2-mavzu: Adabiy asar muqovasiga eskiz ishlash



Download 490,91 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi490,91 Kb.
#92236
Bog'liq
2 мавзу (2)


2-mavzu: Adabiy asar muqovasiga eskiz ishlash

Dastgohli va kittob grafikasi ham tasviriy san’atni barcha turlari kabi kompozitsiyaning umumiy qonunlariga tayanadi. Dastgohli grafika o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib - shakl, masofa, chiziq, shtrix va kontur vositasida oq -qora tasvirda ifoda etiladi.

Kitob grafikasi XIX va XX asrga kelib rivojlana boshladi. Ayniqsa V.Favorskiy, D. SHmarinkov, E. Kibrik, O.Vereyskiy kabi rassomlar klassik adabiyot asarlarini chuqurroq o‘rganib kitob grafikasini yuksaltirdilar.

Kitob grafikasi bezagining muvaffaqiyatli chiqishi, rassomning qobiliyatiga, adabiyotni qanday tahlil qila olishga bogliq. Mahorat cho‘qqisini egallagan bezakchi rassomlar kitob mazmunini alohida grafik asari darajasiga etkazadilar. Rassomlar D. Kardovskiyning yozuvchi A. CHexov yozgan «Kashtanka», A. Griboedovning «Gore ot uma», A. Benuaning shoir A. Pushkinning «Mis chavandoz» asarlariga ishlangan kitob bezaklari misol bo‘la olishi mumkin.

Rassomning vazifasi shundan iboratki u voqeani, adabiy obrazni, kitob mazmunini tasvir orkali tushunishga yordam berishi kerak. Kitob uchun ishlangan illyustratsiyalar shakl jihatidan dinamik, rangdor, ta’sir etuvchi, adabiy asarning tekst matnini jozibali qilib ko‘rsatishga yordam berish lozim, Bolalar kitobiga ishlangan tasvirlar, bolalarning uzoq vaqt eslarida qolib, ularni badiiy didlarini o‘stiradi. Bezak jarayonida format va harf ishlashda bolalarning yoshlari va talablarini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.

Zarvaraq (kitobning ustki qismi) o‘quvchilarga adabiy matnning ma’lum yo‘nalishini tasavvur etishlari uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari kitobning ustki bezagi reklama vazifsini ham o‘tashi mumkin. Muqova bezagi kitob mavzusining maqsadiga muvofiq bo‘lishi uchun kitobning nomi, uni ifodalovchi tasvir, matn munosabatlari hamda uyg‘unligi va birligiga ahamiyat berish lozim. Muqova bezagidagi kompozitsiya tuzilishi, mazmun va g‘oyani kitobning qaysi yoshdagi o‘quvchilarga yozilganligini belgilab beradi. Kitobga illyustratsiya bajarish, adabiy asarga qarab ilmiy, ommabop, xujjatli, badiiy bo‘lishi mumkin.

Illyustratsiya grafikasi yaqin masofadan kurishga mo‘ljallangan. Kitob mazmuniga qarab tasviriy vositalardan foydalanish mumkin (tush, grafit, qalam, akvarel va hokazo). Adabiyot obrazlar rassom qanday yo‘nalishda va texnikada tasvir bajarish kerakligini belgilaydi.

Bir kitobda qalam tasvir, soya - yorug, shakl, havo perspektivasi vosita bo‘lsa, ikkinchisida ertak mavzusi odam va hayvon, o‘simliklarni dekorativ tema usulida ifodalashi mumkin. Misol sifatida Bilibinning «qurbaqa malika» ertak kitobining bezagini keltirish mumkin. Kitob muqovasidan Bilibin rus xalq naqshlaridan foydalanib, baliqlar, suv parilari tasvirini ritm qaytarilishida ustalik bilan tasvirlagan. Muqova o‘rtasida eski rus xarfida sarlovhasi joylashtirilgan «SHrift» harakteri dekorativ tasvirga mos tushgan. Ertak illyustratsiyalari ornament shaklida tasvirlangan.










Download 490,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish