Ma’lumotlar bazasi ilovasining hayotiy davri
MB ilovasining hayotiy davri informasion tizimning hayotiy davri bilan uzluksiz aloqador. MB
ilovasining hayotiy davri bosqichlari quyidagi 1.6-rasmda keltirilgan.
Shuni hisobga olish kerakki ushbu bosqichlar qat’iy ketma-ketlik hisoblanmaydi, qayta aloqa davri
ko’rinishida oldingi qadamlarni takrorlaydi. Masalan, MB ni loyihalashtirishda talablarni tahlil qilish va
yig’ish bosqichiga qaytish talab etilganda ruxsat uchun muammo paydo bo’lishi mumkin. Qayta aloqa
davri deyarli barcha bosqichlar o’rtasida paydo bo’lishi mumkin.
Quyida MB hayotiy davrining har bir bosqichida bajariluvchi asosiy harakatlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |