АBU RАYHОN BЕRUNIYNING LINGVISTIK QАRАSHLАRI
Dunyo madaniyati va ma'naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‗shgan, fan tarixida juda katta iz qoldirgan qomusiy olimlarimizdan
yana biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniydir.
Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyatini yoritishga bag‗ishlangan
bir qancha asarlar mavjud. Shuning uchun ham biz olim hayotiga doir
ayrim ma'lumotlarni keltirish bilan cheklanamiz. Abu Rayhon Beruniy,
U.I.Karimovning ta'kidlashicha, milodiy 973 yilning 4 sentyabrida (hijriy
362 yil zulhijja oyining 2-kunida) Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyatda
tavallud topdi. 1009 – 1017 yillarda Xorazmshoh Abul-Abbos Ma'mun
ibn Ma'mun saroyida xizmat qilib, katta obro‗-e'tibor qozondi. 1017 yilda
Mahmud G‗aznaviy Xorazmni bosib olgandan so‗ng Xorazmdagi bir
qancha olimlar qatori Beruniy ham G‗aznaga yo‗l olishga majbur bo‗ldi va umrining oxiriga
qadar shu yerda ijod qildi.
U o‗z davridagi barcha fan sohalari bo‗yicha qalam tebratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi.
Bizgacha yetib kelgan asarlari orasida «Xronologiya», «Hindiston», «Geodeziya»,
«Mineralogiya», «Mas'ud qonuni» hamda «Sayda-na» nomi bilan mashhur bo‗lgan «Kitob as-
saydana fi-t-tibb» asarlari tadqiqotchilar tomonidan maxsus o‗rganildi, arab, rus, ingliz, nemis va
boshqa tillarga tarjima qilib, nashr etildi.
Beruniy ilmiy merosining nomidan ham ko‗rinib turibdiki, olim tarix, riyoziyot,
matematika, falsafa, handasa, kimyo, astronomiya, geografiya, tibbiyot, adabiyot, musiqa,
tilshunoslik singari o‗nlab sohalar bo‗yicha ilmiy tadqiqot olib borgan va jahon allomalarini
hozirgacha lol qoldirib kelayotgan buyuk kashfiyotlar yaratgan.
Beruniy ilmiy hazinaning kaliti sanaluvchi tilga va tilshunoslikka alohida e'tibor berdi. U
yoshligida yunon, lotin, arab, fors, so‗g‗d, suryoniy tillarini chuqur o‗rgandi. Chunki jahon
sivilizatsiyasining beshigi Yunoniston va Rumo o‗lkalari bo‗lib, antik madaniyat namunalarining
barchasi shu tillarda yozilgan edi. Arab tili Beruniy yashagan davrda diniy ta'limot tili bo‗lishi
bilan birga, fan tiliga ham aylangan edi. Islom olamida yaratilgan barcha asarlar arab tilida
yozilar edi. Bo`larning hammasi bo‗lajak allomani yuqoridagi tillarni sinchkovlik bilan
o‗rganishga da'vat etdi. Beruniy o‗zini xorazmiy tiliga mansub ekanini, arab, fors tillarini esa
keyin o‗rganganini ta'kidlaydi.
Sulton Mahmud G‗aznaviy yurishlari davrida Beruniy bir necha bor Hindistonga borishga
musharraf bo‗ldi. Hindiston allomani o‗ziga rom etdi va bu o‗lkaning tarixi, madaniyati, urf-
odati, hayvonot va nabotot olamini o‗rganishga bel bog‗ladi. Buning uchun, avvalo, eski hind tili
bo‗lgan sanskritni puxta o‗rgandi.
Umrining so‗nggi yillari Mahmud G‗aznaviyning vorisi Ma'dud sultonligi davrida (1048
yil) dorivor o‗simliklar, hayvonlar va ma'danlar tavsifiga bag‗ishlangan ―Saydana‖ asarini yozdi.
Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo‗lgan qarashlari mana shu asarida yaqqol namoyon
bo‗ladi.
«Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o‗zini qurshab to`rgan olamni
va olam uzvlarining turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekani
bayon qilinadi. Xususan, olim bolaligida uning yurtiga bir yunon ko‗chib keladi. Abu Rayhon
unga don, urug‗, meva, o‗simlik va boshqa narsalar ko‗tarib kelib, bo`lar yunon tilida qanday
nomlanishini so‗ragani va ularning yunoncha nomlarini daftariga yozib olganini bayon qiladi.
«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda dorivor moddalarning bir necha tillardagi
nomlari keltiriladi. Hatto bir o‗simlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi
yoki aksincha, bir so‗z har xil shevada boshqa-boshqa o‗simlik nomini bildirishi mumkin. Bu esa
dorivor moddalardan amalda foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Aholiga foydalanish oson
bo‗lishi uchun modda nomining dialektal variantlarini ham ko‗rsatadi. Bu Beruniyning narsa
nomini bilish insonning ma'naviy xazinasigina emas, balki katta moddiy boyligi bo‗lishi
mumkinligini, shuning uchun ham til o‗rganishning tengsiz ahamiyati mavjudligini ta'kidlaydi.
Fikrining isboti sifatida asarning V bobida shunday rivoyat keltiradi. «Xorazm amirlaridan
biri kasal bo‗lib uzoq qiynaladi. Nihoyat nishopurlik bir tabib uning kasaliga nima davo bo‗lishi
mumkinligi haqida dorinoma (retsept) yozib yuboradi. Bu dorinomani mahalliy dorishunoslarga
ko‗rsatadilar. Ular tavsiya etilgan dorivor o‗simlikni hyech aniqlay olmaydilar. Shunda bir kishi
ular qidirayotgan o‗simlikni topib berishi mumkinligini, lekin narxi besh yuz dirham sof
kumushdan kam bo‗lmasligini aytadi. Amir mulozimlari rozi bo‗lishadi. Uch kishi mulozimlarga
o‗simlik tomirini tutqazadi. Bu o‗zlari har kuni ko‗rib yuradigan oddiy bir chayon o‗t (krapiva)
tomiri edi. Mulozimlarning jahli chiqib: ―O‗n besh dirhamga ham olmaydigan shu tomirni besh
yuz dirhamga berasanmi?‖ – deb o‗shqiradilar. Shunda giyohfurush javob beradi: «Dorivor
moddalar nomini bilish bebaho boylikdir. Sizlar shu o‗simlikning nomini bilmaganingiz tufayli
kasalning qanchalar qiynalishiga sababchi bo‗ldingiz, tillo bahosiga bo‗lsa ham sotib olishga rozi
edingiz».
Beruniy nomning jamiyat hayotidagi ahamiyatini e'tiborga olib, o‗zining «Saydana»
asarida ma'lum dorivor moddaning bir necha tillarda qanday nomlanishini bayon qilish bilan
birga, har qaysi tildagi mahalliy nomlanishiga ham katta o‗rin beradi.
Ayrim mutaassib kishilar arab yozuvini Olloh tomonidan yuborilgan deb ilohiy tus
berayotgan bir paytda Abu Rayhon Beruniy har qanday yozuv kabi arab imlosi ham
insoniyatning kashfiyoti ekanini e'tirof etadi. Lekin bu yozuvda ancha noqisliklar borligi,
shuning uchun ham yunon, lotin, hind tilidagi asarlarning arab tiliga tarjimalarida ayrim
nomlarni to‗g‗ri ifodalash qiyinligi, shu tufayli ko‗p nomlarning g‗aliz berilishini bayon etadi.
Olimning aytishicha, arab yozuvida «katta baxtsizlik» bor. Unli fonemalarning
ifodalanmasligi, ko‗p harflarning bir-biriga o‗xshashligi va ularning ayrim nuqtalar orqaligina
farqlanishi qator qiyinchiliklarga olib keladi. Agar nuqtalar tushib qolsa, ma'noning chiqmay
qolishi, ayniqsa, Dioskorid, Galen, Pavel, Oribaziy singari yunon olimlarining familiyalarini
to‗liq va to‗g‗ri ifodalab bo‗lmasligini ta'kidlaydi. Shuning uchun yunon familiyalarini originalga
qiyoslagan holda transkripsiya qiladi. Shuningdek, hindcha so‗zlarni berishda bir qancha hind
fonemalarining arab tili fonologik tizimida yo‗qligini shuning uchun arab yozuvi orqali bu
so‗zlarni to‗g‗ri ifodalab bo‗lmasligini aytadi. Natijada u arab yozuviga forslardan ayrim
qo‗shimcha harflar kiritadi.
―Saydana‖ asarini o‗qir ekanmiz, Beruniyning qanchalar chuqur filologik bilimga ega
bo‗lgani haqida to‗liq tasavvur hosil qilamiz. U nazmning turli nazariy masalalariga bag‗ishlab
qator asarlar yozgan. Shu bilan birga, o‗zi ham arab tilida yaxshigina she'rlar ijod etgan.
O‗zigacha bo‗lgan yuzlab shoirlarning, bir qancha zamondoshlarining ijod namunalarini yoddan
bilgan va fikrini dalillamoq uchun ilmiy asarlarida bu she'rlardan namunalar keltirgan.
«Saydana»da 65 ta shoirdan 141 ta she'riy parcha beriladi.
Beruniyning qadimgi arab poeziyasiga katta e'tibor berishi tasodifiy emas. Chunki arablar
qadimda yozuv madaniyatiga ega bo‗lmay turib biror voqeani esda oson saqlab qolish uchun
she'rga solganlar. Natijada she'r kishiga estetik zavq bag‗ishlovchi vositagina bo‗lib qolmay,
axborotni avloddan avlodga yetkazuvchi, bilimlarni o‗zida to‗plovchi vazifasini ham bajargan.
Shu bois dorivor moddalarning xususiyatlarini ham she'rga solganlar. Natijada she'riyat xalqning
bilimlar to‗plamiga aylangan.
«Saydana» asarida muallif yoshligidan dunyoning turli mintaqalarida o‗zi bevosita ko‗rgan
va yozib olgan dorivor moddalarni berish bilangina cheklanmaydi. Balki o‗zigacha bo‗lgan
barcha olimlarning ilmiy merosini sinchiklab o‗rganib, ulardan samarali foydalanadi. So‗z
borayotgan modda haqidagi ularning fikrlarini keltirib o‗tadi.
Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomi izohlanadi. Har bir bob bir
harfga bag‗ishlanadi. Arab alifbosidagi 28 harfga lom-alifni ham qo‗shib, alohida bob qilib
beradi. Beruniy o‗z asarida bu muammoning o‗ta muhimligini sezgan holda, 4500 dan ortiq
arabcha, yunoncha, suriyacha, forscha, xorazmiycha, sug‗dcha, turkcha va boshqa tillardagi
o‗simlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan dorivorlar nomlarini to‗playdi hamda
izohlaydi. Bu bilan o‗z davridagi dorivor atamalarni me'yorlashtirish borasida katta xizmat
ko‗rsatadi. Ularni izohlash uchun 250 dan ziyod olimlarning asarlaridan iqtibos keltiriladi. Bo`lar
orasida Gippokrat (miloddan oldingi 460 – 355 yillar), Arastu (miloddan avvalgi 384 – 322
yillar), Ptolomey XI ning qizi Kleopatra (miloddan avvalgi 69 – 30 yillar) singari yunon;
Arxigen (83 – 117 yillar.), Galen (129 – 200 yillar) kabi rim; Choraka (miloddan avvalgi I asr)
kabi hind; Masardjavayh (661 – 750 yillar), mashhur tabib Iso Masihning otasi Ad-Dimashqiy,
Iso Masih, al-Kindiy singari arab olimlari nomlari alohida o‗rin egallaydi. Shu nomlarning
o‗ziyoq Beruniy «Saydana» asarini yozishga nechog‗lik katta tayyorgarlik ko‗rganini, dunyoning
zabardast allomalari asarlarini sinchiklab kuzatganini, qadimgi olimlar va zamondoshlari
asarlarida uchragan dorivor moddalar nomlarini bittalab yiqqanini ko‗rsatadi. Olim bu bilangina
cheklanib qolmay, ayrim dorivor vositalarni asar yozilayotgan chog‗da ba'zi shaxslar og‗zidan
bevosita daftarga tushirganini bayon qiladi. Natijada «Saydana» asari dorivor moddalar lug‗atiga
aylanadi. Bu lug‗atning xarakterli xususiyati shundaki, muallif foydalanuvchilarga oson bo‗lishi
uchun moddalar nomini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan boshlanuvchi bir
necha so‗z bo‗lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi. Natijada o‗zigacha bo‗lgan
arab leksikograflarining lug‗atlaridan ancha farq qiladigan o‗ziga xos lug‗at yaratiladi. U bir
vaqtning o‗zida ham izohli, ham tarjima, ham etimologik, ham dialektologik lug‗atning ilk
namunalaridan sanaladi.
Xususan, lug‗atning o‗n uchinchi maqolasi o„trunj so‗ziga bag‗ishlanadi. Bu so‗z
Nishopurda va oddiy so‗zlashuvda ko‗proq turunj, suriyacha atruka, forscha bodrang, lotincha
Do'stlaringiz bilan baham: |