Funksional klavishlar guruhiga 12 ta klavishlar kirib, ular F1 dan F12 gacha nomlangan va
ular klaviaturaning yuqori qismida joylashgan. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil
vazifalarni bajarishi mumkin. Ba’zi hollarda ularning funksiyasi operatsion tizimga ham bog`liq
bo`ladi. Ular 12 ta bo`lishiga qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi.
Boshqaruvga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajarish maqsadida ishlatilb,
registrni o`zgartirish, o`rnatish rejimlari, har xil klavishlar kombinatsiyasini o`rnatish va
boshqalarni bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan, Caps Lock va Scroll Lock boshqa klavishlarning
ishlash vazifasini o`zgartirib turadi, Shift, Ctrl va Alt lar esa boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |