2-MA’RUZA. Mavzu: BIR TEKIS PILTA TAYYORLASH. PILTALASH MASHINASI. (2-soat)
Reja: Cho‘zish jarayonining maqsadi va mohiyati.
Bir va ko‘p zonali cho‘zish asboblari.
Qo‘shish jarayonining maqsadi va mohiyati.
Piltalash mashinalari va ularning unumdorligi.
Adabiyotlar 1. G’ofurov Q.G’. va boshqalar. «Yigiruv korxonalari va jihozlari». «Sharq» T. 2007y.
2. Borzunov I.G.i dr. «pryadenie xlopkai ximicheskix volokon». CHast-1, 1982 g.
Cho‘zish jarayonining maqsadi va mohiyati.
Cho’zish jarayonida mahsulot bir yoki bir necha juftli cho’zish asbobidan o’tib ingichkalashadi, ya’ni mahsulot uzunlashadi va ko’ndalang kesimi kichiklashadi. Boshqacha aytganda, tolalarning bir-biriga nisbatan siljishi natijasida mahsulot uzaysa, tolalar soni o’zgarishi-kamayishi natijasida mahsulotning ko’ndalang kesimi kichiklashadi. Cho’zish natijasida tolalar bir-biriga nisbatan sirpanib harakatlanib, old va orqa uchlari to’g’rlanadi va parallellashadi. Yuqori darajada to’g’rilangan va tekislangan tolalar bir tekis, ravon va pishiq ip tayyorlash kafolatini ta’minlaydi.
Cho’zish jarayonining maqsaditolali mahsulotni ingichkalashtirish va uni tashkil etuvchi tolalarni to’g’rlash hamda paralellashtirish.
Cho’zish jarayonining mohiyati cho’zilayotgan mahsulot tolalarini bir biriga nisbatan siljitib, ularni kattaroq uzunlikda taqsimlash.
Cho’zish nazariyasi haqida tuchunsha Cho’zish jarayonini amalga oshirish uchun ikki va undan ortiq juftlikdan iborat cho’zish asboblari ishlatiladi.
2.1-rasm. Cho’zuvchi juftlik sxemasi.
1 – Cho’zuvchi silindrlar; 2 – bosuvchi valiklar; P 1, P2– yuklovchi kuchlar; V1-V2 – juftliklarning chiziqiy tezligi; l1-mahsulotning cho’zishdan oldingi uzunligi; l2- mahsulotning cho’zishdan keying uzunligi;
t- Cho’zish uchun sarflangan vaqt;
m1 – Cho’zishdan oldin mahsulot ko’ndalang kesimidagi tolalar soni,
m2– Cho’zishdan keyin mahsulot ko’ndalang kesimidagi tolalar soni;
N1– mahsulotning cho’zishdan oldingi nomeri;
N2 – mahsulotning cho’zishdan keyingi nomeri;
T1 – mahsulotning cho’zishdan oldingi chiziqiy zichlik;
T2 – mahsulotning cho’zishdan keyingi chiziqiy zichlik.
Mahsulotni qabul qiluvchi juftlik orqa cho’zish juftligi, mahsulotni chiqaruvchi juftlik esa oldingi cho’zish juftligi deb ataladi.
Cho’zish sodir bo’lishi uchun V1 < V2 sharti bajarilishi kerak.