Quduq burǵilanib, geofizik ishlar ótkazilib bólinganidan keyin quduq devorlari metall quvurlar bilan mustahkamlanadi. Quduq devorlari va mustahkamlovchi metall quvurlar orasiga cement qorishmasi quyiladi. Bu sharoyitda geofizik usullarning faqat radioaktiv, termik va akustik usullari qóllaniladi. Bu usullarni qóllashda yozib olinayotgan fizik kórsatgishlarga nafaqat quduq, filtratning singish zonasi, tóla yuvilgan zona, qóshimcha mustahkamlovchi quvurlarning materiali va ularning qalinligi, quvur ortidagi cementning qalinligi va sifati tasir etadi. Bu tasir etuvchi omillarni ham geofizik usullarni tashkil qilganda nazarda tutish kerakdir. Rasm 2.1. qabul qilingan kórsatgichlar va shartli belgilar. dс – quduq diametri; Dзп – singish zonasining diametri; dок - mustahkamlovchi quvurlarning diametri; hгк - gil qoplamachasining qalinligi. Shartli belgilar: 1 – zich ohaktosh; 2 -gil; 3 - ǵovakli, ótkazuvchan qumtosh; 5 – tóla yuvilgan zona; 7 - cement; 8 –mustahkamlovchi quvur. E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |