2-maruza. Quymakorlik sohasi bakalavr tayyorlash va ularga
qo‘yiladigan talablar. Institut strukturasi va o‘quv sistemasi.
O‘zbekiston Respublikasining Ta'lim to‘g‘risidagi qonuni 1997 yil 29
avgustda qabul qilingan bo‘lib, fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-xunar
o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilaydi hamda xar kimning bilim olishdan
iborat konstitutsiyaviy xuquqini ta'minlashga qaratilgan.
Bu qonun fuqarolarni jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e'tiqodi,
dinga
munosabati, ijtimoiy mavqyei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi
xududida qancha vaqt yashayotganligidan qattiy nazar, xar kimga bilim olishga
teng xuquqigini kafolatlaydi.
Davlat standartlari umumiy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta'lim
mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim
standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari
uchun majburiydir.
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy
ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o‘rta
maxsus kasb-xunar ta'limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy
ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga
ega.
Bakalavriat oliy ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan,
o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lmagan tayanch oliy ta'limidir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki
yil davom etadigan oliy ta'limdir.
Oliy o‘quv yurtini hozirgi inqolipsion portlash sharoitidagi asosiy vazifasi
«o‘qishga o‘rgatishdir», ya'ni:
- bilimni mustaqil o‘zlashtirishga harakat qilish va yangi turlarini ishlash;
- bo‘lajak mutaxasisni ishlab chiqarish kollektivida tashkilotchilik ishlarini
olib borishga
tayyorlash;
- boshqarish va xo‘jalik masalalarini yechishda ekologiya va iqtisodiy
asoslashlarini qo‘llash va yangi usullarni yaratish;
- sohani, korxonani kelajagini ko‘ra olish, rivojlanishini oldindan belgilash
va tahlil qilish.
Quymakorlik sohasi bakalavr mutaxassislar shuningdek, rangli va qora
metallar ishlab chiqarishda, zararli aralashmalarni
va ishlab chiqarish
chiqindilarini atrof muhitga zararini kamaytiruvchi, energiya va material
resurslarni kam sarf qilib sifatli mahsulot oladigan yangi, yuqori effektli
texnologiyalarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirishda kasbiy faoliyatga
tayyorlangan bo‘lishi lozim.
Quymakorlik sohasi mutaxassislarning kasbiy faoliyat ob'ektlari
quyidagilardan iborat: qora va rangli metallar
olish quymakorlik jarayonlari,
quymakorlikdagi issiqlik agregatlari, metallurgik jarayonlarni va metallar hamda
qotishmalarning strukturasining fizika-kimyoviy tadqiq etish, qora va rangli
metallarning quymakorligi, quymakorlikda kompozitsion, kukun materiallar va
qoplamalar olish jarayonlari.
Kasbiy faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarish texnologi:
sex maydonchasi ustasi, bo‘lim va uchastka
texnologi va boshqalar;
- loyihalash-konstruktorlik: boshlang‘ich xom ashyodan tayyor mahsulot
olgunga qadar bo‘lgan texnologik jarayonlarning namunaviy sxemalarini, asosiy
va yordamchi jihozlarni, xom ashyoni tashish transport oqimlarini loyihalash;
- tadqiqotchi: metall xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyasini tanlash,
ularning asosiy ko‘rsatgichlarini aniqlash bo‘yicha tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish
va natijalarini qayta ishlash.
Quymakorlik sohasi bakalavr xalq xo‘jaligini quyidagi sohalarida faoliyat
ko‘rsatish mumkin:
-
quyuv-mexanika korxonalarida;
-
rangli metallar quymakorlik korxonalarida;
-
qora metallar quymakorlik korxonalarida;
-
metallarga ishlov beruvchi va
mashinasozlik korxonalarida;
-
ilmiy-tadqiqot, loyihalash va ilmiy muassalarda;
-
samolyotsozlik sanoatida va boshqa sohalarda.
Mutaxassis faoliyat ko‘rsatadigan muassasalar va korxonalar, ularni oliy
o‘quv yurtlarida olgan bilimlarini to‘liq nomayon qilishi uchun kerakli sharoitni
yaratishi lozim. Shu bilan birga quymakorlik sohasi bakalavri faol ijodiy, kasbiy
va ijtimoiy faoliyatga tayyorlangan bo‘lishi kerak.
U davlatimizni tarixiy va bugungi iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi
rivojlanishlarini aniq tushunishi, undagi o‘zini o‘rnini bilishi, dunyo ijtimoiy
rivojlanishidagi xalqaro munosabatlar
va muammolarni qura olishi, ijtimoiy
faoliyat yuritish va o‘z fikrini ifodalay olishi lozim. Shuning uchun, quymakor –
muxandislari ilm – fanning turli sohalarida keng bilimga ega bo‘lishi kerak. Zarur
bo‘lgan metall yoki qotishma tayyorlash uchun, birinchi navbatda, bu quymakor
metallurg bo‘lishi kerak. Eng yuqori samaradorlikni va quymalarning va
quymalarning eng past narxini taminlash uchun – u yaxshi iqtisodchi bo‘lishi
kerak.
Quymakorlik - keng tarqalgan va rivojlanayotgan sohalardan biri. Shuning
uchun, oliy o‘quv yurtida muxandislar –matematika, fizika, kimyo, issiqlik
muxandislik, elektr texnikasi, elektronika
va avtomatlashtirish xamda
chizmachilik bilimlariga ega bo‘lishi kerak.O‘qish davomida talabalar bevosita
zavodlarda amaliyotda qatnashishadi xamda laboratoriya va tadqiqot ishlarini
bajaradilar. Bundan tashqari, ular fanlarni bir qator kurs loyixalari ustida ish olib
borib, bitiruv oldi amaliyotdan so‘ng, bitiruv ishini bajarib uni himoya qilishadi.