2-ma’ruza kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlari qurilishining asosiy printsiplari va mummolari. Reja


KOʻP SONLI KompyuterLARNI TARMOQQA BIRLASHTIRISH MUAMMOLARI



Download 310,13 Kb.
bet2/3
Sana25.09.2021
Hajmi310,13 Kb.
#184570
1   2   3
Bog'liq
2-maruza

KOʻP SONLI KompyuterLARNI TARMOQQA BIRLASHTIRISH MUAMMOLARI

Koʻp sonli kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish jarayonida qator yangi muammolar paydo boʻla boshlagan. Bunda birinchi galda fizik bogʻlanishlarni shaklini, yahni topologiyasini tanlash muammosini hal qilish kerak boʻlgan. Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish nazariyasida, graflar nazariyasida qoʻllaniladigan iboralar, tushunchalar va undagi qoidalardan foydalanilgan. SHunga koʻra kompyuter tarmogʻi topologiyasi deyilganda - shunday grafning konfiguratsiyasi tushuniladiki, bunda grafning choʻqqilariga tarmoqdagi kompyuterlar, kontsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar kabi qurilmalar, uning qirralariga esa fizik bogʻlanishlar mos keladi. Tarmoqdagi kompyuterlar koʻpincha stantsiyalar yoki tarmoq tugunlari ham deb ataladi.

Tarmoqning fizik bogʻlanishlari konfiguratsiyasi, kompyuterlar orasidagi elektr bogʻlanishlar orqali aniqlanadi va bu shakl, tarmoqning mantiqiy bogʻlanishlari konfiguratsiyasidan fark qilishi ham mumkin boʻladi.

Tarmoqning mantiqiy bogʻlanishlari konfiguratsiyasi deganda, undagi mahlumotlarni uzatish yoʻllari (marshrutlari) shakli tushuniladi. Bunday yoʻllar tarmoqdagi kommunikatsion qurilmalarni sozlash paytida hosil qilinadi.

Tanlangan elektr bogʻlanishlar topologiyasi tarmoqning koʻpgina koʻrsatgichlariga tahsir qilishi mumkin. Masalan, zaxira (rezerv) bogʻlanishlarning mavjudligi, tarmoqning ishonchliligini oshiradi va axborot uzatish kanallarini bir maromda yuklash imkonini beradi. Qoʻshimcha stantsiyalarning ulash mumkinligi esa, tarmoqni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi. Tarmoqni qurish arzonroq tushadigan boʻlishini hisobga olib ham, topologiyalarni tanlash amalga oshiriladi.

Kompyuter tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalarni koʻrib chiqamiz (2.1-rasm).



Toʻliq bogʻlanishli topologiya – bunda har bir kompyuter tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan bogʻlangan boʻlishi kerak. Har bir kompyuter uchun koʻp sonli kommunikatsion portlar va juda koʻp alohida aloqa chiziqlari mavjud boʻlishi kerak boʻladi. Amaliyotda bu topologiya deyarli qoʻllanilmaydi, negaki u soddaligiga qaramasdan, juda qoʻpol va samarasiz boʻladi, hamda qimmatga tushadi.

Yacheykasimon topologiya – toʻliq bogʻlanishli topologiyadagi bogʻlanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda oʻzaro koʻproq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi

Ris. 2.1. Tarmoqlarni qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalar.

bogʻlanishlar qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yoʻllar orqali

bogʻlanib axborot almashinishi mumkin boʻladi



Umumiy shinali topologiya – bu lokal kompyuter tarmoqlarining eng koʻp tarqalgan topologiyasi xisoblanadi (masalan Ethernet texnologiyasining 10Base-5, 10Base-2 standartlari shu topologiya asosida qurilgan). Bunda kompyuterlar bitta koaksial kabelga ulangan boʻlib, axborot uzatilayotgan paytda u kabel’ boʻylab ikki tomonga tarqaladi. Umumiy shinali tarmoqlar nisbatan arzon hisoblanadi, ularda kabelni tortish va qoʻshimcha kompyuterlarni ulash osonlik bilan bajariladi. Ammo bu xildagi tarmoqning eng jiddiy kamchiligi, uning ishonchliligining pastligidir, yahni kabeldagi har qanday uzilish yoki kompyuterlar ulangan uzgich-ulagichlardan birining uzilishi butun tarmoqni ishini izdan chiqaradi.

Yulduzsimon topologiya – bunda har bir kompyuter alohida kabel’ yordamida tarmoq markaziga joylashgan qurilmaga, yahni kontsentratorga (yoki kommutatorga) ulangan boʻladi. Kontsentratorning asosiy vazifalaridan biri, bu bir kompyuterdan kelayotgan axborotni tarmoqdagi boshqa bir kompyuterga (Token Ring va FDDI kabi lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalarida) yoki boshqa hamma kompyuterlarga (Ethernet texnologiyasida) yoʻnaltirib berishdan iborat boʻladi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir kabeldagi nosozlik faqatgina shu kabelga ulangan kompyuternigina tarmoqdan uzilib qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Kontsentrator ishdan chiksagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin.

Ierarxik topologiya - bir nechta kontsentratorlarni ierarxik tarzda (qavatmaqavat) yulduzsimon koʻrinishda ulab tarmoqni kengaytirish, yahni kompyuterlar sonini oshirish mumkin. Hozirda ierarxik yulduzsimon topologiya – lokal va global tarmoqlarda ham keng tarqalgan topologiya hisoblanadi.

Halqasimon topologiya – bu topologiya asosida qurilgan tarmoqlarda (Token Ring va FDDI kabi lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalarida), mahlumotlar halqa boʻylab odatda bir tomonga yoʻnalgan xolda uzatiladi. Agar kompyuter mahlumotlarni unga yoʻnaltirilgan ekanligini aniqlasa, ularni oʻz hotirasiga koʻchirib oladi.

Aralash topologiya. Odatda uncha katta boʻlmagan tarmoqlar topologiyasi – umumiy shina, halqa yoki yulduzli kabi tipik

Ris. 2.2. Aralash topologiya.

topologiyalardan biri koʻrinishida boʻladi. Katta tarmoqlardagi kompyuterlarni birlashtirishda ixtiyoriy koʻrinishdagi bogʻlanishlar yuzaga kelishi mumkin. Ammo bunda ham tarmoqlarning shunday qismlarini koʻrsatish mumkin boʻladiki (yahni qismtarmoqlarni) ular yuqorida koʻrib oʻtilgan topologiyalardan biriga oʻxshash boʻladi. SHuning uchun bunday tarmoqlar aralash topologiyali tarmoqlar deb ataladi.


Download 310,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish