5. Kamonchali cholg’u asboblari.
G’ijjak – tovush kengligi, ya’ni diapazonning juda kattaligi bilan ajralib turadi. G’ijjak o’tirib chalinadi. G’ijjak qobiqchasining pastki qirrasi tizzaga o’rnatiladi, kamon esa ko’ndalangiga ushlanadi. G’ijjakda torlar soni 4 ta bo’ladi. Kvintaga sozlanadi. G’ijjakning birinchi tori “mi”, ikkinchi tori “lya”, uchichi tori “re”, to’rtinchi tori “solь” tovushiga sozlanadi. Diapazoni: “Solь” kichik oktavadan “lya” uchinchi oktavagacha. Uch oktavani o’z ichiga oladi.
Sato – kamoncha torli asbob bo’lib, tanburga o’xshaydi, uning to’rtta tori bor. Bularning sozi tanbur sozlarining sozidan farq qilmaydi. Sato birmuncha serohang, mayin va yoqimli tovush chiqaradi. Sato uchun notalar tanburdagi singari skripka kalitida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |