2-ma’ruza. Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi


Sanoat 4.0: to‘rtinchi sanoat inqilobi



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#315841
1   2   3
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi

2.2. Sanoat 4.0: to‘rtinchi sanoat inqilobi 

Ma’lumki, tarixda 3 ta sanoat inqilobi yuz bergan bo‘lib, ular quyidagilar 

bilan bog‘liq bo‘lgan: 

1. 


Bug‘ 

dvigatelining 

ixtiro 

qilinishi, 

ishlab 

chiqarishni 

mexanizatsiyalashtirish (XVIII asr oxiri); 

2. Elektrlashtirish, konveyyer, mehnat taqsimoti, ommaviy ishlab chiqarish 

(XIX-asr oxiri – XX asr boshi); 

3.  Elektronika,  axborot  texnologiyalari  industriyasi,  avtomatlashtirilgan 

ishlab chiqarish (XX asr oxiri). 

 

“Sanoat  4.0”  atamasi  2011-yilda  Yevropada  paydo  bo‘lib,  Gonnover 



shahridagi sanoat ko‘rgazmalaridan birida Germaniya hukumati tomonidan axborot 

texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishi e’lon qilingandi. 

Buning uchun rasmiy shaxslar va mutaxassislar ishtirokida tuzilgan maxsus 

guruh  tomonidan  Germaniyadagi  sanoat  korxonalarini  “aqlli”  korxonalarga 

aylantirish  strategiyasi  ishlab  chiqildi.  Bundan  o‘rnak  olib,  boshqa  davlatlar  ham 



yangi  texnologiyalarni  tatbiq  etishga  kirishdilar  va  hozirda  “Sanoat  4.0”  g‘oyasi 

butun dunyoni zabt etishni boshladi. 

“Sanoat 4.0”ning asosiy xususiyati  – ishlab chiqarish jarayonining barcha 

tarkibiy  qismlarining  (korxona  uskunalari  va  uning  axborot  tizimlari  –  ombor  va 

logistika hisobi, buxgalteriya, boshqaruv va boshq.)  ishida insonning  aralashuvini 

borgan sari kamaytirgan holda, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun boshqa 

tizim va odamlar bilan o‘zaro faoliyat yuritishdan iboratdir. 

Internet va simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi natijasida “istagan 

vaqtdagi  kommunikatsiya”ga  ega  bo‘ldik,  smartfonlar  va  planshetlar  esa  “istagan 

joydagi  kommunikatsiya”  tamoyilini  amalga  oshirishga  imkon  berdi.  Hozir  esa, 

mashinalar  boshqa  mashinalarni  yaratishni  boshlaydigan,  hayotimizni  tubdan 

o‘zgartiruvchi yangi inqilob ostonasidamiz. 

Ishlab chiqarish sohasini batamom o‘zgartirilishini inqilob deb atalishining 

sababi – o‘zgarishlar yuzaki emas, balki radikal ravishda amalga oshib, industriya 

boshidan oxirigacha qayta quriladi. Biznes modellar o‘zgaradi, yangi kompaniyalar 

paydo bo‘ladi, yangi “inqilobchilar” safiga kirishga ulgurmagan, ko‘p yillik tarixga 

ega jahonga mashhur brendlar kasodga uchrab, yo‘q bo‘lib ketadi. 

Hozirda  mijozlarning  xatti-harakati  o‘zgarmoqda,  ular  individual 

yondoshuvni  va  noyob  tovarlarni  xohlamoqdalar,  ommabop  mollarga  esa  ehtiyoj 

kamaymoqda. Bir xil narsalarni ishlab chiqarishga o‘rgangan korxonalar o‘z ishini 

qayta tashkil qilishga majbur bo‘lmoqda. 

“Sanoat  4.0”  tamoyillarini  tatbiq  etilishi,  an’anaviy  sanoat  modellarida 

bo‘lmagan  bir  qancha  afzalliklarga  ega  bo‘lishga  yordam  beradi.  Masalan, 

kompaniyalar 

mijozlarning 

istaklariga 

qarab, 

buyurtmalarga 

individual 

yondoshishlari mumkin. 

Eski  zavod  va  fabrikalar  endi  “aqlli”  korxonalarga  aylanib,  xos 

buyurtmalarga ko‘ra donabay maxsulotlar ishlab chiqarishni boshlamoqda. Bunda, 

bir  dona  mahsulotni  ishlab  chiqarish  uchun  ketadigan  xarajatlar  kamayib, 

kompaniyalar  ommabop  standartlashtirilgan  mahsulot  narxida  xoslangan  noyob 

mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lmoqda. 



Misol  uchun,  dunyoning  istalgan  nuqtasidan  mobil  jihozingizga  Nike 

ilovasini yuklab olib yoki kompaniya saytiga kirib, krossovka modelini tanlashingiz, 

o‘zingiz yoqtirgan futbol komandasi rangiga bo‘yashingiz, pulini to‘lab, bir necha 

kundan keyin uni qabul qilib olishingiz mumkin. Yetkazib berish xarajatini hisobga 

olmaganda, uning  qiymati  ushbu kompaniyaning oddiy  ommabop krossovkasidan 

qimmat bo‘lmaydi. 

Individual buyurtmaga ko‘ra dvigatellar, serverlar va boshqa istagan narsa 

ishlab  chiqarilishi  mumkin.  Germaniyaning  Augsburg  shahridagi  Fujitsu  Siemens 

zavodida  komputer  tizimlari  va  serverlar  muayyan  buyurtmachi  uchun  aynan 

donabay ishlab chiqariladi. 

Nihoyat  darajada  avtomatlashtirilgan  korxonada  individual  buyurtma 

asosida  ishlab  chiqarilgan  mahsulotga  ketadigan  xarajatlarning  miqdori  oshib 

ketmaydi – agar oldin ikki juft krassovka uchun uskunalar qo‘lda qayta sozlangan 

bo‘lsa, hozirda buni komyuter tizimining o‘zi bir necha daqiqada amalga oshiradi. 

Elektromobillar  ishlab  chiqaruvchi  Tesla  kompaniyasining  zavodlarini 

robotlashtirilishi  –  kompaniya  o‘z  ishlab  chiqarishini  Xitoyda  emas,  balki 

Kaliforniyada  tashkil  etishga  imkon  berdi.  Bu,  xitoy  ishchilarining  mehnatidan 

foydalanib, keyin esa tayyor mashinalarni olib kelishga ketadigan yo‘l xarajatlaridan 

arzonga tushdi. 

To‘rtinchi  sanoat  inqilobi  nafaqat  alohida  kompaniyalarning  biznesini 

o‘zgartirmoqda, balki global miqyosdagi kuchlar mutanosibligiga ta’sir qilmoqda. 

 



 

Yangi texnologiyalarni joriy etilishi, boshqa mashhur kompaniya  – Adidas 

uchun  ham  o‘z  ishlab  chiqarishini  Germaniyaga  qaytarishga  imkon  berdi. 

Ochilayotgan fabrikada barcha jarayonlarni robotlar bajaradi. 

Odamlar  asta-sekin  “aqlli”  uylarda  yashashga, smartfonda barmoqning bir 

nechta  harakati  yordamida  har  qanday  muammoni  yechishga  o‘rganishmoqda. 

Shubhasiz, bunday tamoyillarni ular o‘z ish joylariga ham tatbiq etishni istaydilar. 

Oxirgi  yillarda  Xitoy  kompaniyalari  butun  dunyoda  yuqori  texnologiyalar 

tadqiqotlariga investitsiyalar miqdorini keskin ko‘paytirib, buning natijasida 2013 

yildan  boshlab  Xitoyning  sanoat  robotlari  bozori  dunyodagi  eng  yirik  bozorga 

aylandi. 2020 yilga borib Xitoyda har 10 000 sanoat ishchi o‘rinlariga o‘rtacha 150 

ta robot to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Bu esa, 2015 yilga qaraganda 3 barobar ko‘p 

deganidir. 

Endi, AQSh va Germaniya singari rivojlangan davlatlar bu borada Xitoydan 

o‘zib  o‘tishi  oson  bo‘lmaydi.  AQShda  2014  yilda  sanoat  interneti  konsorsiumi 

(Industrial Internet) tashkil etilib, uni General Electric, AT&T, IBM va Intel kabi 

sanoat yetakchilari boshqarmoqdalar. 

Germaniyada  esa  shunday  zavodlar  borki,  ular  nafaqat  «aqlli»  sanoat 

komponentlarini,  balki  shunday  zavodlarning  tayyor  modellarini  ham  taklif 

qilmoqdalar.  Kayzerslautendagi  Germaniya  sun’iy  intellekt  ilmiy-tadqiqot 

markazini bunga misol qilib keltirish mumkin. 

Rasmiy  ma’lumotlarga  ko‘ra,  Germaniya  sanoati  internet  infratuzilmasini 

rivojlantirishga  2020-yilga  qadar  yiliga  40  mlrd.  Yevro  miqdorida  investitsiyalar 

kiritadi.  Bu  esa  to‘rtinchi  sanoat  inqilobiga  butun  Yevropa  bo‘yicha  har  yili 

kiritiladigan  140  mlrd.  Yevro  miqdoridagi  investitsiyalarining  salmoqli  hissasini 

tashkil etadi. 

Yaponiya  ham  bu  borada  ortda  qolmayapti  va  ular  o‘z  industriyasini 

rivojlantirish 

uchun 

Connected 



Factories 

(zavodlarni 

tarmoqqa 

ulash) 


konsepsiyasini  ishlab  chiqmoqdalar.  Rossiyada  esa,  2017-yilda  «Texnet»  maxsus 

yo‘l  xaritasi  qabul  qilinib,  uning  doirasida  «Raqamli  iqtisodiyot  2024»  dasturi 




tayyorlanmoqda.  Qo‘shni  Qozog‘istonda  esa,  ishlab  chiqarishni  raqamli 

texnologiyalarga o‘tkazilishi va “Sanoat 4.0” dasturi davlat strategiyasi darajasiga 

ko‘tarildi.

 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish