2-maruza. Quymakorlik sohasi bakalavr tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar. Institut strukturasi va o‘quv sistemasi



Download 229,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.06.2022
Hajmi229,35 Kb.
#720094
  1   2   3   4
Bog'liq
2-MA\'RUZA



2-maruza. Quymakorlik sohasi bakalavr tayyorlash va ularga 
qo‘yiladigan talablar. Institut strukturasi va o‘quv sistemasi. 
 
 
O‘zbekiston Respublikasining Ta'lim to‘g‘risidagi qonuni 1997 yil 29 
avgustda qabul qilingan bo‘lib, fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-xunar 
o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilaydi hamda xar kimning bilim olishdan 
iborat konstitutsiyaviy xuquqini ta'minlashga qaratilgan. 
Bu qonun fuqarolarni jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e'tiqodi, 
dinga munosabati, ijtimoiy mavqyei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi 
xududida qancha vaqt yashayotganligidan qattiy nazar, xar kimga bilim olishga 
teng xuquqigini kafolatlaydi. 
Davlat standartlari umumiy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta'lim 
mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim 
standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari 
uchun majburiydir. 
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy 
ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, 
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o‘rta 
maxsus kasb-xunar ta'limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy 
ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga 
ega. 
Bakalavriat oliy ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, 
o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lmagan tayanch oliy ta'limidir. 
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki 
yil davom etadigan oliy ta'limdir. 
Oliy o‘quv yurtini hozirgi inqolipsion portlash sharoitidagi asosiy vazifasi 
«o‘qishga o‘rgatishdir», ya'ni: 
- bilimni mustaqil o‘zlashtirishga harakat qilish va yangi turlarini ishlash; 
- bo‘lajak mutaxasisni ishlab chiqarish kollektivida tashkilotchilik ishlarini 
olib borishga tayyorlash; 
- boshqarish va xo‘jalik masalalarini yechishda ekologiya va iqtisodiy 
asoslashlarini qo‘llash va yangi usullarni yaratish; 
- sohani, korxonani kelajagini ko‘ra olish, rivojlanishini oldindan belgilash 
va tahlil qilish. 
Quymakorlik sohasi bakalavr mutaxassislar shuningdek, rangli va qora 
metallar ishlab chiqarishda, zararli aralashmalarni va ishlab chiqarish 
chiqindilarini atrof muhitga zararini kamaytiruvchi, energiya va material 
resurslarni kam sarf qilib sifatli mahsulot oladigan yangi, yuqori effektli 
texnologiyalarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirishda kasbiy faoliyatga 
tayyorlangan bo‘lishi lozim. 


 Quymakorlik sohasi mutaxassislarning kasbiy faoliyat ob'ektlari 
quyidagilardan iborat: qora va rangli metallar olish quymakorlik jarayonlari, 
quymakorlikdagi issiqlik agregatlari, metallurgik jarayonlarni va metallar hamda 
qotishmalarning strukturasining fizika-kimyoviy tadqiq etish, qora va rangli 
metallarning quymakorligi, quymakorlikda kompozitsion, kukun materiallar va 
qoplamalar olish jarayonlari. 
Kasbiy faoliyat turlari quyidagilardan iborat: 
- ishlab chiqarish texnologi: sex maydonchasi ustasi, bo‘lim va uchastka 
texnologi va boshqalar; 
- loyihalash-konstruktorlik: boshlang‘ich xom ashyodan tayyor mahsulot 
olgunga qadar bo‘lgan texnologik jarayonlarning namunaviy sxemalarini, asosiy 
va yordamchi jihozlarni, xom ashyoni tashish transport oqimlarini loyihalash; 
- tadqiqotchi: metall xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyasini tanlash, 
ularning asosiy ko‘rsatgichlarini aniqlash bo‘yicha tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish 
va natijalarini qayta ishlash.
Quymakorlik sohasi bakalavr xalq xo‘jaligini quyidagi sohalarida faoliyat 
ko‘rsatish mumkin: 
-
quyuv-mexanika korxonalarida; 
-
rangli metallar quymakorlik korxonalarida; 
-
qora metallar quymakorlik korxonalarida; 
-
metallarga ishlov beruvchi va mashinasozlik korxonalarida; 
-
ilmiy-tadqiqot, loyihalash va ilmiy muassalarda; 
-
samolyotsozlik sanoatida va boshqa sohalarda. 
Mutaxassis faoliyat ko‘rsatadigan muassasalar va korxonalar, ularni oliy 
o‘quv yurtlarida olgan bilimlarini to‘liq nomayon qilishi uchun kerakli sharoitni 
yaratishi lozim. Shu bilan birga quymakorlik sohasi bakalavri faol ijodiy, kasbiy 
va ijtimoiy faoliyatga tayyorlangan bo‘lishi kerak. 
U davlatimizni tarixiy va bugungi iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi 
rivojlanishlarini aniq tushunishi, undagi o‘zini o‘rnini bilishi, dunyo ijtimoiy 
rivojlanishidagi xalqaro munosabatlar va muammolarni qura olishi, ijtimoiy 
faoliyat yuritish va o‘z fikrini ifodalay olishi lozim. Shuning uchun, quymakor – 
muxandislari ilm – fanning turli sohalarida keng bilimga ega bo‘lishi kerak. Zarur 
bo‘lgan metall yoki qotishma tayyorlash uchun, birinchi navbatda, bu quymakor 
metallurg bo‘lishi kerak. Eng yuqori samaradorlikni va quymalarning va 
quymalarning eng past narxini taminlash uchun – u yaxshi iqtisodchi bo‘lishi 
kerak.
Quymakorlik - keng tarqalgan va rivojlanayotgan sohalardan biri. Shuning 
uchun, oliy o‘quv yurtida muxandislar –matematika, fizika, kimyo, issiqlik 
muxandislik, elektr texnikasi, elektronika va avtomatlashtirish xamda 
chizmachilik bilimlariga ega bo‘lishi kerak.O‘qish davomida talabalar bevosita 
zavodlarda amaliyotda qatnashishadi xamda laboratoriya va tadqiqot ishlarini 
bajaradilar. Bundan tashqari, ular fanlarni bir qator kurs loyixalari ustida ish olib 
borib, bitiruv oldi amaliyotdan so‘ng, bitiruv ishini bajarib uni himoya qilishadi. 



Download 229,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish