2-ma’ruza Mavzu: Algoritm tushunchasi, xossalari va berilish usullari. Blok-sxema Algoritmlarning turlari: chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar tuzish. Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish


Algoritmlarning turlari. Chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar



Download 225,5 Kb.
bet7/10
Sana22.01.2023
Hajmi225,5 Kb.
#901220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-ma\'ruza

Algoritmlarning turlari. Chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar.
“Algoritmlash” dеganda masalani biri kеtidan boshqasini bajariladigan xamda oldingisining natijalari kеyingilarining bajarilishida ishlatiladigan bosqichlar kеtma-kеtligiga kеlti­rish tushuniladi. Ayni paytda bu bosqichlardagi amallarni kompyutеr bajara olishi ko’zda tutilishi kеrak. Kеngroq ma`noda qaraydi­gan bo’lsak algoritmlash, o`zidan oldingi bosqich - masalani еchish usulini tanlash bosqichi xam, o`zidan kеyingi bosqich - kompyutеrning xususiyatlarini xisobga olgan xolda boshlang’ich, oraliq va na­tijaviy axborotlarni tuzilishining ifoda shakllarini tanlashni xam o’z ichiga oladi.
Algoritmlash bosqichining natijasi masalani еchish algoritmi bo’ladi, yani bu bosqichda masalani еchish algoritmi ish­lab chiqiladi. Bunda masalani matеmatik qo’yilishi va tanlangan usul qidirilayotgan natijani olishga olib kеladigan xarakatlar kеtma-kеtligini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Algoritmning turlari bilan tanishtirganda, avvalo hyech qanday shart tekshirilmaydigan va tartib bilan faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarni ifodalaydigan chiziqli algoritmlar aytib o’tiladi.
Chiziqli jarayonlarni algoritmlash
Chiziqli algoritmlar algoritmlarning eng sodda va oddiy ko’rinishi hisoblanadi. Unida bajariladigan amallar ham buyruqlar ham buyruqlar ham qanday tartibda berilgan bo’lsa shunday tartibda ketma- ket bajariladi.
Chiziqli tuzilishga ega bo'lgan algoritmlarda ko'rsatmalar yozilish tartibida bajariladi. Ularning blok-sxemalari ishga tushirish, to'xtatish, kiritish-chiqarish jarayoni bloki hamda avvaldan ma'lum jarayon bloklari yordamida tuzilib, bir chiziq bo'ylab ketma-ket joylashgan bo'ladi.
Chiziqli tuzilishdagi algoritmni tuzish masalani yechish uchun kerak bo'ladigan boshlang'ich ma'lumotlarni tashkil qiluvchi o'zgaruvchilar nomi, ularning turi va o'zgarish ko'lamini aniqlashdan boshlanadi. Keyin oraliq va yakuniy natijalar o'zgaruvchilarining nomlari, turlari va mumkin bo'lsa o'zgarish ko'lamini aniqlash kerak. Endi algoritm mana shu boshlang'ich ma'lumotlarni qanday qayta ishlab oraliq va yakuniy natijalarni olish kerakligini aniqlashdan
iborat bo'ladi.
Chiziqli algoritmlarni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.
B u yerda A1,…, AN lar chiziqli algoritmlarda bajarilishi kerak bo’lgan buyruqlar ketma- ketligidir.


1- misol. funksiyani x ning ixtiyoriy qiymatlarida xisoblash algoritmini tuzing.
Yechish. Algoritmning blok sxema Algoritmning matn ko’rinishi:
ko’rinishi:

1.Boshlash.
2. x ni kiritish.
3. ni qiymati- ni hisoblash.
4. y ni qiymatini chiqarish.
5. Tamom




2-misol. Geron formulasidan foydalanib uchburchak yuzini hisoblash algoritmini tuzing.
Yechish.  Bu yerda boshlang'ich ma'lumotlar: a, b, с uchburchak to­monlari. Shuning uchun a, b, с e R va a>0, b>0, c>0, ya'ni a, b, с — o'zgaruvchilar nomi; ular haqiqiy son qiymatlar qabul qiladi. Yana, bu uch son uchburchak tomonlarini ifoda qilishi uchun ularning istalgan biri qolgan ikkitasi yig'indisidan katta bo'lmasligi, ya'ni ashartlar bajarilishi kerak. Shunday qilib, o'zgarish ko'lami ana shu munosabatlar bilan aniqlanar ekan. Geron formulasi bilan uchburchak yuzini hi­soblash uchun uning yarim perimetrining qiymati kerak. Demak, p o'zgaruvchining qiymati oraliq ma'lumot bo'la­di. Yuqoridagi shartlarda p>b. Yakuniy natija: S — uchburchak yuzi S>0 qiymatlar qabul qiladi.



Download 225,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish