2.2-rasm. Boshqarish darajalarining o‘zaro ta’siri.
Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, iqtisodiy ob'ekt
vazifasi, boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalari, ularni amalga oshirish
strategiyasi belgilanadi. Boshqarishning o‘rtacha darajasi - texnik boshqaruv
darajasi hisoblanadi.
Bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi,
resurslar kuzatib boriladi va xakozo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor
boshqaruv, rejasi ya'ni, hajm-taqvim (kalendar) rejalari bajariladi, tezkor nazorat
va qayd etish amalga oshiriladi.
Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyat turi) hal etiladigan masalaning
murakkabligi bilan belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo‘lsa uni hal etish
uchun shunchalik yuqori darajadagi boshqaruv talab etiladi. Bu o‘rinda shuni
nazarda tutish kerakki, ohista (tezkor) hal etishni talab etuvchi oddiy masalalar
nisbatan ko‘p yuzaga keladi. Demak, ular uchun tezkor qaror qabul qilinadigan,
nisbatan quyi boshqaruv darajasi qabul qilinadi. Boshqaruv paytida shuningdek,
qabul qilinadigan qarorlarni amalga oshirish dinamikasini ham hisobga olish
zarur. Bu hol boshqaruvga vaqtinchalik omil nuqtai nazaridan qarash imkonini
beradi.
Tezkor boshqaruv darajasi ko‘p marta qaytariluvchi vazifalar va
operatsiyalarini hal etishni hamda keladigan joriy axborotlar o‘zgarishini tez qayd
etishni ta'minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham,
boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham yetarlicha yuqori. Uni
ko‘pincha vaziyat o‘zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor
boshqaruv darajasi, deb ham yuritishadi.
O‘rta (taktik funktsional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan
axborotlarni oldindan tahlil etishni talab qiladigan masalalar yechimini ta'minlaydi.
Mazkur darajada boshqaruvning tahlil vazifalari keng ahamiyatga ega bo‘ladi. Hal
etiladigan masalalar hajmi kamayadi, biroq ularning murakkabligi oshadi. Ayni
paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni bo‘lmaydi.
Buning uchun yetmagan ma'lumotlarni yig`ish, tahlil etish va fikrlashga
qo‘shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan to qaror
qabul qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek qarorni amalga oshirish
vaqtidan to unga bo‘lgan ta'sirni qayd etguncha bo‘lgan ayrim oraliq to‘xtalishlar
bilan bog`liq.
Strategik daraja iqtisodiy ob'ektning uzoq muddatli strategik maqsadlariga
erishishga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini tanlashni ta'minlaydi. Madomiki,
qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o‘tgach ko‘rinar ekan, ushbu
darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega.
Boshqaruvning boshqa funktsiyalari bu darajada yetarlicha to‘liq ishlab
chiqilmagan. Ko‘pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq
muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarorning
haqqonniyligi uzoq vaqt o‘tgachgina o‘z tasdig`ini topishi mumkin. Qaror qabul
qilish ma'suliyati juda katta. Bu matematik va maxsus apparatlardan foydalangan
holdagi tahlil natijalari bilangina emas, shuningdek, menejerlarning kasbiy
intuitsiyasi bilan ham belgilanadi.
Boshqaruvning uchta darajasidagi faoliyat mazmuni 2.1-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |