TSpeedButton va TBitBtn tugmalari.
Bu tugmalar TButton vazifalarini bajaradi. Yagona farqi matndan tashqari racmlarni ham aks ettiradi. TSpeedButton tugmasi fokus olmaydi. Bu shuni bildiradiki, agar matn qatorida satr terib, bu tugma bosilsa, shu hodisa qayta ishlangandan so’ng fokus yana matn qatoriga qaytib keladi. TAB tugmasi bilan bu tugmani ajratib bo’lmaydi.
Tugmaga rasm o’rnatish uchun ikki marta Glyph xossasi qatorida chertish lozim. Natijada rasm paydo bo’lgan yuklash oynasida Load tugmasini bosish lozim. Ko’p rasmlar Program Files\Common Files\Borland Shared\Images \Buttons katalogida joylashgandir.
TBitBtn va TSpeedButton tugmalari deyarli bir xil xossalarga egadir. Ular uchun umumiy Layout, xossasi rasm va matn o’zaro joylashuvini o’zgartirishga imkon beradi. Quyidagi rasmda har xil qiymatlar mos variantlari ko’rsatilgan
TBitBtn tugmasining yana bir xossasi Kind bo’lib oldindan tayyorlangan standart tugmalarni tanlash imkonini beradi. Quyidagi rasmda standart tugmalar va ularga mos qiymatlarni ko’rish mumkin.
YAna bir xossa ModalResult – dialog oynasi uchun tugma qaytaradigan natijani tanlashga imkon beradi.
TSpeedButton tugmasining GroupIndex xossasi tugmalarni guruhlashga imkon beradi. Buning uchun bir guruhga tegishli tugmalarning GroupIndex xossasi bir xil qiymatga masalan 1 ga teng bo’lishi kerak. Guruhlangan tugmalarning biri bosilsa, qolganlaridan ajralib qoladi. Buning uchun Down xossasi qiymati true ga teng bo’lishi kerak.
TmaskEdit
O’ziga xos formatdagi ma’lumotlarning tahrir qilinadigan nazoratdagi to’rtburchak sohasini yaratadi. Kiritilayotgan matnning to’g’riligi ruxsat etilgan formatlarni kodlovchi niqob vositasida tekshiriladi. Bu formatlarga matn kiritilgan va foydalanuvchiga taqdim etilgan bo’lishi mumkin (sana, vaqt, telefon raqami va h.k.). EditMask xususiyati joriy niqob kodini saqlaydi. Niqoblar muharriri darchasi (1.40-rasm) ushbu xususiyat qiymatlari grafasida tugma bilan ochiladi.
1.40-rasm. Telefon raqamlarini kiritish uchun niqobni yaratish
TMaskEdit komponentasi TCustomMaskEdit sinfining to’g’ridan-to’g’ri hosilasidir. U satrlar yoki ustunlar bo’yicha belgili ketma-ketliklarni aks ettirish uchun mo’ljallangan muntazam (regulyar) to’rni yaratadi.
TStringGrid
Ushbu komponentaga tegishli barcha xususiyatlarning nomlari va vazifalari bo’lib, siz ulardan dasturni loyihalash bosqichida to’la foydalanishingiz mumkin. Ular keyingi paragrafda tavsifi berilgan TDrawGrid komponentasi xususiyatlariga to’liq to’g’ri keladi.
Simvolli ketma-ketliklar bilan bog’liq barcha obyektlar kerakli obyektga murojaat qilish imkonini beradigan Objects xususiyatida mujassam bo’lgan. Dastur bajarilish paytida simvolli ketma-ketliklar va setka ustunining ular bilan bog’liq obyektlari Cols xususiyati bilan adreslanadi. Rows xususiyati setka satrlari bilan xuddi shunday ish to’tish imkonini beradi. Setkaning barcha simvolli ketma-ketliklari setkaning kerakli uyasini adreslaydigan (manzillaydigan) Cells xususiyatida mujassamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |