Lazer (kompakt) disk. CD - ROM
CD ROM (Compact Disk Read Only Memory) – faqat ma’lumotni o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, u diskning yuqori ustki qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri yordamida o`qiydi. Ma’lumot tashuvchi sifatida oddiy kompakt – disk CD ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajimdagi ma’lumot sig`ishi hamda uni ishlatish qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajimlar multimediyali axborotlarga xos bo`lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari sarasiga kiradi. Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda xar xil tizim va amaliy dasturlarni, electron kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt disklarning boshqa turlari ham mavjud, masalan CD Writer, CD – R, CD – RW, DVD va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |