2-маъруза: ахборот ва жамият тарақҚиёти



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana15.01.2021
Hajmi0,93 Mb.
#55513
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
globallashuv sharoitida axborot-psixologik xavfsizlikni shakllantirish masalalari

                                   

 

 

 

 

 

 

TAVSIYALAR 

Bizningcha,  globallashuv  sharoitida  axborot-psixologik  xavfsizlikni  shakillantirish 

chuqur  amaliy va  nazariy  usliblarni  ishlab  chiqishni talab  etadi. Shuningdek    shaxs  tafakkurida 

kerakli    axborotni  tanlash  va  axborotni  to‘g‘ri  idrok  etish  mexanizmini  vijudga  keltirishga 

yo‘naltirilgan  metodlar chuqur nazariy taxlilga muxtoj.  

1.Tadqiqotchilarni diqqat e‘tibori tafakkurga salbiy ta‘sir etuvchi  ma‘lumotlar ta‘sirida  

shaxs ruxiyatidagi emotsional va kognitiv o‘zgarishlarga qaratilishi kerak.  

2.Axboriy    xurujlar    tasirida  psixik  o‘zgarishlarning  ichki  mazmunini  o‘rganishga 

bag‘ishlangan maxsus tadqiqotlar zarur.  

3.Bizning  diqqat  markazimizdan  tashqarida  qolgan  muxum  muammolardan  biri  – 

kommunikatsion  jarayon  qatnashchilarida  shakillanadigan  ichki  shaxslilik  va  shaxslararo  yangi 

tuzilmalardir. 

4.  Axborot-  psixologik  xavfsizlikni  shakillantirishning  turli  shakllari  va  metodlarini 



53 

 

taxlil  qila  turib  biz  shunga  amin  bo‘ldikki,  malumotlar  qabul  qilish  va  uzatishga  mo‘ljallangan 



ommaviy  maskanlarda  (internet  kafelar)    malumotlarni  psixologik  sintez-analizdan  o‘tkaza 

oladigan mutaxasis bo‘lishi shart. 

5.Fikriy  tashqi  tasir  kuchlari  inson  psixikasiga  ta‘sir  ko‘rsatmasligi  uchun  murakkab 

(xosil  qilingan)  reflekslarga  asoslangan  tashqi  reaksiya  mexanizmlarini  o‘rnatuvchi  metodlarni 

ishlab chiqish kerak.  

6.Jamiyatga  kirib  kelayotgan  yot  axborotlarni  barchasini  uzuluksiz  ravishda  analiz 

sintez  qilish  va  bu  ma‘lumotlar  negizidagi  g‘oyalarni  jamiyatdagi  shaxslarga  aynan  ommoviy 

axborot vositalari orqal xavola etib borish lozim. 

7.Shaxs  ruxiy  kechinmalarini  ijtimoiy  borliq  qadriyatlariga  bog‘lovchi,  ochiq  axborot 

kommunikatsiya  tizimida  insonning  axborot  taxdidlarini  baxolash  va  xavfsizlikni  taminlovchi 

loyihalar ishlab chiqilishi kerak. 

8.Globallashuv  jarayonida  kechayotgan  axborotlar  oqim  kishilarning  kadriyatlarga 

bo‘lgan  munosabati,  ishonchini  o‘zgartirmokda.  Ular  bilan  bog‘lik  extiyojlar,  talablar, 

qiziqishlarning  ham  o‘zgarib  borishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Bunday  sharoitda  fanlarni  o‘qitishda 

umuminsoniy  qadriyatlarga  sadoqatli  bo‘lishini  amaliy  jixatdan  o‘quvchilarga  yetkazish  asosiy 

vazifalardan biriga aylanishi zarur. 

9.Umuminsoniy  qadriyatlarga  oid  mavzularni  targ‘ibot  qilishda  yurtimiz  svilizatsiyasi 

tarqqiyoti  va  madaniyati  rivojining  asosiy  davrlari,  yutuqlariga  «Avesto»,  «Qur‘on»,  Xadislar 

kabi  iloxiy  qadriyatlarning  muxtasar  tizimlari  bayon  etilgan  manbalarga,  Al  Xorazmiy,  Al 

Farobiy,  Al Beruniy,   Ibn Sino,  Al Buxoriy,  At Termiziy, Axmad Yassaviy va Naqshbandiy,  

Abduraxmon  Jomiy,  Mirzo  Ulug‘bek,  Alisher  Navoiy,  Zaxiriddin  Muxammad  Bobur, 

Boboraxim Mashrablarning buyuk meroslariga aoslanmoq lozim.   

10.Ommaga yo‘naltirilayotgan  axborotlar  shaxs psixikasiga salbiy ta‘sir etmasligi uchun  

jamiyatda  yashayotgan  har  bir  shaxs  qabul  qilinayotgan  axborotni  har  jihatdan  mulohaza  qilib, 

o‘z  ongida  psixologik  sintez-analizdan  o‘tkazib,  axborotning  mavzusi,  mavzuning  g‘oyasi,  

g‘oya  ortidagi  maqsadni  anglab  yetgan  holda  to‘g‘ri  xulosa  chiqara  olishi  kerak.  Ushbu 

mexanizmni amalga oshirish uchun har bir inson ongida sog‘lom siyosiy psixologiyani, sog‘lom 

siyosiy  ruhiyatni  shakllantirishimiz,  boyitib  va  rivojlantirib  borishimiz  kerak  deb  o‘ylaymiz. 

Buning  uchun  ishni  avvalo  oiladan  boshlash  kerak.  Zero,  inson  oilada  dunyoga  keladi.  Oilada 

tarbiyalanadi;  mahallada  o‘sib  ulg‘ayadi;  bog‘chada,  maktabda  kamolotga  yetadi.  Demak, 

jamiyatning  to‘la  qonli  a‘zosi  bo‘lib  shakllanadi.  Shunday  ekan,  sog‘lom  siyosiy  psixologiyani 

to‘g‘ri hakllantirish jarayonini yuqorida aytib o‘tganimiz, bolaning oiladan Q mahalla Q bog‘cha 

Q  maktab  Q  oliy  o‘quv  yurti...  formulasi  asosida  olib  borishni  tavsiya  etgan  bo‘lardik.  Buning 

uchun  avvalo  ota-onalar  o‘z  farzandlarining  porloq  kelajagi  uchun  farzandlariga  davlatimizni 




54 

 

oqilona  siyosati,  davlatimizni  o‘ziga  xos  pozitsiyasi  va  ahborot  oqimidagi  xurujlar  haqidagi 



dastlabki  tushunchalarni  berish  kerak.  Mahalla  fuqarolar  yig‘ini  o‘z  tasarrufidagi  oilalarni 

psixologik  iqlimidan  bohabar  bo‘lishi  va  har  bir  oila  vakillarining  faoliyatiga  hayrixoh  bo‘lishi 

lozim. 

Psixolog  mutaxassisning  bu  boradagi  faoliyati  bizning  ishimizda  istiqbolli  amaliy 

natijasini ko‘rsatadi. 


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish