2.2 Zamonaviy infokommunikatsiya tizimlarining konseptual modeli
AKTni jamiyatda ishlatilishi
Ma’lumotlar uzatish tizimi 2 guruxga bo‘linadi:
1. Ma’lumot uzatish xizmatlari.
2. Ma’lumot uzatish tarmoqlari.
Ma’lumki har-xil turdagi axborotlarni (ovozli, matn, ma’lumotlar, grafika, tasvir) uzatish uchun iste’molchilarga taqdim etiladigan hizmatlar to‘plami ma’lumot uzatish hizmati deyiladi.
Telekommunikatsiya soxa rivoji va globallashuv jarayoni o‘rtasidagi aloqa
Ma’lumot uzatish tarmoqlari deb - ma’lumot uzatish xizmatlarini etkazib berish imkoniyatlarini ta’minlovchi texnik vositalar to‘plamiga aytiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
terminal qurilmalar;
kommutatsiya vositalari;
uzatish tizimlari;
aloqa kanallari.
Xabarlarni qabul qilish va uzatish, xabar tashuvchidan va xabar tashuvchi orqali amalga oshiriladigan elektraloqa hujjatli ma’lumot uzatish deyiladi.
Hujjatli ma’lumot uzatish xizmatlari sifatining asosiy tafsilotlari quyidagilardan iborat:
axborot aniqliligi;
etkazib berish vaqti;
mo‘ljallangan vaqtga va talab qilingan aniqlik bilan ko‘rsatilgan manzilga etkazib berish ishonchliligi.
Axborot quyidagi usullarda uzatilsa, uni tushunarli bo‘lishi quyidagicha bo‘ladi:
rang, xid va ta’m orqali 2% dan 5% gacha;
matn (harf va raqamlar) orqali 7% gacha;
ovoz (tovushning past-balandligi, intonatsiya va pauzalar) orqali 38% dan 45% gacha;
harakat va mimikalar orqali 35% dan 52% gacha;
multimediya xizmati (harakat va ovozning birgalikda mujassamlashgan xolda uzatish) orqali 95% dan 98% gacha.
A vtomatlashtirilgan ma’lumot uzatish tizimi blok sxemasi
Ma’lumot uzatish tizimini tarkibiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Uzatish kanali (AK – aloqa kanali).
2. Ma’lumotlarni uzatish qurilmalari.
3. Ma’lumotlarni qabul qiluvchi qurilmalar.
Ma’lumot uzatish tizimining asosiy sifat ko‘rsatkichlari
Ma’lumot uzatish tizimining asosiy sifat ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
O‘tkazish qobiliyati;
Aniqlik;
Ishonchli ishlash.
Tizimning (kanalning) o‘tkazish qobiliyati kanalning fizik xususiyati va signaldan aniqlanadi. Kanalning o‘tkazish qobiliyati ushbu kanaldan maxsimal uzatilayotgan tezlikga bog‘liq.
1. Xaqiqiylik xatolik koeffitsienti orqali aniqlanadi:
(nx) - xato qabul qilingan elementlar soni,
(nuz) - taxlil intervalida umumiy uzatilgan elementlar
2. Modulyasiya tezligining davomiyligi 50, 100 va 200 bod
τ0 - birlik elementining davomiyligi
Koeffitsient tayyorgarligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu erda
Kt – qayta tiklash vakti;
Ti.ch.k.x.k.m – ishdan chiqqunga qadar xizmat qilish muddati (vakti);
Tk.t.v – qayta tiklash vakti.
Tizimni birin-ketin bo‘lgan ikkita ishdan chiqishlar orasidagi uzluksiz ishdan chiqqunga qadar xizmat qilish muddati (vaqti) ni o‘rtacha qiymati:
bunda N - ishdan chiqishlarning umumiy soni;
- (i-1) va im ishdan chiqishlar orasidagi ishlash vaqti.
Ishdan chiqishni topish va bartaraf etishga sarflangan tizimni ishlamasdan turish vaqtining o‘rta qiymati:
- tizim tiklanish vaqti;
- ichi ishdan chiqish oraligi.
μ – tiklanish intensivligi bo‘lib vaqt birligida tiklanishlar sonini belgilaydi.
Umumiy xolda qayta tiklash vaqti quyidagicha:
b u erda nosozlikni tuzatish quyidagiga teng:
Malumotlarni uzatish tezligi bit/s va bodlarda o‘lchanadi.
Signal axborot ko‘rsatkichlarining sekundlarda o‘zgarish miqdori bodlarda o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |