2-maruza. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati



Download 39,06 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2022
Hajmi39,06 Kb.
#595562
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza.2

Zardushtiylik ta’limoti. Zardusht shaxsi to’g’risida turli qarashlar mavjud. Ba’zi ovrupolik olimlarning aytishlaricha, Zardusht o’z davrida ta’qibga uchragan. Lekin u buyuk payg’ambar, insoniyat najotkori deb e’tirof etilgan. Miloddan oldingi VII–VI asrlardagi siyosiy vaziyatda Zardushtning muhim rol o’ynagan faoliyati uni najotkor sifatida talqin qilishga sabab bo’lgan. Kohinlar xalqqa qarashli yaylovlarni tortib olib, xalq jamoa bo’lib sig’inadigan ibodatxonalarni vayron qilib, o’zlarining siyosatini yurgizar edilar. Buning ustiga eski kultlarga sig’inish oqibati ham kohinlar va zodagonlarning manfaati uchun mos edi. Mana shunday tarang vaziyatda Zardusht keng ommaning manfaatlarini himoya qilib, o’troq chorvador qabilalarning vakili sifatida maydonga chikdi va payg’ambar deb e’tirof etildi.
Sosoniylardan besh - olti asr avval o’tgan Axmoniylar davriga oid matnlarda, garchi Zardushtning nomi eslanmasa–da, uning g’oyalari, jumladan, Xurmuzdni sharaflash g’oyasi bosh o’rin tutadi. Aksariyat manbalarda Zardusht miloddan oldingi XIII - VII asrlar oralig’ida yashagan deb e’tirof etiladi. Zardusht ta’qibga uchragani uchun ham, ongli ravishda unutilgan bo’lishi mumkin. YAngilik va yangi g’oyalarning taqdiri har doim ham oson kechavermagan.
Xo’sh, Zardusht yaratgan ta’limot nimadan iborat? U qanday shakl va mazmundagi ta’limot edi? Uning ta’limoti - ezgulik yovuzlik, nur va zulmat ruhiy kuchlari o’rtasidagi kurashdan iborat edi. Zardushtiylik jamiyatdagi mutanosiblikni buzadigan nomutanosiblikka qarshi kurash edi. Zardushtiylik ta’limoti dastlab yaratilgan paytda diniy emas, balki ijtimoiy–siyosiy qarashlarning maajmui sifatida yuzaga kelgan. Zardusht o’z ta’limotini yaratgan paytda ezgulik va yovuzlikni ijtimoiy muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki axloqiy qarashlarini fazo bilan, xususan, olamning yaratilishi va tuzilishi bilan bog’ladi. Oqibatda bu qarash asta–sekin ilohiy tus oldi. Uning ta’limoti faqat davrlar sinovidan o’tish bilan birga, jug’rofiy jihatdan ham kengaya bordi. Bizning zaminimizdan tortib Midiya, Fors, Armaniston, Kichik Osiyo, Hindiston (xususan, PanjoB. kabi qator mamlakatlarga yoyildi. Barcha diniy oqimlarning vazifasi ma’lum bir hududda madaniy va ma’naviy yuksalishni yuzaga keltirganiday, zardushtiylik ham bu mamlakatlarda madaniyat o’choqlarini barpo qildi.
Zardusht shaxsi asrlar osha shunchalik mashhur bo’lganki, u afsonaviy qahramon kabi dong taratgan. Miloddan oldingi I asrda yashagan Rim tarixchisi Pompey Trog “Filippin tarixi” asarida Zardushtni Baqtriya podshohi deb yozgan.
Zardusht Xo’rmuzddan muhim qonun so’rar ekan: “Er yuzida eng yaxshi joy qaerda?” deydi. Xo’rmuzdning Zardushtga bergan javobi shu bo’ldi: “Qaerda solih - Xo’rmuzdning muxlisi yerga yaxshi ishlov bersa, chorva tuyoqlarini ko’paytirsa, yaxshi joy o’sha yerdir.” Zotan, mehnatning bu turlari insonning farovon yashashi uchun kafolat. Ayni paytda Xo’rmuzdning bu javobidan agrotexnika qoidalarining ilk ildizlari to’g’risida xabardor bo’lamiz. Darvoqe, Zardusht Xo’rmuzddan qonun so’ragan edi, Xo’rmuzd qonunning ijrosi sifatida mehnatni berdi. Garchi qonun tushunchasi bugungi kunda o’z mazmuni va mohiyatini o’zgartirgan bo’lsa–da, “Avesto” qonuni va hozirgi qonun tushunchalari o’rtasida faoliyat jihatidan uyg’unlikni ko’ramiz. Hamma davrda ham qonun inson manfaatlariga xizmat qilib, insoniyatni ezgulikka da’vat qilishini, yovuzlikning har qanday ko’rinishiga zarba berishini xalqlar umid qilganiga e’tiborga olsak, Zardushtning savoliga Xo’rmuzdning bergan javobi ham o’z davrida muhim qonun ekaniga amin bo’lamiz. Xo’rmuzdning quyidagi javobi bu fikrlarni yana bir bor tasdiklaydi: “Kimki chap qo’li va o’ng qo’li bilan, o’ng qo’li va chap qo’li bilan yerga ishlov bersa, foyda kelitiradi. SHunda yer solihga aytadi: “Ey inson! Sen menga chap qo’ling va o’ng qo’ling bilan, o’ng qo’ling va chap qo’ling bilan ishlov beryapsan. Darhaqikat, men tolikmasdan tug’aman. Har turli yegulikni, mo’l hosilni yetishtiraman.” Kimki chap qo’li va o’ng qo’li bilan, o’ng qo’li va chap qo’li bilan yerga ishlov bermasa, unga yer aytadi: “Ey inson! Sen menga ishlov bermayapsan, sen shubhasiz tilanchilar orasida bo’lasan, begona eshiklar oldida mung’ayib turasan.” Uzoq vaqt ishlov berilmasdan, ekuvsiz qolib ketgan yer - turmushga chikolmay, befarzand o’tgan qarikiz bilan baravardir, degan hikmatli fikr «Avesto» zamonidan bizgacha yetib kelgan. Bu esa turli davrlar madaniyatning vorisiyligini va uzluksizligini ko’rsatdi.

11 Долихоцефал (фр.) –бошнинг эни узунлигига нисбатан 75 фоиз қисқа бўлган одамлар.

22 Бу қарашлар тўғрисида қаранг: Bahaeddin Ogal. Islamiyetten onca turk kultur tarihi. (Исломиятдан аввалги туркий маданият тарихи) Ankara, 1991, s. 6.

33 В.В. Гинзбург. Материаль и исследования по археологии, 15, 248–249–бетлар.



44 Н.Я.Бичурин (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. — Том 11, 1950, М.:–Л.: 179, 153–бетлар



1 Бу афсоналар ҳақида қаранг: Н, Раҳмонов. Руҳиятдаги нур муроди. — Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси нашриёти, 2002, 115-бет

Download 39,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish