6. Murakkab mantiqiy elementlar
Oldingi bо‘limda kо‘rilgan oddiy mantiqiy elementlardan tashqari, standart seriyalar tarkibiga bir necha murakkab mantiqiy elementlar ham kiradi. Ular bir necha oddiy mantiqiy elementlarning kombinatsiyasidan (aralashmasidan) tashkil topgandir. Shuning uchun ma’lumotnomalarda odatda bu elementlarning chinlik jadvallarini keltirilmaydi ham.
Murakkab mantiqiy elementga anaʻnaviy misol – bu LR1 bо‘la oladi. Mikrosxema g‘ilofida ikkita element bо‘lib, ularning har biri ikkita 2VA elementining kombinatsiyasidan tashkil topgan va bitta 2YOKI-YО‘Q elementi mavjuddir (3.31-chizma). Xuddi shu tamoyil bо‘yicha boshqa ЛР lar ham quriladi. Ular о‘rtasidagi farq faqat VA elementlar sonida va shu elementlarning kirishlar sonidadir (3.32-chizma). ЛР (ЛР1, ЛР3) mikrosxemalarining ba’zi birlarining maxsus kirishlariga ЛД kengaytirish mikrosxemalarini ulash mumkin, vaholanki bunday kengaytirish amalda deyarli kam ishlatiladi. ЛР10 mikrosxemasi ЛР9 mikrosxemasidan farqi OK chiqishining mavjudligidadir.
3.31-chizma. ЛР1 mantiqiy elementi va uning ekvivalent sxemasi.
3.33-chizmada ЛР1 mikrosxemalarining ananaviy tadbiqiga bir necha misollar keltirilgan. Uning eng kо‘p ishlatilishi (a) ikki kanalli multipleksirlashni tashkillashtirishda ishlatilishi bо‘lib, yaʻni signallarni ikki kirishdan bitta chiqishga о‘tqazishdir. Shu vaziyatda har bir 2VA elementining kirishlaridan biri axborot kirishi sifatida ishlatiladi, boshqa kirishi esa ruxsat beruvchi kirish sifatida ishlatiladi. Bunday ulanish variantida (b) - bitta kanaldan о‘tqazishni boshqarish kirishini va qо‘shimcha invertorni ishlatish keltirilgan. Boshqarish kirishida bir bо‘lganda yuqoridagi kanal ishlaydi, nol bо‘lganda esa pastdagi kanal ishlaydi. ЛР1 elementini yana bitta ishlatilish varianti (v) – bunda chiqish signalini ruxsat/ taqiqlash imkoniyatli ikkita kirishdagi ma’nfiy signallarni aralashtirishni amalga oshirish mumkin. Va nihoyat, chizma oxirida keltirilgan variant (g) – ikkita musbat signalini aralashtirish, ulardan bitasini taʻqiqlash yoki ruxsat berishga ishlatish mumkin. Yani bitta elementda VA yana YOKI funksiyalarini bunday birlashtirilishi ancha qulaydir.
3.32-chizma. ЛР mantiqiy elementlariga misollar.
ЛР boshqa elementlardan foydalanib ancha murakkab sxemalarni qurish mumkin. Masalan, ЛР9 elementda tо‘rt kanalli multipleksor qurish imkoniyati mavjud, chunki uning tarkibiga tо‘rtta VA elementi va 4 YOKI-YО‘Q elementi kiradi. Biroq kо‘pchilik hollarda ЛР elementlarini multipleksorlar uchun qо‘llanishi uncha qulay emas, chunki standart seriyalarda maxsus mikrosxemalar mavjud bо‘lib, ulardagi boshqarish kirishlarini ishlatish ancha qulaydir.
3.33-chizma. ЛР1 elemetlarining tadbiqiga misollar.
Zarurat bо‘lganida LR1 elementlarini ancha oddiy 2VA-YО‘Q va 2YOKI-YО‘Q elementlari sifatida ishlatilishi mumkin (3.34-chizma). Bu 2YOKI-YО‘Q elementini kirishlarni juftlab ulanganda hosil qilinadi. 2VA-YО‘Q elementini esa ikki kirishiga nollar berish orqali sxemani yarmini о‘chirib qо‘yib ham amalga oshiriladi. Kerak bо‘lsa LR ni hatto oddiy invertor sifatiga ham olib kelish mumkin, lekin bu balki yо‘l qо‘yib bо‘lmaydigan darajada qimmatlik qilishi mumkin.
3.34-chizma. ЛР elemenlarini 2VA-YО‘Q va 2YOKI-YО‘Q sifatida ishlatilishi.
Murakkab mantiqiy elementlar qatoriga ЛР dan tashqari yana 3С chiqishli VA-YО‘Q elementini ham kiritish mumkin (masalan, ЛА17 – 4VA-YО‘Q, ЛА19 – 12VA-YО‘Q). Ularni odatiy VA-YО‘Q elementlarning kombinatsiyasidek va 3S chiqishli chiqish buferi sifatida qarash mumkin. Qо‘shimcha -EZ boshqarish kirishining mavjudligi va 3С chiqishi bu elementlarni yangi imkoniyatli tatbiqlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Masalan, ularni multipleksirlangan yoki ikki yо‘nalishli aloqa yо‘llarida ishlatish uchun foydalanish mumkun, bunda ular yana kirish signallari ustida VA-YО‘Q funksiyasini bajaradilar ham. Lekin amaliyotda ЛА19 elementi kо‘pincha oddiy 2С chiqishli 12VA-YО‘Q element sifatida ishlatiladi, buning uchun -EZ boshqarish kirishiga doimiy nol signali berib qо‘yiladi.
VA, YOKI, YOKI-YО‘Q elementlari orasida 3С chiqishli elementlar yо‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |