2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja



Download 229 Kb.
bet3/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza

Ayirish organlari: Dastlab tana buyraklari embrional organ sifatida paydo bo‘lib, tuxumdan chiqqandan keyin ma’lum vaqtgacha xizmat qiladi. Shundan keyin chanoq buyraklari paydo bo‘lib hayotining oxirigacha ayiruv vazifasini bajaradi. Siydik yo‘llari kloakaga kelib ochiladi, kloakaning qorin tomonidan siydik pufagi qo‘shiladi. Lekin timsohlar, ilonlar, ba’zi kaltakesaklarda siydik pufagi rivojlanmagan. Nefronlar soni amfibiyalarga nisbatan ko‘p, o‘rta hisobda 5000 ga yaqin.
Tanosil organlari: Erkaklarida oval tanacha shaklidagi urug‘donlar umurtqa pog‘onasining bel qismida joylashgan. Urug‘donlardan ko‘plab kanalchalar chiqadi, bular qo‘shilib urug‘don ortig‘ini hosil qiladi. Urug‘don ortig‘i urug‘ yo‘liga aylanadi, kloakaga qo‘shilish oldidan urug‘ yo‘li siydik yo‘liga qo‘shiladi, kopulyativ organi mavjud (ilonlar, kaltakesaklar). Urg‘ochilarida g‘adir-budir oval tanacha ko‘rinishidagi tuxumdonlar gavda bo‘shlig‘ida bel qismida umurtqa ostida turadi. Juft tuxum yo‘li (Myullerov) kanallarining oldingi uchi gavda bo‘shlig‘iga, orqa uchi kloakaning keyingi bo‘limiga ochiladi. Lacerta kaltakesagining erkagining boshi katta, dumi ancha bo‘rtib turadi, jussasi ancha katta och yashil bo‘lishi bilan urg‘ochilaridan farq qiladi.
Reptiliyalarning evolyusiyasi. quruqlikda yashovchi umurtqalilar devon davrida paydo bo‘lgan. Ular qalqonboshli amfibiyalar, ya’ni stegostefallar bo‘lgan. Perm davri oxiridan ancha ilgari ular stegostefallarning ko‘pini siqib chiqargan. Eng qadimgi reptiliyalar kotilozavrlar yuqori toshko‘mir davrining qatlamlaridan ma’lum. Ular qator belgilari bilan stegostefallarga juda yaqin. Uncha keng tarqalmagan kotilozavrlar orasida Shimoliy Amerikaning perm davri qatlamlaridantopilgan eng sodda seymuriya (Seymouria) dir. Shimoliy Dvinadan V. P. Amalistkiy tomonidan topilgan ancha yirik pareyazavrlar (Paseisaurus) ning ko‘p qoldig‘i topilgan. Bularning uzunligi 3 m bo‘lgan.
Dastlabki kaltakesaklar (Prosauria) dan trias davrida hartum boshlilar (Rhynchocehalia) ning vakillari paydo bo‘lib, ularning turlaridan biri bo‘lgan gatteriya (Sphenodon punctatus) hozirgacha Yangi Zelandiyada saqlanib qolgan.
Psevdozuxiyalar (Pseudosuchia) birlamchi kaltakesaklar bilan bir tomirdan kelib chiqqan. Ular dastlab trias boshida paydo bo‘lgan.
Timsohlar (Crocodilia) triasning oxirlarida paydo bo‘lgan, yura davrida yashagan. qanotli kaltakesaklar (Pterosaria) mezozoy davrida yashagan reptiliyalarning ajoyib moslanishga ega bo‘lgan guruhi. Dinozavrlar (Dinosauria) psevdozuxiyalarning trias boshidan to bo‘r davri oxirigacha yashagan oxirgi tarmog‘i hisoblanadi. Kaltakesak chanoqlilarga brontizavr va diplodokni misol qilib olish mumkin. qo‘sh chanoqlilarga iguanodonlar, tristeratops, stegozavrlar kiradi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish