Kaltakesaklar kenja turkumi (Lacertilia). Kaltakesaklarning gavda shakli juda ham turli tuman. Ko‘pgina kaltakesaklarning yaxshi takomil etgan besh barmoqli oyoqlari bo‘lsada, lekin ularning orasida oyoqsizlari ham uchraydi. Shunday bo‘lsada barcha kaltakesaklarda ilonlardan farq qilib to‘sh suyagi bo‘ladi. Oyoq kamarlari saqlanib qoladi. Jag‘ apparatining suyaklari bir-biriga mahkam birikadi. Ochilib yopiladigan qovoqlari yaxshi rivojlangan, nog‘ora pardasi bor. Kaltakesaklarning 2500 ga yaqin turi bo‘lib bir necha oilalarga bo‘linadi, shulardan eng muximlari:
Gekqonlar (Geckonidae) primitiv kaltakesak bo‘lib, tunda o‘rmalab yurib xayot kechiradi. Amfistel tipdagi umurtqalari va butun gavdani qoplab turadigan dumboqchasimon mayda qalqonchalari oilaning primitiv belgisi deb hisoblanadi. Ikkita tuxum qo‘yadi, tuxumning pardasi oxaksimon kristallardan yuzaga keladi. O‘rta Osiyoda gekqonlarning bir necha turi uchraydi. Ko‘chma qumlarda hayot kechiradigan sstinkli gekqon (Teatoscihcus scincus) uchraydi.
Agamalar oilasi (Agamidae) boshini qoplab turadigan mayda tangachalari, go‘shtdor tili va jag‘ining ustki chetiga qo‘shilib ketgan tishlari bilan harakterlanadi. Tipik vakillaridan O‘rta Osiyo sahrolarida cho‘l agamasi (A. sanguinolenta), Xind uchar ajdari (Draco volans) qovurg‘alari orasida sakraganda parashyut rolini o‘ynaydigan yupka pardasi bo‘lgan kichkina kaltakesakdir.
Iguanalar oilasi (Iguanidae) tashqi ko‘rinishidan agamalarga o‘xshaydi. Jag‘ining chetida qo‘shilib ketgan tishlari borligi bilan harakterlanadi. Tipik vakilari: iguana (Iguana tuberculata), frinozoma (Phrynosoma cornutum) dir.
Urchuqsimonlar oilasi (Anguidae) oyoqsiz beozor kaltakesaklardir. Ularga Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan urchuqcha (A. fragilis), hamda O‘rta Osiyoda yashaydigan sariqilon (Ophisaurus apus) kiradi.
Zahartishlilar oilasi (Helodermatidae). Kaltakesaklarning birdan-bir zaharli turidir. Burlarning bir turi zahartish (Heloderma suspectum) Meksikada,ikkinchisi Borneo orolida yashaydi.
Echkemarlar oilasi (Varanidae) juda katta bo‘lishi bilan harakterlanadi. O‘rta Osiyoda kul rang echkemar (Varanus griseus) uchraydi, uning uzunligi 1,25 m bo‘ladi. Ular terisi uchun ovlanadi. Janubiy Osiyo bilan Afrikada ko‘p uchraydi.
Amfisbenalar oilasi (Amphisbaenidae) yerni kovlab yer tagida hayot kechiradi. Gavdasi chuvalchangga o‘xshab uchunchoq bo‘ladi. Ularning pishiq terisida tangachalari yo‘q. Tipik vakillari: Amerika xiroti (Chirotes canaliculatus).
Haqiqiy kaltakesaklar oilasi (Lacertidae) ning turi hammasidan ko‘p. Tipik vakili tez kaltakesak (Lacerta agilis) va Rossiyaning o‘rta va shimoliy mintaqalarida tiriktug‘ar kaltakesak (L. vivipara) uchraydi.
Sstinksimonlar oilasi (Scincidae) gavdasi va tangachalari baliq tangachalaridek silliq bo‘lishi bilan harakterlanadi. Zakavkaziya, O‘rta Osiyoda uzunoyoq sstink (Eumeces schneideri) uchraydi, oyoqlari ancha redukstiyalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |