3-masala
Oʻzbekiston Mustaqillikka erishgach inson huquqlari va erkinliklari to'la to'kis kafolati uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Oʻzbekistonda qisqa vaqt ichida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida insonning huquq va erkinliklari toʻgʻrisidagi milliy qonunchilik tizimi shakllantirildi. Konstitutsiyamizning 13-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya-umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi" deb belgilandi. Shu davrda fuqarolarning huquqlarini aks ettirgan 300 dan ortiq Qonun va qarorlar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasida ushbu davrda inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro hujjat qabul qilindi. Ular Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948 - yil 10- dekabrda tashkil topgan) va unga Oʻzbekiston aʼzo boʻldi. “Iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro Pakt (1996-yil 19 - dekabrda qabul qilingan) hamda 30 dan ortiq Pakt va Konvensiyalarga Oʻzbekiston aʼzo boʻlib kirgan
Oʻzbekistonda yagona fuqarolik qabul qilingan unga ko'ra Qoraqalpog'iston fuqarosi Oʻzbekiston fuqarosi hisoblanadi. Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining 20 dan ortiq inson huquqlari bo'yicha pakt va konvensiyalariga qo'shilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining " Shaxsiy huquq va erkinliklari" deb nomlangan VII bobida Respublika fuqarolarining shaxsiy huquqlari va erkinliklari quyidagicha ta'riflangan - yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, uy-joy daxlsizligi, fikrlash va soʻz hamda e'tiqod erkinligi, fuqarolarning oʻz huquqiga daxldor hujjatlar bilan tanishish huquqi, vijdon erkinligi Konstitutsiyamizning 31-moddasida "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan diniga e'tiqod qilishi yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga egadir". Diniy qarashlarni majburan singdirish mumkin emas. 1998- yil yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunda Oʻzbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga imtiyoz yoki cheklashlar belgilanmaydi yoki davlat diniy tashkilotlar zimmasiga oʻzining hech qanday vazifasini bajarishini hohlamaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilot hamda dahriylik targʻibotiga oid faoliyatini mablag' bilan ta'minlanamaydi. Demak, insonlarning shaxsiy huquqlari shulardan iborat bo'lib ularni inson mustaqil amalga oshiradi, ular davlat tomonidan himoya qilinadi. Bu huquqlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobining 32,33,34,35-moddalarida himoyalangan va oʻz aksini topgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining "Fuqarolarning burchlari" deb nomlangan XI bobida insonlarning burchlari va majburiyatlari aytib oʻtilgan. Ular quyidagilardan iborat:
- Konstitutsiya va Qonunlarga rioya etish;
- Boshqa kishilarning huquqlari va majburiyatlarini hurmat qilishi;
- Oʻzbekiston aholisi xalqning tarixiy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar;
- Fuqarolar Qonun bilan belgilangan turli xil soliqlar va mahalliy yigʻinlarni to'lashga majburdir;
- Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish - Respublikadagi har bir fuqaroning burchidir;
Do'stlaringiz bilan baham: |