2-ma`ruza. Sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq pedagogik ta’limotida ta’limiy-axloqiy qarashlar reja


Ahmad YUgnakiy «Hibat ul-Haqoyiq»



Download 108,5 Kb.
bet7/8
Sana26.02.2022
Hajmi108,5 Kb.
#466891
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-лекция. Шарк уйгониш даври

Ahmad YUgnakiy «Hibat ul-Haqoyiq»
Ahmad YUgnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, YUgnak qishlog`i — 13-asr 1-yarmi) — shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli ma`lumot yo`q. «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari bizgacha etib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda YUgnakiy haqida ba`zi ma`lumotlar mavjud. Undan ma`lum bo`lishicha, Adib Ahmad YUgnak degan so`lim va bahavo joyda tug`ilgan. Otasining oti Mahmud YUgnakiy bo`lgan.
Kitobi adabdan iborat bo`lib, nomi - «Hibat ul-haqoyiq». Kitob koshg`ariy tilda she`riy yo`l bilan yozilgan. «Qutadg`u bilig»dan 1—2 asr keyin yaratilgan bu asar o`zbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasida YUgnakiyni O`rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qo`yib, uning tug`ma ko`rligi xususida so`zlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroning o`g`li Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida ham «Hibat ul-haqoyiq»dan parchalar keltiradi. «Hibat ul-haqoyiq» asari shoir haqidagi ma`lumotlarni birmuncha to`ldirishga, YUgnakiy yashab ijod etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi.
YUgnakiy tug`ilgan joy olimlar o`rtasida ko`p tortishuvlarga sabab bo`lgan. Samarqand, Farg`ona va Turkistonda YUgnak degan joy borligi aytilsada, ko`pchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu fikrning to`g`riligini tasdiqlaydi. 12-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim as-Sam`oniy «Al-Ansob» («Nasabnoma») kitobida yozadi: «Bu nisba (taxallus) «YUg`anak»dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad al-YUg`anakiy mashhurdirlar».
SHoir «Hibat ul-haqoyiq»ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Mashhur sharqshunos olim E.E.Bertel`s bu asar qadimiy o`zbek adabiy tilidan mumtoz o`zbek adabiy tiliga o`tishda bir ko`prik bo`lganini aytadi. Asar tilida qadimiy turkiy so`zlardan ko`ra, arab va fors so`zlarining ko`p qo`llangani shundan dalolat beradi. YUgnakiy bu asari bilan o`zbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qo`shgan.
«Hibat ul-haqoyiq» 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1-bobi Allohga hamd, 2-bobi Muhammad (sav) na`ti va choryorlar ta`rifiga, 3-bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bag`ishlangan. 4-bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan so`ng asosiy qismga o`tiladi. 5-bob — ma`rifatning foydasiyu jaholatning zarari, 6-bob — til odobi, 7-bob — dunyoning o`tkinchiligi, 8-bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10-boblar turli masalalarga bag`ishlangan bo`lib, 11-bob — kitobning xotimasi (asarning 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko`chirilgan nusxasida 11 bob mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qo`shilib ketgan).
YUgnakiy o`zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. O`ziga xos axloq kitobi bo`lgan bu asarga Qur`oni karim va Hadisi sharif ma`nolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab etishtirish maqsadi bilan yozilgan.
«Hibat ul-haqoyiq» ilk bor uyg`ur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari ko`p bo`lib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha ma`lum qo`lyozmalardan 3 tasi (biri uyg`ur yozuvi, ikkinchisi arab va uyg`ur yozuvi, uchinchisi esa arab yozuvi bilan bitilgan) to`liq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yil Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning To`pqopi kutubxonasidagi noma`lum kotib tomonidan ko`chirilgan qo`lyozmalar e`tiborli nusxalar hisoblanadi.



Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish