ShK qotib qolishi.
Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo’lsa, unda
bu holatning asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi,
sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis
ishlashi,
dasturiy
ta’minotdagi (operatsion tizim, drayverlar,
qo’shimchalarda) xato yuz bergan bo’lishi mumkin.
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash
uchun monitoring dasturlari biridan foydalanish kerak bo’ladi. Shundan
keyin ShK eng ko’p qotib qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak.
Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib ketayotganligini
aniqlang va qo’shimcha sovitish manbai kiritish to’g’risida o’ylang.
Agar hammasi joyida bo’lsa ham, muammo bartaraf etilmayotgan
bo’lsa, quvvat manbai blokiga e’tibor qarating. Birinchi navbatda,
quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar
shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo’lsangiz, ishlab
chiqaruvchilarning bloklarini ko’rasiz. Aytib o’tilgan «brendlarning»
mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni
test sinovlaridan o’tkazish metodikasini ham o’rganib qo’ygan
ma’quldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |