Oziq elementlarning yutilishiga doir nazariyalar
Oziqa elementlarning xujayraga kirib borish yо‘llarini taxminan quyidagicha ifodalash
mumkin :
-molekulalarning xujayradagi “erkin bо‘shliq”qa diffuziya asosida sust yutilishi;
-sitoplazma yuzasi va pektin–sellyuloza membranalarda fizikaviy – kimyoviy adsorbsiyalanish;
- metabolik yо‘l bilan molekulalarning biriktirilishi asosida yutilish;
- turli tashuvchilar yordamida yutilish;
- sitoplazma membranalarining faol xarakati;
- pinotsitoz, fagotsitoz, sekretsiya va boshqalar.
Oziqa elementlarini ildiz tomonidan yutilishini izoxlash uchun diffuz-osmotik, lipoid,
ultrafiltrlanish, adsorbsiyalanish, erkin bо‘shliq, tashuvchi ionlar, ion nasoslari, pinotsitoz,
elektrokimyoviy kabi nazariya va taxminlar yaratilgan. Ularning birontasi mustaqil ravishda
oziqlanish jarayonini tо‘la tushuntirib bera olmaydi.
О‘simliklarning oziqlanishiga oid nazariyalar о‘simliklar fiziologiyasiga oid qо‘llanmalarda
batafsil yoritilgani bois biz ularga о‘g‘it qо‘llash muammolari asosida yondashamiz.
Diffuz-osmotik nazariyasi
. Unda о‘simlik xujayrasi osmotik tizim sifatida qaraladi. Oziq
moddalarning xujayraga kirishida xujayra shirasi va tashqi eritma konsentratsiyalari о‘rtasidagi
farq muxim о‘rin tutadi.
Nazariya XIX asr sо‘nggida Pfeffer tomonidan yaratilgan. Uning fikricha, oziqa
moddalar diffuz ion xarakat natijasida xujayraga kiradi va qо‘shni xujayralarga uzatiladi. Lekin
mineral tuz ionlari kattaligini 0,4–0,6 mm ga, xujayra devorlari kanallari radiusini 5–20 mm ga
tengligiga e’tibor bersak va uni ildiz xamda tashqi oziq eritmasi о‘rtasida yagona tusik deb
xisoblasak, diffuziya natijasida ionlar konsentratsiyasining shunchaki tenglashishi sodir bо‘lar
edi. Vaxolangki, о‘simlik xujayrasidagi oziq moddalar konsentratsiyasi kо‘p xollarda tuproq
eritmasi konsentratsiyasidan ancha yuqoridir. Shuningdek, tashqi eritma va ildiz xujayrasidagi
oziq elementlar miqdorlarining nisbati xam bir-biriga mos kelmaydi.
Ionlarning tuproq qattiq qismidan tuproq eritmasi tarkibiga о‘tishi jadal jarayon bо‘lib,
ildiz tomonidan о‘zlashtirilishga nisbatan 250 marta tezroq sodir bо‘ladi.
Ionlarning asosiy qismi suv yordamida kuchirilishi, diffuziya bu borada qisman
axamiyatga molikligi tadqiqotlar asosida isbotlangan. Ildiz chegarasida suvning harakati qancha
jadal bо‘lsa, tuproq eritmasining konsentratsiyasi shuncha yuqori bо‘ladi. Natijada о‘simlikning
oziq moddalar bilan ta’minlanishi uchun yaxshi sharoit yuzaga keladi. Oziq moddalar eritmadan
ildiz yuzasiga fizikaviy-kimyoviy adsorbsiyalanish asosida yutiladi.
Oziq moddalarning ildiz xujayrasiga yutilishda sitoplazma muxim rol о‘ynaydi. Undagi
oqsilsimon moddalar nordon va asosli guruxlar tutgani bois sitoplazmaning yuza qatlami
(plazmolema) da musbat va manfiy zaryadlangan maydonchalar xosil bо‘ladi. Musbat
zaryadlangan maydonchalarning tashqi qatlamida ON
-
manfiy zaryadlangan maydonchasida esa
N
Q
guruxlar jamlanadi va ular keyinchalik oziqa muxitidagi ionlar bilan almashinadi.
Sitoplazma yuzasida bir paytning о‘zida kationlar (K
Q
, Na
Q
, NH
Q
4,
Mg
Q2
va b.) va anionlar (RO
4
-
3
, NO
3
-
va b.) adsorbsiyalanishi mumkin. Yutilgan oziq moddalar tonoplastdan utgach,
о‘simlikning о‘tkazish tizimiga tushadi.
О‘simlik tanasida kechadigan
nafas olish, moddalar almashinuvi, fotosintez,
transpiratsiya
kabi jarayonlar mineral moddalarning yutilishi va siljishini ta’minlaydi.
Protoplastning faoliyati natijasida mineral va organik birikmalarining kuchsiz konsentrlangan
suvli eritmasi xujayra shirasi hosil bо‘ladi. Unda zaxira oziqa moddalar va osmotik faol
birikmalarning tо‘planishi xujayra shirasining muxim fiziologik axamiyatga egaligidan dalolat
beradi.
О‘simliklarning ayrim moddalarini kо‘p yoki kam miqdorda о‘zlashtirishi va tо‘planishiga
ildizning tanlab yutish qobiliyati deyiladi. О‘simliklar suyuq eritmalardan tuzni, konsentrlangan
eritmalaridan esa suvni kо‘p va tez о‘zlashtiradi.
Xar bir element xujayrada о‘ziga xos fiziologik biokimyoviy funksiyalarni bajaradi va uning
о‘rnini boshqa bironta element (kimyoviy xossalari о‘xshash bо‘lsada) bosa olmaydi.
О‘simliklar turli kation va anionlarni turlicha tezlikda va ma’lum nisbatlarda о‘zlashtiradi. Oziq
elementlar yutilish jarayonida xujayrani uning organoidlaridan ajratib turuvchi membrana,
sitoplazma membranasi, sitoplazma massasi va tonoplast kabi tо‘siqlarini yengib о‘tishi kerak.
Oziq elementlarning о‘simlik ildizi tomonidan о‘zlashtirilishining boshlang‘ich bosqichlari
yaxshi о‘rganilmagan va xozirgacha ionlar yutilishining yaxlit, universal mexanizmi
yaratilmagan.
Xujayraga suv, gazlar va yogda eriydigan moddalar oson sо‘riladi va chiqib ketadi.
Aminokislotalar, monosaxaridlar, glitserin, yog‘ kislotalar bir muncha qiyin, disaxaridlar va
kuchli elektrolitlar juda kiyin о‘zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |