2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja


Yumshok terili toshbaqalar kenja turkumi (Trionychoidae)



Download 229 Kb.
bet8/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza

Yumshok terili toshbaqalar kenja turkumi (Trionychoidae). Pansterida shox plastinkasi bo‘lmasligi bilan boshqa toshbaqalardan farq qiladi. Tashqi qoplag‘ichi burishgan yumshoq teridan iborat bo‘ladi. Faqat orqa qoplamining markaziy qismi tog‘ay bilan hoshiyalangan suyak plastinkadan iborat. Oyoq suzgichi pardali, chuchuk suvlarda yashaydi. Afrika, Janubiy Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Ussuriya yumshoq pansterli toshbaqasi (Amuda sinonsis) Xitoy, Uzoq sharqda va Ussuriyada yashaydi.30-70 ta tuxum qo‘yadi. 45-60 kun rivojlanadi.
1.Ular qattiq pardaga o‘ralgan yirik tuxum qo‘yib, quruqlikda ko‘payishi ularni suvga tushish zaruriyatlaridan ozod qilgan.
2. Sudralib yuruvchilar amfibiyalarga o‘xshab, atrof-muxit namligiga bog‘liq emas.
3. Terining shoxsimon tangachalar bilan qoplanishi, teri orqali nafas olish funkstiyasini yo‘qolishiga sabab bo‘lgan, undan tashqari sho‘r yerlar dengiz suvlariga amfibiyalar yashay olmaydigan maqonlarga kirishiga imqon beradi.
4. O‘pkaning ichki tuzilishi murakkab, xalqum bilan nafas olish o‘rniga ko‘krak qafasining harakati orqali nafas olish vujudga kelgan.
Sudralib yuruvchilar qutblardan tashqari yer yuzasining hamma mintaqalarida uchraydi. Ular har xil hayot formalarini hosil qiladi. Ularning quruqlikda, yer ostida, suvda va daraxtda yashovchi formalari bor. qazilma reptiliyalarning qanotlari bo‘lib, ular havoda ham uchgan, lekin qadimgi ajdodlardan meros bo‘lib qolgan moddalar almashuvining sustligi bilan bog‘liq bo‘lgan poykilotermlilik ular tarqalishidagi o‘ziga xos bo‘lgan ayrim biologik xususiyatlarni aniqlab beradi.
Sudralib yuruvchilar amfibiyalarga o‘xshab nam tropiklarda emas, balki sahrolarda ham tarqalgan. qutbga yaqinlashgan sari turlar soni kamayib boradi. O‘rta Osiyoda 50 turi, Kavkazda 28 ta O‘rta Yevropada 15ta, Shimoliy qutb doirasida 2 turi uchraydi.
Siklliligi. Sutka va fasl stiklliligi sudralib yuruvchilarda amfibiyalardan farq qilib namlik sharoitlariga bog‘liq emas, balki noqulay temperatura sharoiti va ovqat sharoitiga biologik moslanishidir.
Sutka siklliligi: sudralib yuruvchilar hammadan optimal temperaturalarda aktiv bo‘ladi. Optimal temperatura 20-40 gradus atrofida bo‘ladi. Sudralib yuruvchilar ko‘proq issiqlikni sezuvchi hayvonlar bo‘lganligi uchun ularning ko‘pchiligi kunduzi aktiv bo‘ladi ayrim turlari, gekqonlar tunda aktiv bo‘ladi, tropik saxrolarda kunduzi issiq bo‘ladi. O‘rta Osiyoda ko‘pincha yerning temperaturasi q 60 gradus bo‘ladi. Bunday sharoitlarda tezda xalok bo‘ladi. Sutka davomida turlar joylarini o‘zgartirib o‘zi uchun qulay yerni topib oladi. Ular ertalab qum tepaliklarning oftob tushib turgan tomoniga o‘tadi, tuproq juda qizib ketganda o‘simliklar ustiga chiqib oladi. Sudralib yuruvchilar joylarini o‘zgartirish yo‘li bilan issiqlik ta’siridan saqlanadi va gavda temperaturasini yuqori hamda gomoyotermli hayvonlar gavda temperaturasiga yaqin bo‘lgan temperaturani ancha doimiy darajada tutib turadi. Ayrim turlari kunduzgi issiqlikni o‘zida saqlab turishi hususiyatlaridan (kunduzgi) aktiv hayot kechirishda foydalanadi, sutkalik aktivlik moslanish bo‘lib temperatura sharoitlariga qarab o‘zgarib turadi.
Bahorda kunning issiq soatlarida aktiv bo‘ladi, yozda ertalab va kechqurun aktiv bo‘ladi. Katta o‘ljani tiriklayin yutgan ilon 5-8 kungacha passiv bo‘ladi, och qolganda optimumdan past temperaturada ham faoliyat ko‘rsatadilar.
Mavsumiy stikllilik o‘rta mintaqada yashovchi reptiliyalarda seziladi, bunda ular qishqi uyquga yotadi. Sudralib yuruvchilarning aktivlik davri temperaturani sharoitga qarab cho‘ziladi yoki qisqaradi. Masalan: Tiriktug‘ar kaltakesaklar Janubiy Yevropada 9 oy, Rossiyaning o‘rta mintaqasida 5 oy, Shimoliy tomonida esa bundan ham kam vaqtda aktiv hayot kechiradi.
Har xil sudralib yuruvchilarda qishki uyqu muddati har xil bo‘lib, turning sovuqqa chidamligi bilan bog‘liq. Masalan: qora ilon hammasidan keyin uyquga ketadi va bahorda hammasidan oldin paydo bo‘ladi. Temperatura qulay bo‘lsa ko‘pchilik sudralib yuruvchilar qishki uyquga ketmasligi mumkin. Masalan: O‘rta Osiyoda odam yashaydigan imoratlarda agama va gekqonlar qish bo‘yi uxlamasdan aktiv bo‘ladi. qishlaydigan boshpanalari turlicha bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi kemiruvchilar uyasida. yer yoriqlarida, ildizlarning chirishidan hosil bo‘lgan kovaklarda qishlaydi. sudralib yuruvchilar organizmida qishlash davri uchun zahira oziq moddalar to‘playdi, moddalar almashinuvi esa bu davrda juda pasayib ketadi: ba’zi sudralib yuruvchilarda yozgi uyqu bo‘ladi, bu amfibiyalarga o‘xshab nam yo‘qligidan emas, balki ozuqa yo‘qligiga bog‘liq. Masalan: O‘rta Osiyo sahrolarida O‘rta Osiyo toshbaqasi yozda uyquga ketadi. Mayning oxirida, iyunning boshlarida toshbaqalar yeydigan o‘simliklar qurib qolganda yerni qazib uya qiladilar va karaxt bo‘lib yotadi. Sug‘oriladigan dalalarda cho‘l toshbaqalari butun yoz bo‘yi aktiv bo‘ladi, stikllilik ovqat ko‘pligiga bog‘liq.
Ovqatlanishi: Sudralib yuruvchilarning yeydigan ozuqasi ham ovqat topish usullari ham turlicha, ularning orasida hashorotxo‘rlar, baliqxo‘rlar, yirtqichlar, o‘simlikxo‘rlari mavjud. Bizda uchraydigan kaltakesaklarning ko‘pchiligi hashorotlar bilan oziqlanadi. Tumshuqboshlilar asosan mayda qo‘ng‘izlarni tutib yeydilar. Kaltakesaksachalar to‘g‘ri qanotli hashorotlar, haqiqiy kaltakesaklar, qo‘ng‘izlar, o‘rgimchaklar va mollyuskalarni yeydi. Sariq ilon bilan urchiq ilonning asosiy ovqati mollyuskadir. Echkemarlar, sichqonsimon kemiruvchilar va qushlarni tutib yeydi. Chuchuk suvlarda yashaydigan toshbaqalar bilan timsohlar qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, hashorotlar bilan oziqlanadi. Sudralib yuruvchilarning asosiy ovqatini umurtqali hayvonlar tashkil etadi. Suv ilon bilan chipor ilon amfibiyalar bilan, suv ilon va dengiz toshbaqalari baliqlar bilan, o‘q ilon kaltakesaklar bilan, qora ilonlar sichqonsimon kemuruvchilar bilan oziqlanadi. Charx ilon, ko‘lvor ilon kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Amur chipor ilonlari daraxtlarga o‘rmalab chiqib qushlarning bolalari va tuxumini yeydi. Afrikada yashaydigan tuxumxo‘r ilon faqat qushlarning tuxumi bilan ovqatlanadi. Bu iloning tish apparati yaxshi taraqqiy etmagan, lekin oldingi umurtqalarida uchi old tomonga qaragan o‘simtalar bor, bu o‘siqlarning uchi qizilo‘ngach devorni teshib uning bo‘shlig‘iga kirib turadi. Ilon tuxumni butunligicha yutadi, tuxum qizilo‘ngachdan o‘tayotganda, uni umurtqa o‘siqlarining uchi yoradi so‘ngra tuxumning ichidagi suyuqlik qizilo‘ngacha oqib tushadi, po‘chog‘i esa og‘izdan tashqariga chiqarib tashlanadi.
Zaharsiz ilonlar o‘ljasini tiriklayin yutadi. Masalan: suv ilonlar baliqlarni tiriklayin yutadi yoki bo‘g‘ib o‘ldiradi, keyin yutadi. Suyaklarni sindirmaydi, suyaklar singanda yutishda ilonlarni yarador qiladi. Zaharli ilonlar o‘ljasiga tashlanib, uni zahar tishlari bilan chaqib o‘ldiradi va keyin butunligicha yutadi.
O‘simlikxo‘r sudralib yuruvchilar kam uchraydi, quruqlikda yashovchi toshbaqalarning deyarli hammasi bizda uchraydigan O‘rta Osiyo va Kavkaz toshbaqasi o‘simliklar bilan ovqatlanadi.
Urchishi: Sudralib yuruvchilar quruqlikda urchib, quruqlikda rivojlanadi, hattoki suvda yashaydigan turlari ham timsohlar, dengiz ilonlari va dengiz toshbaqalari urchish vaqtida quruqlikka chiqadi. Sudralib yuruvchilarda urug‘lanish hodisasi ichki bo‘ladi, gatteriyani hisobga olmaganda barcha reptiliyalarda qo‘shilish organi bor. Urchish davrida jinsiy uyg‘onish kuzatiladi ya’ni ularning aktivligi oshadi, toshbaqalar bilan kaltakesaklarning samestlari bir-biri bilan urishadi. Ko‘pchilik sudralib yuruvchilar terisimon yoki qattiq ohaksimon po‘st bilan qoplangan bir nechta (8-16) katta tuxum qo‘yadi (toshbaqalar, timsohlar). Tuxumida po‘st bo‘lganligi uchun quruqlikda namlik kam (3-15%) bo‘lgan yerlarda ham rivojlana oladi. Ular tuxumlarini yerga gekqonlar, ba’zi agamalar bilan iguanalar pol yorig‘i va daraxt po‘stlog‘i tagiga qo‘yadi, timsoh tuxumini yerga yoki daraxt po‘stlog‘i tagiga qo‘yadi.
Tuxumning rivojlanishi haroratga bog‘liq, shu munosobat bilan u 2-3 barobar o‘zgarishi mumkin. Bizdagi reptiliyalar faunasining ko‘p turlari q 12 q 15 0 S rivojlana boshlaydi, lekin 40 42 0 S harorat tuxumga halokatli ta’sir etadi. Tuxumning rivojlanishi uchun optimal harorat 20 30 0 S bo‘ladi. Sahrolarda yashaydigan sudralib yuruvchilar tuxumini soya joylarga va chuqurchalarga qo‘yadi. O‘rta mintaqada yashaydigan kaltakesaklar tuxumlarini oftob tushib yaxshi isiydigan joylarga qo‘yadi. Sudralib yuruvchilar vaqti-vaqti bilan tuxum qo‘yadi. Ilonlar yiliga ikki marta tuxum qo‘yadi, har safar qo‘yadigan tuxumlarining soni hayvonning bir yilda necha marta tuxum qo‘yishiga, tuxumning katta yoki kichik bo‘lishiga, hayvonning yoshiga bog‘liq.
Sudralib yuruvchilar amfibiyalarga nisbatan ancha kam tuxum qo‘yadi. Ularning kam pusht bo‘lishi tuxumlarning ancha murakkab tuzilganligi bilan bog‘liq, timsohlar, qora ilonlar, bo‘g‘ma ilonlar tuxumini qo‘riqlaydi. Pitonlar esa tanasi bilan o‘rab oladi, tana harorati xavo haroratiga nisbatan 24 0 S yuqori bo‘ladi.
Sudralib yuruvchilar orasida tirik tug‘ish xodisasi ko‘p uchraydi. Bu xolat tuxumi yumshoq pardali bo‘ladigan vakillarida kuzatiladi, yumshoq parda tashqi muxit bilan modda almashinuvini osonlashtiradi. Toshbaqa bilan timsohlarda tuxum po‘sti qattiq bo‘lganligi uchun bunday holat biroz murakkablashadi.
Sudralib yuruvchilar orasida tirik tug‘ishning birinchi qamini urug‘langan tuxumlarning tuxum yo‘llarida turib qolishidir, tuxum tuxum yo‘lida qisman rivojlanadi. Masalan: tez kaltakesakning tuxumi tuxum yo‘lida 15-20 kun turib qoladi, natijada tuxumning embrioni 50% rivojlanadi. Suv ilonining tuxumi tuxum yo‘lida 30 kun turib qoladi. Shimolga yurgan sari tuxumning tuxum yo‘lida turib qolishi cho‘zilib boradi. Masalan: tiriktug‘ar kaltakesak, urchuqchalar, qora ilonlar, medyankalarda tuxum embrion yorib chiqquncha tuxum yo‘llarida tutilib turiladi. Bu hodisa tuxumdan bola tug‘ish yoki sohta tirik tug‘ish deb ataladi. Bunda embrion ona organizmi hisobiga rivojlanmasdan, balki tuxumdagi zaxira moddalar hisobiga rivojlanadi. Sstink gekqoni bilan kaltakesaklarning ba’zi turlarida tuxumdagi tolali pardalar redukstiyalanib ketadi va sut emizuvchilarning yo‘ldoshiga o‘xshash narsa hosil bo‘ladi. Bunda tuxumdagi sariqlik kamayadi va embrion ko‘p darajada ona organizmi hisoboga oziqlanadi. Bu hodisa haqiqiy tirik tug‘ish deb ataladi. sudralib yuruvchilarning tuxumdan tirik tug‘ishi iqlim sovuq sharoiti bilan yuzaga kelgan biologik jarayon hisoblanadi. Masalan: Tibet to‘garakboshli kaltakesagi d.s. 200 m balandlikda tuxum qo‘yib ko‘paysa, d.s. 1000 m balandlikda tirik tug‘adi.
Himoya moslanishlari: sudralib yuruvchilarda xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan hamelionlar rangini o‘zgartirishi, agama va to‘garakboshli kaltakesaklarning tomoq xaltalarini shishirishi, plashchli kastakesaklarda teri burmalarining bo‘lishi va tomoq suyaklari yordamida ko‘tarilishi, shuningdek toshbaqalarda shoxsimon kosalarining bo‘lishligi passiv himoya moslanishlari hisoblanadi. Charx iloni odamga duch kelganda qumga ko‘miladi, agarda ulgirolmasa orqaga qarab o‘rmalab vishillagan ovoz chiqaradi. Shaqildoq ilonlar dumidagi shox halqalarini shildiratadi. Sstink gekqoni dumi bilan xushtak chaladi. Kaltakesaklar esa zahira uyalarni kovlab qo‘yadi.
Sudralib yuruvchilarning ba’zi birlari zaharlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan: echkemar tishlasa jarohati tuzalishi qiyin, zahar tishli kaltakesak tishlasa o‘limga olib boradi. Ilonlarning 250 ta turi ya’ni 10% odam uchun zaharli hisoblanadi. Haqiqiy zaharli ilonlarda zahar tishlari bo‘lib, bu tishlar ikkita tipga bo‘linadi.

  1. Orqa novli zahar tishi: o‘q ilonlarda zahar tishlari yuqorigi jag‘ suyagining orqa uchiga o‘rnashgan, unda zahar tomchilari oqib tushadigan teshikcha bo‘ladi.

  2. Old novli zahar tishi: Ba’zi ilonlarda (qora ilon, ko‘lbor ilon, ko‘zoynakli ilon, qalqontumshuq) zahar tishlari yuqorigi jag‘ suyagining oldingi uchida o‘rnashgan va juda katta bo‘ladi. Bu ilonlarning zahari har xil issiq qonli hayvonlarga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Kobraning bir xil miqdordagi zahari 10ta ilon, 25 ta itni, 60 ta oti va 3000 ta kaptarni o‘ldirishi mumkin. Zaharli ilon chaqqanda zaharning qon orqali tanaga tarqalib ketmasligi uchun birinchi yordam sifatida chaqqan joyni ikki tomonlama bog‘lash va og‘iz orqali so‘rib tashlash, agarda og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar kasallangan bo‘lmasa, xech qanday yara-chaqa bo‘lmagan holatlarda amalga oshiriladi. Ilon zahri odam organizmiga ikki xil ta’sir ko‘rsatadi:

1. Asab sistemasiga ta’sir etib harakat organlarini falajlaydi,
2. Qon orqali tarqalib barcha organlarning ish faoliyatini buzadi.

Nazorat savollari:





  1. Tangachalilar turkumiga harakteristika va ahamiyati.

  2. Ilonlar kenja turkumi vakillarining harakterli belgilari va ahamiyati.

  3. Hartumboshlilar turkumi vakillarining harakterli belgilari va ahamiyati

  4. Timsoqlar va toshbaqalar turkumi vakillarining harakterli belgilari va ahamiyati

  5. Sudralib yuruvchilarnnig ekologiyasi




Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish