Nazorat savollari
1. Qishloq xo‘jalik mahsulotini saqlashga ta’sir etuvchi abiotik va biotik omillarga baho bering.
2. Mahsulotlarni saqlashning to‘rt xil qonuniyati (bioz, anabioz, tsenoanabioz, abioz) to‘g‘risida ma’lumot bering.
3. Saqlashning eubioz va gemibioz usullariga misol keltiring.
4. Psixroanabioz va krioanabioz usullarining bir-biridan farqi nimada?
5. Mexanik sterilizatsiya deganda nimani tushunasiz?
6. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga saqlash ob’ekti sifatida xarakteristika bering.
7. Osmoanabiozni tushuntiring.
8. Immunitet deganda nimani tushunasiz?
9. Meva va sabzavotlarning fizik xossalari deganda nimani tushunasiz?
10. Meva va sabzavotlarning o‘z-o‘zidan saralanishini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |