2-мa’ruza. Milliy g‘oyaning nazariy konseptual asoslari reja: 1


Milliy g‘oya O‘zbekiston jamiyati rivojlanishining g‘oyaviy konseptual asosi. Milliy g‘oya shakllanishida ilmiy, ma'naviy meros



Download 71,21 Kb.
bet3/7
Sana15.05.2020
Hajmi71,21 Kb.
#51595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-maruza

Milliy g‘oya O‘zbekiston jamiyati rivojlanishining g‘oyaviy konseptual asosi. Milliy g‘oya shakllanishida ilmiy, ma'naviy meros.

Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining uzluksizligini ta’minlash uchun xalqni bir maqsad yo‘lida birlashtirish muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sobiq sovetlar tuzumining mafkuraviy aqidalaridan voz kechish lozim edi. Sovet mafkurasi kommunistik partiyaning g‘oyalariga tayanuvchi va sovet totalitar rejimining g‘oyaviy tayanchi funksiyasini bajarar edi. Bu mafkura qadimiy va boy tarixiy ma’naviy qadriyatlarga ega xalqning manfaatlariga mos kelmaydigan mafkura edi. Chunki u, milliylikdan begonalashgan, milliy mansublikka qarshi – internatsional, har qanday diniy e’tiqodga qashi – ateistik mafkura edi. Shu sababli undan voz kechildi. Mustaqillik mafkurasining konseptual asoslari esa hali yaratilmagan edi. Buning ustiga xalqimizning milliy mentaliteti mustamlakachilik davrlarida jiddiy ta’qiblarga uchrab, deformatsiyalangandi. Ya’ni xalqimizning ayrim vakillari hatto o‘zining o‘zbekligini ham unitayozgandi. Bunday sharoitda, ya’ni amaldagi mafkuradan voz kechilgan, yangi mafkuraning konseptual tamoyillari hali ishlab chiqilmagan bir sharoitda izchil oilaviy tarbiya ko‘rmagan, o‘zligini anglab olishga ulgurmagan ayrim yoshlarimiz ongida mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) hukm surardi. Bunday yoshlarni begona mafkuralar ta’siridan himoyalash ham dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. Chunki, mustaqillik arafasida (oshkoralik davrida) va mustaqillikning ilk davrlarida turli ekstremistik oqimlar, diniy aqidaparastlar, diniy-konfessional yo‘nalishdagi missionerlik tashkilotlari mafkuraviy qadriyatlari shakllanmagan soddadil yoshlarimizni, ularning fikru-zikrini o‘zlarining millatni deformatsiyalovchi g‘oyalariga xizmat qildirish maqsadida buzg‘unchi kuchlar safiga qo‘shib olishga shay turishardi.

Bu mamlakatimiz mafkuraviy mustaqilligini saqlashga, mamlakatda barqaror tinchlikni ta’minlashga qarshi qaratilgan katta xavf edi. Ayniqsa, ko‘p millatlar va elat vakillari yashaydigan, turli din va diniy konfessiyalarga e’tiqod qiladigan aholi yashaydigan bizning yurtimizda millatlararo, dinlararo mojarolar boshlanib ketish xavfi keskinlashishi mumkin edi. Buning ustiga xalqimiz 70 yillik kurashchan ateizm hukmronligi davrida musulmonchilik an’analaridan ham birmuncha begonalashib qolgan edi. Mustaqillik munosabati bilan mamlakatimizda diniy e’tiqod erkinligiga keng yo‘l ochildi. Bu masalada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 2 iyulda so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib berildi. Buyuk hajga ilgari nari borsa besh-olti kishi borardi. Endi har yili minglab odamlar muqaddas joylarga emin-erkin ziyoratga borishyapti. Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi”. (O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ilgari surgan bu g‘oyalar bugungi kunda uning sadoqatli shogirdi, Sh.M.Mirziyoyev tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amaliyotga tadbiq etilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining beshinchi bandi bevosita shu masalaga qaratilgan).

Dinga bunday demokratik yondashuvni o‘sha davrda hamma ham to‘g‘ri qabul qilavermasdi. Yurtimizda e’tiqod erkinligi qaror topishi bilan xalqimiz emin-erkin ibodatlarini davom ettira boshlashdi, ammo, an’anaviy diniy ibodatlar bilan fundamentalistik g‘oyalarni ajrata olmaydigan ba’zi yoshlar va hatto ayrim soddadil kattalar ham dinni bir yoqlama tushuna boshladi. Bunday kishilar ongiga diniy qadriyatlar sifatida turli xil diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan mutaassiblashgan oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalar ham suqilib kira boshladi. Ayniqsa, arab mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan fundamentalistik kuchlar vahobiylik g‘oyalarini, Turkiyadan diniy ma’rifatparvarlik shiori ostida nurchilarning siyosiy hokimiyatni egallashga chaqiruvchi g‘oyalari, dinni siyosiylashtirib talqin etuvchi xizbut-tahrirchilar harakati hamda ular bilan til biriktirgan mahalliy oppozitsion guruhlarning faoliyati ham kuchaya boshladi. Bunday vaziyatda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining nazariy konseptual asoslarini ishlab chiqish hayotiy zaruriyatga aylangandi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga alohida e’tiborni qaratdi. Islom Karimovning jamoatchilik oldidagi chiqishlarida milliy manfaatlar, milliy istiqlol, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va milliy mentalitet masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan edi. Buni ayrim siyosatdonlar Islom Karimovning millatchilikka yo‘l ochishi deb talqin eta boshlashdi. Ammo o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ezgu niyati mustaqil davlatchiligimizni rivojlantirish, milliy manfaatlarni himoya qilish yo‘li bilan amalga oshishi oddiy haqiqat edi.

Xalqni milliy manfaatlar himoyasi yo‘lida birlashtirish uchun xalqning mafkuraviy konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim edi. Bu hayotiy zaruriyatni chuqur anglagan I.A.Karimov o‘zining asarlar to‘plamining 1-jildini “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” deb atadi. Bu kitobda O‘zbekistonning barcha sohalardagi milliy manfaatlari o‘z ifodasini topgan edi.

I. Karimov milliy g‘oyaning nazariy konseptual asoslarini ishlab chiqish lozimligiga alohida e’tibor berib, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kunning bir yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali majlisda shunday dedi: “Asosiy qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, deyilgan. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi.

Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qilishi lozimligini hech qachon unutmaylik“. Haqiqatdan ham bu masala nihoyatda dolzarb masala edi. I.Karimovning keyingi maqolalarida, ayniqsa, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zamov bilan suhbatda milliy mafkura masalasi bosh mavzu sifatida muhokama qilindi. Bu suhbatda mafkuraning mohiyati, uning asosiy vazifalari, totalitar mafkuraning oqibatlari. Jahondagi mafkuraviy jarayonlar, mafkuraviy poligonning har qanday harbiy poligonlardan xatarli ekanligi. Milliy mafkuraning xususiyatlari va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mafkuraviy bo‘shliqning vujudga kelish sabablari, mafkuraviy immunitet va uning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish yo‘llari, mafkurasizlik, mafkuraviy nigilizm va boshqa masalalar bu suhbatda muhokama qilingan.

Milliy g‘oyamiz shakllanishida ilmiy va ma’naviy merosimizning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Milliy g‘oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ajdodlarimiz jamiyatning barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari tafakkuriga ezgulikka va bunyodkorlikka chorlovchi g‘oyalarni singdirib kelganlar. Masalan, zardushtiylik dinining «Avesto» kitobidagi g‘oyaviy konsepsiya – «Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal» tamoyili buning yorqin dalilidir.  O‘rta asrlarda vujudga kelgan g‘oyalar o‘sha davr madaniyatining bir qismi bo‘lib, u ulug' bobokalonlarimizning islom diniga, Sharq falsafasi va jahon sivilizasiyasiga katta ta'sir ko‘rsatgan ta'limotlarida ifodalangan. Ma'lumki, islomiy g‘oyalar Qur'oni Karim va hadislardagi ta'limotning asosi sifatida shakllanib, ular islom qonun-qoidalari, iymon-e'tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me'yorlarda o‘z ifodasini topgan. Bunday g‘oyalarni anglashda Imom Buxoriyning Qur'oni karimdan keyingi asosiy kitoblardan biri sifatida tan olinadigan “Sahihi Buxoriy” asari katta ahamiyat kasb etadi. Unda islom ta'limotining asosiy g‘oyalari sharhi o‘z ifodasini topgan.

           Ushbu ta'limotni o‘rganish va uning turlicha talqin qilinishi ko‘plab mazhablarni vujudga keltirdi. Islom falsafasida mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy g‘oyalari o‘sha davr ma'naviyatining dunyoviy hamda diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro‘y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor kuch ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu sohadagi asosiy g‘oyalarga ko‘ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, iymon-e'tiqod, axloq-odob esa inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Mazkur yo‘nalishdagi g‘oyalar talqinida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Xoja Ahmad Yassaviy ta'limotida insonning o‘z gunohlarini, jumladan, shaxsiyatparastlik, ta'magirlik, boriga qanoat qilmaslik kabi illatlari ayovsiz ochib tashlanib, ulardan uzoqlashishga da'vat qilinadi. Vatanparvarlik jasoratini ibrat tariqasida ko‘rsatgan Najmiddin Kubro o‘z tariqatining mohiyatini o‘nta usulda mujassamlagan. Bular - Tangriga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fi dunyo - har qanday lazzatdan o‘zini tiyish, tavakkul - Allohga e'tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr, tavajjuh - Haqqa muhabbat qo‘yish, sabr - nafs balosidan ozod bo‘lish, muroqaba - tafakkurga g'arq bo‘lish, rizo - Tangri xushnudligini qozonishdan iborat. Tasavvuf ta'limotiga ko‘ra, ezgu g‘oyalarni insonlar qalbida shakllantirish bilan birga, farovon hayot kechirishning asosiy manbai mehnat orqali kun kechirish ekanini targ'ib etishdir. Bahouddin Naqshband ta'limotining mohiyati “Dil ba yoru dast ba kor” g‘oyasida yakqol ifodasini topgan. Inson Alloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Allohda, qo‘li esa mehnatda bo‘lmog'i kerak. Uning ta'kidlashicha, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi, bu esa ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy kuvvatdan bahramand qiladi. Abu Nasr Forobiy inson aql vositasida ilm-fanni yaratadi, deydi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi, har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Mutafakkir o‘z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxtsaodat, unga erishish yo‘llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to‘g'risidagi ilg'or g‘oyalarni ilgari surgan. Buyuk qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy g‘oyalari asosida shakllandi. Beruniy “Oddiy javharlar paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishni bilmaydi”, degan g‘oyani ilgari surgan. Bunda abadiylik birinchi sabab bilan bog'liq, chunki u yaratuvchi umrini anglatadi. Yana bir alloma Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida ilm va axloq-odob uyg'unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning o‘zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g'risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. Uningcha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim.

           Insoniyat tarixida shunday g‘oyalar borki, ular buyuk ishlarga tayyor millatlarni o‘zining yo‘lboshchilari etakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan natijalarga erishishga undaydi. Aynan bunday goyalarning amaliy ifodasi insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga ulkan hissa bo‘lib qo‘shiladi.

           Har bir xalqning tarixi shu xalqdan etishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoyi insonlar hayoti hamda faoliyati asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To‘maris, Spetamen, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy va Bobur Mirzo kabi atoqli farzandlari bunyodkor g‘oyalar sohiblaridir. Amir Temur va temuriylar davridagi ana shunday yuksak g‘oyalar xalqimizning milliy dahosini eng yuksak cho‘qqiga ko‘tardi. Amir Temurning “Kuch - adolatda” g‘oyasi mamlakatdaga salbiy illatlarni yo‘qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o‘rnatishda, insonparvarlik g‘oyalarini tarqatishda asosiy o‘rin egalladi.

           Shu davrning mevasi - Alisher Navoiy ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g‘oyalari muhim o‘rin egallaydi. Shoir o‘z asarlari orqali ushbu g‘oyalarni yoydi, turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlikni ulug'ladi. Xalqni farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan xoli bo‘lgan davlat tuzumini orzu qildi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik kabi umuminsoniy g‘oyalari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g'risidagi qimmatli fikrlari respublikamiz istiqlolga erishganidan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz o‘tmishida temuriylardan keyingi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar rivoji alohida o‘ringa ega. Ma'lumki, temuriylar davlati astasekin inqirozga yuz tutib, mayda davlatlarga bo‘linib ketdi, mahalliy nizolar kuchayishiga olib keldi. Bu iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at ravnaqiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul ro‘y berdi. Shunga qaramasdan, davr mohiyatini aks ettiradigan teran fikr va g‘oyalar vujudga keldi. Masalan, Boborahim Mashrab insof, adolat, diyonat, saxovat, aql-zakovat, ruhiy komillik, halol-lik, mehr-oqibat, kamtarlik kabi ma'naviy-axlokiy fazilatlarni tahlil qilib, salbiy illatlarni qoraladi. Uningcha, inson o‘z millati boyligi bilan emas, balki odamiyligi, insonparvarligi. vijdoni bilan boshqalardan afzal bo‘la oladi. Shoir o‘z ijodida Allohga muhabbat g‘oyasini tasvirlaydi. U tasavvufning qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to‘g'rilikka chaqiradi. Inson hirsu ochko‘zlik, hayvoniy sifatlar, manmanlik, xudbinlik kabi xislatlardan poklanish uchun o‘z asli - ilohiy ishqqa yuz tutishi lozim. Aks holda, u insoniyligini yo‘qotib, tubanlashib ketishi muqarrar. Ogahiy o‘z ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlarga va ma'rifatparvarlikka da'vat etdi. Ahmad Donish esa o‘z asarlarida mamlakatni odilona boshqarish uchun islohot zarurligini uqtirdi. Uningcha, hukmdor bilimdon, aqlli bo‘lib, xalqning manfaatini himoya qilishi, o‘z atrofidagilar bilan kengashib, davlatni idora qilishi lozim. A.Donishning g‘oyalari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

          XX asr boshida vujudga kelgan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar namoyondalari - Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Munavvar qori, Abdulla Avloniylar ijodi va faoliyatida ma'rifatparvarlik g‘oyalari yanada kuchaydi. Ular yangi maktablar qurish, yosh avlodni ilmli kilishga, ma'rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirlardir. Ularning asarlarida millat va Vatan taqdiri, axloq va ta'lim-tarbiya kabi masalalar, xalqlarni birlashtirish, butun o‘lkaning ma'rifiy taraqqiyoti uchun kurash g‘oyalari ilgari surilgan.

           Shuningdek, xalqni asriy qoloqlikdan qutqarish yo‘llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xom ashyo qaram-ligidan xalos etish, ma'rifat va ma'naviyatni yuksaltirish masalalari yoritilib, jahon fani hamda texnikasi yutukdarini o‘rganish kabi g‘oyalar ham jadidlar faoliyatining asosiy mezonlaridan biri edi. Ularning millatparvarlik va vatanparvarlik ruxi bilan sug'orilgan g‘oyalari hozir ham ma'naviyat hamda ma'rifatni ravnaq toptirishda, xalqning o‘zligini anglashida muhim ahamiyatga ega.




Download 71,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish