2-ma’ruza mavzu: algoritmlash va dasturlashning asosiy tushunchalari


Algoritmlarni tasvirlash usullari



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana26.01.2023
Hajmi0,93 Mb.
#903070
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-dars

 
Algoritmlarni tasvirlash usullari 
Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:

so‘zlar yordamida (ogʻzaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar yordamida, tabiiy 
tilda);

grafik usulda (grafik simvollar yordamida);

dastur ko‘rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so‘zlar, operator va 
funksiyalar yordamida);

formulalar yordamida (matematik formulalardan foydalangan holda, analitik 
ko‘rinishda); 

makrotildan foydalangan holda (dasturlovchi va EHMga tushunarli bo‘lgan 
makrokomandalar yordamida); 

jadval ko‘rinishida (mantiqiy algebra elementlaridan foydalangan holda). 
 
Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlash. 
Algoritmlarni 
so‘zlar yordamida
tasvirlashda bajariladigan buyruqlar va 
ko‘rsatmalar ketma-ket ogʻzaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar orqali yoziladi. 
Masalan, Ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini (EKUB) topish algoritmi 
quyidagicha yozilishi mumkin:
1.
Ikkita sonni kiriting;
2.
Agarda bu sonlar teng bo‘lsa, u holda ulardan birini javob sifatida oling va 
ishni to‘xtating, aks holda esa davom ettiring;
3.
Ikkita son ichida kattasini aniqlang;
4.
Katta va kichik sonlarning ayirmasini katta son bilan almashtiring;


5.
Algoritmni 2-qadamdan boshlab qaytaring.
Keltirilgan algoritmni har qanday natural sonlarning EKUBini topish uchun 
ishlatish mumkin.
Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlashning bir qancha kamchiligi mavjud 
bo‘lib, aksariyat hollarda algoritmlarni tasvirlashda bu usuldan foydalanilmaydi. 
Algoritmlarni grafik usulda tasvirlash. 
Algoritmlarni grafik usulda tasvirlashda har bir amal bir yoki bir nechta harakatni 
ifodalovchi o‘zaro bogʻliq funksional bloklar ketma-ketligi orqali tasvirlanadi. 
Algoritmning bunday tasvirlash usuli algoritm sxemasi yoki blok-sxema deb 
ataladi. 
Blok-sxemada har bir harakat turi (boshlangʻich qiymatlarni kiritish, ifodalar 
qiymatlarini hisoblash, shartlarni tekshirish, amallarni takrorlashni boshqarish, qayta 
ishlashni tugatish va h.k.) ma’lum bir geometrik figura orqali ifodalanadi. 
Blokli belgilar (geometrik figuralar) chiziqlar orqali bogʻlanadi (bunda qaysi amal 
oldin, qaysinisi keyin bajarilishi ko‘rsatiladi). 
2.1. jadval blok-sxemada ishlatiladigan bloklar aks etadi. 
Amallarni belgilanishi 
Izoh 
Oddiy amal 
Shartni tekshirish 
Takrorlanishni boshi 
Yordamchi algoritmga murojaat 


Ma’lumotlarni kiritish va chiqarishning 
umumiy ko‘rinishi 
Algoritmning boshi va oxiri 
Natijani bosmaga chiqarish 

“Oddiy harakat” belgisi orqali formulalar, hisob-kitob, o‘zlashtirish amallari 
ifodalaniladi. Bir nechta amallarni alohida yoki bitta belgi orqali ifodalash mumkin. 

“Shart tekshirish” bloki orqali amallar bajarilish yo‘nalishi shart bajarilishi 
asosida ko‘rsatiladi. Bunday blokning har birida savol, shart yoki munosabat 
ko‘rsatiladi.

“Takrorlash” bloki amallarni takrorlash uchun ishlatiladi. Blok ichida 
takrorlashning boshi va oxirini ko‘rsatuvchi parametr (i), parametrning o‘zgarish 
qadami ko‘rsatiladi.

“Yordamchi algoritmga murojaat” bloki alohida va mustaqil ishlovchi qism 
dastur va yordamchi algoritmlarga murojaatni bildiradi. 
Har qanday algoritmning mantiqiy tuzilishi uchta asosiy elementlar orqali ifoda 
qilinishi mumkin: 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish