kiradi:
- hizmat ko‘rsatishning aniq turlarini targ`ib qilish (marketing xizmati);
- muassasani ommalashtirish (tashkil qilish marketingi yoki o‘z-o‘zini marketinglash);
- yetakchi xodimlarni, aniq mutaxassislarni ommalashtirish (alohida shaxs marketingi yoki personal shaxs marketingi );
- ob'ektni joylashganligini targ`ib qilish (joy marketingi).
Notijorat marketingning ijtimoiy majburiyati uchta muhim faktorga erishishdir: klientlarni talabi (foydalanuvchilar), jamoatchilik qiziqishlari, iqtisodiy asoslanganlik (maqsadga muvofiqligi). Bunda jamoatchilik amaliyotidagi ahamiyati ko‘p aspektga egadir:
- iste'molchilar so‘rovlarini hisobga olish;
- ishlab chiqaruvchilarni o‘zlarini so‘rovlarini hisobga olish (mahsulot xizmat);
- iste'molchilarni uzoq muddatli qiziqishlarini hisobga olish;
- jamiyatni uzoq muddatli qiziqishlarini hisobga olish.
Tashkilotni boshqarish tizimida marketing soha menejmentining bozor munosabatlarini o‘ziga xos hisobga oluvchi kompleks falsafasidir. Uning qat'iy nazariy kontseptsiyasi zamonaviy Axborot-kutubxona tashkilotlari rahbarlarini professional fikr yuritishi asosi bo‘lib kelmoqda.
Aniq bir Axborot-kutubxona muassasalarining amaliy faoliyatlarida notijorat va tijorat marketingini birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu kutubxonalarni boshqarishga faol yondashishga olib keladi. Bunda istiqbol g`oyalarini keng qo‘llash, joriy vazifalarni xal qilishda noformali jodiy yondashish boshlanadi, alohida xodimlar va jamoaning kundalik faoliyatidagi oxirgi natijaga bo‘lgan qiziqishlari ortadi (ichki marketing).
Bir vaqtni o‘zida kutubxonani axborot-kommunikativ funktsiyasini aniq kuchaytirish, iste'molchilarni yangi kategoriyalarini (shu jumladan xizmatlari uchun pul to‘laydigan), ko‘rsatadigan xizmat turlarini va mahsulotlarini pullik va pulsiz turlarini ko‘paytirish lozim. Ko‘pincha xizmat turlarini ko‘paytirish, pullik xizmatlar bilan bog`liq ekanligini unutmaslik kerak.
S’Huni alohida qayd etib o‘tish lozimki, marketingni aniq bir kutubxonani boshqarishdagi asosiy printsipi bu erkin, lekin isbotlangan aniq maqsadlarni tanlashdir. S’Hu bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishning ma'lum bir strategiyasiga ega bo‘lishdir. S’Hunga asoslanib kutubxona ma'muriyati marketologlar bilan birgalikda alohida iste'molchilar guruhini ajratib oladi, hamkorlarni jalb etadi, bor bo‘lgan resurs imkoniyatlarini baxolaydi va asosiy byudjet faoliyati (kitobxonlar uchun bepul) bilan, iste'molchilar uchun real to‘lanishi mumkin bo‘lgan xizmat turlari uchun tushadigan mablag`ni birgalikda proportsional ravishda bog`lashi lozim. Bu yerda o‘z vaqtida soha marketingining turli tarkibiy elementlaridan foydalanish, ularni turli xillarini qo‘llash, maqsadli marketing dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish xal etuvchi rolni o‘ynaydi.



Download 23,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish