2-mavzu Alisher Navoiy. Alisher Navoiy asarlarida til va nutq masalalari Reja



Download 53,47 Kb.
bet1/7
Sana18.08.2021
Hajmi53,47 Kb.
#150898
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-мавзу (1)


2-mavzu

Alisher Navoiy. Alisher Navoiy asarlarida

til va nutq masalalari

Reja:

  1. Alisher Navoiyning tilga munosabati.

  2. Buyuk mutaffakkir ijodida nutq madaniyatining yoritilishi.

  3. Alisher Navoiyning nutq madaniyati va voizlarga munosabati.

  4. Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni, “Mahbub-ul qulub”, “Muhokamat- ul lug‘atayn” va “Nazm-ul Javohir” asarlari bilan tilimizning yuksalishiga qo ‘shgan hissasi.

Asrlar mobaynida til– milliy ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lib kelgan. Buni o‘zbek she’riyatining gultoji deya e’tirof etilgan Mir Alisher Navoiy davridan to bugungacha o‘tkir qalam sohiblari yaratishgan badiiy ijod mahsullariga payvand milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimiz rivoji misolida kuzatishimiz mumkin.

O‘zbek adabiy tili mustaqil til sifatida X asrdan boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Xususan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Rabg‘uziyning “Qissai Rabg‘uziy”, shuningdek, Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroiy, Mavlono, Lutfiylarning yaratgan boy ilmiy-adabiy meroslarini tilga olish mumkin.

Ayniqsa, turkiy tilning beqiyos imkoniyatlarini ko‘rsatishda Alisher Navoiyning buyuk xizmatlarini alohida e’tirof etish joiz. Chinakam ma’nodagi so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning so‘z va o‘tkir nutq, til va jamiyat borasidagi fikrlari alohida diqqatga molikdir. So‘z dahosiga daho so‘zchi sifatida adoqsiz ehtirom va inja sezgi bilan munosabatda bo‘lgan adib o‘z asarlarining aksariyatida, xususan, muhtasham “Xamsa”sining barcha dostonlari (alohida-alohida boblar)da, “Mahbub ul-qulub”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Nazm ul-javohir” va boshqa ko‘plab asarlarida so‘zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid betakror fikrlarni bayon qilgan.

“Muhokamat ul-lug‘atayn”da aytilishicha, so‘z go‘yoki bir durdir, durning doimiy makoni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning muntazam makoni ko‘ngildir.

Dur g‘avvos tarafidan dengiz tubidan chiqarilib, jilvalantirilsa va uning qiymati javhariga ko‘ra baholansa, so‘z sohibi ixtisos tomonidan ko‘ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so‘z qo‘llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi.

Boshqacha aytganda, dengiz tubida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan qimmatbaho durlar g‘avvos , tomonidan harakatga keltiriladi, ko‘ngil tubida imkoniyat tarzida turgan sehrli so‘zlar esa so‘zlovchi tomonidan nutqiy jarayonga olib kiriladi va o‘z jilvasini namoyon etadi.

Alisher Navoiy bu fikrlarni davom ettirib yozadi: "Soz durrining tafovuti mundish dog‘i beg‘oyatroq va martabasi mundin ham benihoyatrokdur.

Andoqki, sharafidin o‘lgan badang‘a ruhi pok etar, kasifidin hayotliq tang‘a zahri halok xosiyati zuhur etar".

Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, nutqiy madaniyat, nutq san’ati haqida aytgan fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy va noyob merosi mahorat bilan umumlashtirilgan.

Alisher Navoiy asarlarida chunonchi, nutq odobining talablari haqida fikrlar bor.

1. Tilni, so‘zni qadrla, uni hurmat qil:



Donau dur sozini afsona bil,

Sozni jahon bahrida durdona bil . (Xamsa, 34- bet.)

2. Yaxshi so‘zlay olish (nutq)—san’atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgin: Erdin so‘z hunar, enchidin bo‘z hunar.



(«Mahbub-ul qulub», 82-bet.)

3. Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so‘zi, nutqidir: Suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila,



odam yaxshilig‘i soz bila. («Mahbub- ul qulub», 79- bet.)

Soz zohir etar zamir ishi ko‘pragidin, Til muxbir erur ko‘ngul nihon emgagidin, Fahm ayla kishi holini soz demagidin, Kim berdi xabar hadisi ko‘nglidagidin. («Nazm-ul -javohir» dan, 41- bet.)

4. Kishining so‘zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi:




Download 53,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish