Skaner – matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish
uchun xizmat
qiluvchi qurilma. Kompyuterga biror mavjud bo`lgan matnni yoki grafik tasvirlarni kiritib, ularni
keyinchalik qayta ishlash kerak bo`lganda skanerdan foydalaniladi. Agar bunday axborotlarni
standart kiritish qurilmalari yordamida kiritsak juda ko`p vaqt talab qilinadi. Skaner qilingan
axborotlar maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanadi va matnli yoki grafikli fayllar ko`rinishida
saqlanadi.
Skanerlar rangli va rangsiz bo`ladi. U hozirda, asosan rangli ko`rinishda chiqarilayapti.
Uning andazasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli
skanerlar qabul qilingan.
Uning asosiy xarakteristikasi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rangda (xususan, oq
– qora rangli) ko`rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal
chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.
Odatda, bu xarakteristika misol uchun 300x600, 600x1200 ko`rinishda bo`ladi. Bu degani
gorizantal chiziqlar bo`yicha piksellar soni 300 (600), vertikal bo`yicha piksellar soni 600 (1200)
ekanligini bildiradi.
Nuqtalar soni qancha ko`p bo`lsa, ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo`ladi. Shuni aytish
lozimki, dastur vositalari yordamida skanerning tasvirlash qobiliyati ancha kuchaytirilishi
mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan ish ko`rilganda u yoki bu milliy
til drayverlarni aniq aks ettiruvchi dasturlardan foydalanish zarur.
Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullardan foydalaniladi. Ba’zi skanerlar maxsus
kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning
asosiy platasining (sistema platasi) maxsus joyiga ulanadi va o`sha plata orqali ulanadi.
Ba’zi skanerlar parallel portga to`g`ridan – to`g`ri ulanadi. Hozirda, asosan, SCSI – 3
interfeysi orqali ulanadi. Bu andaza kompyuterga ko`plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan,
skanerni ulash imkonini beradi. Turli kompyuterlar uchun dastur birligini ta’minlash maqsadida
TWAIN qaydnoma ishlatiladi.
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus obrazlarni
tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto qo`lyozmalarni ham tanish
qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei Form nomlari bilan ataladi.
Tasvirlar (rasm, grafik) bilan ishlash uchun Adobe PhotoShop dasturi ishlatiladi. Uning
yordamida tasvirlar ustida turli tahrir qilish ishlari olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: