2-маъруза: ахборот ва жамият тарақҚиёти



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana15.01.2021
Hajmi0,93 Mb.
#55513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
globallashuv sharoitida axborot-psixologik xavfsizlikni shakllantirish masalalari

                                                                 

                                       Islom Karimov 

Mavzuning dolzarbligi:  Respublikamizda o‘ziga xos izchillik bilan olib borilayotgan 

―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da har bir shaxsninig  o‘ziga 

xos ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan individual jihatlariga alohida e‘tibor qaratiladi. 

Bu  jarayon  esa  axborotlashgan  jamiyatda  shaxs  kamolotining  ta‘minlanishida  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  Shu  boisdan,  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  islohotlar  zamirida  eng  avvalo 

shaxsning  ijtimoiy  taraqqiyoti,  o‘zligini  anglash  va  tafsilotni  to‘g‘ri  idrok  qilishi  masalalari 

yotadi. 

Bu  masalaning  yechimi  esa  yoshlar  ongida  milliy  qadriyatlarga  asoslangan  fidoiylik, 

vatanparvarlik,  bunyodkorlik  va  axborot-psixologik  xavfsizlikni  shakllantirish  orqali  amalga 

oshiriladi.  

Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta‘siri ham turlicha. Bu hol dunyo 

mamlakatlarining  iqtisodiy,  axborot,  ma‘naviy  salohiyatlari  va  siyosati  qanday  ekani  bilan 

bog‘liq.  Dunyoda  yuz  berayotgan  shiddatli  jarayonlarning  har  bir  mamlakatga  o‘tkazayotgan 

salbiy  ta‘sirini  kamaytirish  va  ijobiy  ta‘sirini  kuchaytirish  uchun  shu  hodisining  mohiyatini 

chuquroq  anglash,  uning  xususiyatlarini  o‘rganish  lozim.  Bu  hodisani  chuqur  o‘rganmay  turib, 

unga moslashash, kerak bo‘lganda, uning yo‘nalishiga tegishli tarzda o‘zgartirish mumkin emas. 

Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, 

taktikasi  va  texnologiyasini  ishlab  chiqmaslik  mamlakat  iqtisodi  va  madaniyati,  ma‘naviyatini 

tog‘dan  tushayotgan  shiddatli  daryo  oqimiga  boshqaruvsiz  qayiqni  topshirib  qo‘yish  bilan 

barobar bo‘ladi.  

Globallashuv  sharoitida  deyarli  barcha  davlatlar  axborot  sohasi  tadrijiy  rivojlanishi  va 

turli xil tazyiqlar mavjud bo‘lgan sharoitlarda uning amal qilishi uchun shart-sharoitlar  yaratish 

                                                 

1

Karimov I.A  ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‖  Т.:―O‘zbekiston‖  2008. 111-bet. 




 

bo‘yicha faoliyatni kuchaytirdilar.  



Globallashayotgan  dunyoda  axborot  xalqlararo  va  davlatlararo  munosabatlarda  katta 

ahamiyat  kasb  etadi.  Ya‘ni  u  jahon  hamjamiyati  hayotida  ham  ijobiy  ham  salbiy  kuch  sifatida 

namoyon  bo‘lishi  mumkin.  Shu  ma‘noda  texnikaviy-texnologik  sohada  katta  imkoniyatga  ega 

bo‘lgan mamlakatlar qulay sharoitga ega bo‘ladilar. Mana shu ustunlik tufayli ular o‘z shaxsiy 

manfaatlariga  mos  keluvchi  qadriyatlarni,  nuqtai-nazarlarni,  g‘oyalarni,  fikrlarni  ilgari 

surmoqdalar.  Shunga  ko‘ra  ko‘pgina  davlatlarda  globallashuvga  qarshi  harakatlar  yuzaga 

kelmoqda,  bular  yagona  jahon  uyg‘unlashgan  axborot  maydonini  tuzishni  rad  etmoqdalar.  Bu 

o‘rinda  shuni  alohida  ta‘kidlash  joizki,  globallashuvga  qarshi  harakatning  o‘zi  tobora  global 

harakat tusini olmoqda.  

Zamonamizning  o‘ziga  xos  jihatlaridan  biri,  har  qanday  mahalliy  hodisa  yoki  voqea 

zamonaviy  axborot  texnologiyalari  tufayli  global  xodisa  va  voqeaga  aylanmoqda.  Bularning 

barchasi  axborot  jarayonlarining  globallashuvi  bilan  bog‘liq  muammolar  dolzarbligini  yana  bir 

karra ta‘kidlaydi. 

Mustaqillik  davrida  mamlakatimiz  olimlari  o‘tkazgan  va  o‘tkazayotgan  tadqiqotlarga 

ko‘z  yugurtirish  bu  sohadagi  ishlar  endi  boshlanayotganligidan  guvohlik  beradi.  Jumladan 

tadqiqotchilar  Sh.Ollaberganova,  I.To‘xtarovlar  axborot  xavfsizligi  bo‘yicha  tadqiqotlar  olib 

bormoqda. Lekin aynan axborot psixologik xavfsizlik masalalari borasida ilmiy tadqiqotlar olib 

borilmagan va axborot psixologik xavfsizlikni yosh davrlar psixologiyasiga ko‘ra keng ommada 

shakllantirish  bo‘yicha  ilmiy  asoslangan  takliflar  ishlab  chiqilmagan.  Tadqiqot  ishimizning 

asosiy dolzarbligi shundaki, globallashuvning yoshlar ongiga axboriy psixologik ta‘sir o‘tkazish 

quroliga  aylanib  qolayotganligi,  unga  qarshi  yoshlar  ongida  axboriy  psixologik  xafsizlikni  va 

psixologik  immunitetni  shakllantirish  masalasi  bugungi  kunda  har  doimgidan  ham  dolzarb  va 

axamiyatlidir. 


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish