Toǵ jinslari har xil mexamik xususiyatlarga ega. Zich mustahkam cementlangan toǵ jinslari quduq qazilganda yemirilmaydi, bóshoq, mórt, ǵovakli, darzli toǵ jinslari esa. Aksincha burǵi eritmasi (qorishmasi) tomonidan yuvilib ketadilar. Shu sababli gillarda quduq diametrining kattalashuvi kuzatiladi.(rasm 2.1) Odatda burǵilashda quduqdagi bosimni qatlam bosimidan yuqori ushlab turiladi. Shuning uchun ǵovakli, ótkazuvchan toǵ jinslariga burǵi eritmasining suyuq qismi-filtrat singib kiradi. Burǵi eritmasidagi gil zarrachalari esa qatlamga singiy olmay, quduq devorlarida ushlanib, gil qoplamachasini xosil qiladi. Bu holat ǵovakli, ótkazuvchan qumtoshlarda yaqqol namoyon bólganini 2.1 rasmda kuzatish mumkin. Yuqorida qayd qilganimiz ǵovakli, ótkazuvchan toǵ jinslariga filtratning singishi, qatlam ichida singish zonasini tashkil qiladi. Bu singish zonasi singish diametri Dзп bilan (rasm1) xarakterlanadi. Yuqorida qayd qilganimiz ǵovakli, ótkazuvchan toǵ jinslariga filtratning singishi, qatlam ichida singish zonasini tashkil qiladi. Bu singish zonasi singish diametri Dзп bilan (rasm1) xarakterlanadi. Quduq devorlari yaqinida esa filtrat qatlam ichidagi birlamchi flyuid (neft,gaz yoki suv) larni tóla siqib chiqaradi va bu zonani tóla yuvilǵan zona deb ataladi. Uning diametrini Dпп deb belgilanadi (rasm 2.1). Filtratning yetib bormagan qismi qatlamning fizik xususiyatlari ózgarmagan qismi sanaladi. Geofizik ishlarning asosiy maqsadlaridan biri qatlamning ózgarmagan qismini fizik parametrlarini ólchashdir. Lekin singish zonasi, tóla yuvilgan zonalarning yozib olinayotgan geofizik kórsatgishlarga ta’siri katta bólishi mumkin. Bu ta’sirni yóqotish maqsadida xar xil asbob qurilmalari ishlatiladi. Bu qurilmalar geofizik usullarning órganish chuqurliklarini oshiradi va singish zonasining ta’sirini kamaytiradi. Geofizik usullarga burǵi eritmasining ta’siri katta, shuning uchun uni tayorlashda barcha texnologik shartlarning bajarilishi nazorat qilinadi. Quduq burǵilanib, geofizik ishlar ótkazilib bólinganidan keyin quduq devorlari metall quvurlar bilan mustahkamlanadi. Quduq devorlari va mustahkamlovchi metall quvurlar orasiga cement qorishmasi quyiladi. Bu sharoyitda geofizik usullarning faqat radioaktiv, termik va akustik usullari qóllaniladi. Bu usullarni qóllashda yozib olinayotgan fizik kórsatgishlarga nafaqat quduq, filtratning singish zonasi, tóla yuvilgan zona, qóshimcha mustahkamlovchi quvurlarning materiali va ularning qalinligi, quvur ortidagi cementning qalinligi va sifati tasir etadi. Bu tasir etuvchi omillarni ham geofizik usullarni tashkil qilganda nazarda tutish kerakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |