2.1-jadval
Boshqaruvdagi uch darajaning faoliyat mazmuni.
Tavsif
Yuqori daraja
O‘rta daraja
Quyi daraja
1
2
3
4
Rejalashtirish
Salmoqli
O‘rtacha
Eng kam
Nazorat
Eng kam
Salmoqli
Salmoqli
Vaqtinchalik
istiqbol
1 yildan 5
yilgacha
1 yilgacha
Kunma-kun
Faoliyat sohasi
O‘ta keng
To‘liq funktsional
soha
Bitta funktsiya
yoki vazifaning bir
qismi
Faoliyat mazmuni
Nisbatan tarkib-
siz, cheklanmagan
O‘rtacha
cheklangan
O‘ta cheklangan
Murakkablik
darajasi
Juda murakkab,
ko‘p o‘zgarishli
Kamroq murakkab
o‘zgarishli, ko‘proq
holda aniqlanishga
moyil
Oddiy
Ish ko‘lami
Qiyinlashgan
Nisbatan kamroq
murakkab
Nisbatan oddiyroq
Faoliyat
Natijalari
Rejalar, choralar
va strategiya
Vazifalarni bajarish
jadvali
Tugal mahsulot
Foydalaniladigan
axborot turi
Tashqi
Ichki, ancha
aniqroq
Ichki,
ilgarigilaridan,
ancha aniq
Faoliyat turi
Ijodiy yondoshuv
Javobgarlik,
ishontirish, bajarish
qobi-liyati
Ishga loiqaydlik,
samaradorlik
Boshqaruv
faoliyatiga
aloqador shaxslar
soni
Sanoqli
O‘rtacha
Ko‘p
Bo‘lim abo‘lin-
malarning o‘zaro
harakati
Bo‘linma
doirasida
Bo‘lim doirasi
Bo‘limlar
o‘rtasida
Boshqaruvning har bir darajasidagi ma'lum bir mehnat taqsimoti boshqaruv
qismining alohida elementlariga rejalashtirish, tashkillashtirish, hisobga olish va
nazorat, bayon etish, tahlil va boshqaruv kabi alohida vazifalarni biriktirishga olib
keladi. Bu vazifalar turli hajmda va boshqaruvning turli darajasida amalga
oshiriladi. Ularning ayrimlari hatto boshqaruvning biror bir darajasida ham amalga
oshmasligi mumkin.
Iqtisodiy ob’ektning boshqaruv qismida vazifa elementlarining mavjudligi
axborot tizimlarida tegishli kichik tizimlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Axborot tizimining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan
belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiq0ilgan boshqariluvchi
jarayonga maqsadli ta’sir ko‘rsatish – qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning
shakllanish jarayoni esa – qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Iqtisodiy
ob’ektni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan
qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni
kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish – iqtisodiy ob’ekt axborot tizimining
asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni,
qaror qabul qilishning barbod bo‘lishi iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi
faoliyatiga, u yerda qo‘llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va xatto
axborot tizimining butun boshli sinfi – qaror qabul qilish tizimini shakllantirish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Tizimlarni faoliyat ko ‘rsatish va rivojlanish qonuniyatlari.
Yaxlitlik, integrativlik, kommunikativlik, ierarxlilik
IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMNING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA ELEMENTLARI
Iqtisodiy tizimlar turli-tuman bo‘lishi bilan birga qator universal xususiyatlarga ham ega va ular asosiy iqtisodiy masalalarni hal etish usullari (metodlari)ga bog‘liq bo‘lmagan holda tavsiflanadi. Ularga quyidagilar taalluqli:
1. Yaxlitlik, bu eng avvalo, iqtisodiy tizim komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini anglatadi, bunda tizim komponentlaridan birining o‘zgarishi uning boshqa komponentlariga ham ta’sir ko‘rsatadi va butun tizimning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, ishlab chiqarish vositalarining almashtirilishi natijasida muvofiq ravishda ishlab chiqarish munosabatlari va butun tizim ham o‘zgaradi.
2. Ierarxiylik. Bu har bir tizim yanada yuqoriroq tartibning elementi sifatida qaralishi mumkinligini bildiradi. Masalan, O‘zbekistonning o‘tish iqtisodiyoti, jahon tizimining elementlaridan biri sifatida ko‘rilishi mumkin.
3. Integrativlik, bu tizim o‘z elementlarida mavjud bo‘lmagan xususiyatlarga egaligini anglatadi (masalan, har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarning ma’lum miqdori mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladigan mehnat taqsimoti).
Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi
ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |