2-ma’ruza : xalifalik davri o‘zbek tilshunosligi


IBN SINОNING LINGVISTIK QАRАSHLАRI



Download 296,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana29.12.2021
Hajmi296,13 Kb.
#79684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-maruza matni

IBN SINОNING LINGVISTIK QАRАSHLАRI 

      Ibn Sino – qomusiy bilim egasi. U, eng avvalo, dunyoga tengi yo‗q 

tabib sifatida tanildi. Ibn Sinoning «Qonun fi-t-tib» kitobi asrimiz boshlariga 

qadar  Ovruponing  eng  nufuzli  universitetlarida  asosiy  qo‗llanma  sifatida 

o‗qitilib keldi. 



Tibbiyotda  shuhrat  qozongan  buyuk  hakim  boshqa  fan  sohalarida  ham  katta  meros 

qoldirdi.  O‗rta  asrlarda  ilmning  rivojiga  beqiyos  hissa  qo‗shgan  buyuk  faylasuf  turli  fan 

sohalarida  qalam  tebratib,  ulkan  muvaffaqiyatlarga  erishgan  qomusiy  olim  sifatida  faqat 

Sharqdagina  emas,  balki  G‗arbda  ham  ma'lum  va  mashhur  bo‗ldi.  Uning  ilmdagi  buyuk 

xizmatlariga  mahliyo  bo‗lgan  Mikelanjelo:  «Boshqa  olimlarni  ma'qullab  haq  bo‗lgandan  ko‗ra, 

Galen va Ibn Sinolar orqasidan ergashib xato qilgan yaxshiroqdir»,  — degan edi. Ibn Sinoning 

lingvistikaga  doir  «Asbobi  xudut  al  huruf»  asari  shu  kunga  qadar  tilshunoslar  diqqatini  o‗ziga 

rom qilib keladi. Bu asar bizgacha bir necha qo‗lyozmalar orqali yetib kelgan. Ulardan eng eskisi 

hijriy 569 (milodiy 1173) yilda, so‗nggisi esa hijriy 1182 (milodiy 1768) yillarda ko‗chirilgan. 

Ibn  Sino  hayoti  va  ijodi  bilan  shug‗ullangan  Abu  Ubayda  Juzjoniyning  ta'kidlashicha, 

mazkur asar hijriy 415 (milodiy 1024) yilda Tehronda yozilgan. 

Hozirgacha yuqoridagi risolaning to‗rt nashri mavjud: 

1. Qohira nashri. Muhibiddin al-Hatib tomonidan ikki nusxasi— Britaniya muzeyi (1182-

1768 y.) va Teymur (Misr) kitob omboridagi qo‗lyozmalar asosida nashr etilgan. Lekin bu nashr 

ilmiy  nuqtai  nazardan  ancha  past,  shu  bilan  birgalikda  ko‗p  noaniqliklarga  yo‗l  qo‗yilgan 

qo‗lyozmalarga tayangani uchun keng ommalashmadi. 

2. Qohira nashridan 40 yildan ortiqroq muddat o‗tgach 1954 yil Tehronda professor Parviz 

Natel  Xanzariy  tomonidan  ikkinchi  nashr  amalga  oshirildi.  U  e'tiborli  qo‗lyozmalarga 

asoslanganligi va ilmiy apparatning yuksakligi bilan birinchisidan ajralib turadi. 

3.Tiflis nashri (1968) gruzin filologi V.G.Axvlediani tomonidan tayyorlangan bo‗lib, unda 

matnning ruscha tarjimasi va asarning ilmiy talqini ham beriladi. 

4.  Toshkent  nashri  o‗zbek  tilshunoslari  A.Mahmudov  va  Q.Mahmudovlar  tomonidan 

tayyorlangan. 

Biz  Ibn  Sinoning  lingvistik  qarashlariga  baho  berishda,  asosan  uchinchi  va  to‗rtinchi 

nashrga tayanamiz. 

Garchi  bu  asar  arab  tili  fonetikasiga  bag‗ishlangan  bo‗lsa-da,  lekin  ko‗p  o‗rinlarda, 

ayniqsa,  V  bobida  fors,  turk  va  boshqa  tillar  materiallari  ham  qo‗llaniladi.  Shuning  uchun  Ibn 

Sinoning  mazkur asari Sibavayhiy  singari  o‗ziga  qadar bo‗lgan  filologlarning asarlaridan  farqli 

ravishda umumiy fonetika masalalarini yoritishga bag‗ishlangani bilan ajralib turadi. 

«Asbob» asari arab tilshunosligi an'anasidan yana shunisi bilan farqlanadiki, unda fonetik 

o‗zgarishlar masalasi ko‗rilmaydi. Tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari o‗rganiladi. 

Shuning uchun bu sof sinxron fonetika hisoblanadi. 

Asarning  arab  tilshunosligidagi  boshqa  asarlardan  yana  bir  farqli  jihati  shundaki,  unda 

artikulyasiya tomonidan yaqin bo‗lgan va akustik belgisiga ko‗ra farklanuvchi undoshlar o‗zaro 

zidlangan  holda, ularning  o‗xshash  hamda  farqli  belgilari ochiladi. Masalan, k-g, q-g‗ kabi. Bu 

N.S.Trubetskoydan  bir  necha  asrlar  oldin  Markaziy  Osiyo  filologlari  tomonidan  korrelyativ 



undoshlar ajratilgani va undosh fonemalarni belgilashda asosiy tamoyil sifatida foydalanilganini 

ko‗rsatadi. 

Ibn Sino asarida yana bevosita kuzatishda turli o‗zgarishlar bilan talaffuz qilinuvchi variant 

bilan bu variantning abstrakt bosqichdagi umumlashmasi (invarianti) farqlanadi. Xususan, r-r‘, l-

l‘ tovushlari bir umumiylikning ikki xil ko‗rinishi ekanini bayon qiladi. 

Ibn  Sinoning  «Asbob»  asari  kirish  va  olti  bobdan  iborat.  Kirish  qismida  uning  yozilish 

sabablari,  an'anaga  ko‗ra  kimning  sharafiga  yozilgani  bayon  qilinadi.  Asar  Abu  Mansur 

Muhammad ibn Ali ibn Umarga bag‗ishlangan. Muallif shu qismda risolani quyidagi olti bobga 

ajratganini yozadi: 

1. Tovushning paydo bo‗lish sabablari haqida. 

2. Nutq tovushlarining paydo bo‗lish sabablari haqida. 

3. Bo‗g‗iz va tilning anatomiyasi haqida. 

4. Ayrim arab tovushlarining paydo bo‗lishidagi o‗ziga xos xususiyatlari haqida. 

5. Bu tovushlarga o‗xshash nutq tovushlari haqida. 

6. Bu tovushlarning nutqiy bo‗lmagan harakatlarda eshitilishi haqida. 



Risolaning birinchi bobida, umuman, tovushning paydo bo‗lishi to‗g‗risida fikr yuritiladi. 

Muallifning  bu  masaladagi  fikri  bugunga  qadar  ham  deyarli  o‗zgarmagan  holda  takrorlanib 

kelmoqda. Uning ta'kidlashicha,  har qanday tovush  havoning to‗lqinsimon tebranishi  natijasida 

paydo bo‗ladi. Havoning tebranishida esa bir jismning ikkinchisi bilan to‗qnashuvi (qar) yoki bir 

jismning  ikkinchisidan  uzilishi  (qal)  muhim  rol  o‗ynaydi.  Har  ikki  holda  ham 

havoningto‗lqinsimon tebranishi ro‗y beradi. Ikki jismning to‗qnashuvi jarayonida to‗qnashuvchi 

jismlar  havoni  qisib,  muayyan  kuch  va  tezlik  bilan  harakat  yo‗nalishi  tomon  fazoni  tezroq 

bo‗shatishga  majbur  qiladi.  Bir  jismning  ikkinchi  jismdan  uzilishi  natijasida  ham  uzilayotgan 

jismlar qisilgan havoni muayyan kuch va tezlik bilan fazoni bo‗shatishga majbur qiladi. 

Har  ikki  holda  ham  uzoqlashayotgan  havo  shakl  va  to‗lqinni  hosil  qilishi  lozim  bo‗ladi. 

To‗qnashuv natijasida hosil bo‗lgan to‗lqin uzilish natijasida hosil bo‗lgan to‗lqindan kuchliroq 

tarqaladi. Ko‗rinadiki, tabiatdagi tovushlarning qanday paydo bo‗lishini Ibn Sino birinchilardan 

bo‗lib ilmiy asoslab beradi. 

Muallif fizikaviy tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi va har ikkisi uchun 

alohida-alohida  atama  qo‗llaydi.  Birinchisi  «savt»,  ikkinchisi  esa  «harf»  atamasi  orqali 

nomlanadi. 

Uning  fikricha,  savt  va  harf  paydo  bo‗lishiga  ko‗ra  o‗zaro  umumiy  va  shu  bilan  birga, 

o‗ziga  xos  belgilarga  ega.  Umumiyligi  shundaki,  har  ikkisi  jismning  qisilishi  yoki  ochilishi 

natijasida  havoning  tebranishi  tufayli  hosil  bo‗ladi.  O‗ziga  xos  tomoni  shundaki,  harf  nutq 

organlari  tomonidan  talaffuz  qilinadi.  Asarda  ta'kidlanishicha,  harf  —  bu  balandlik  va  ton 

bo‗yicha o‗xshash tovushlarning eshitilish jihatidan bir-biridan farqlanuvchi turidir. 

Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni ko‗rsatib o‗tadi: 

1.  Ko‗krak  qafasida  paydo  bo‗ladigan  diafragma  va  ko‗krak  muskullari  orqali  harakatga 

keladigan havo to‗lqini. 

2. Havo to‗lqinining nutq organlari turli nuqtasida to‗siqqa uchrashi. 

3. Tovushga turlicha tembr ottenkasi beradigan va turli akustik belgi (masalan, dinai «aks 

sado»,  gunna  «nazallik»)  hosil  qiladigan  rezonator.  Ibn  Sino  ko‗rsatgan  yuqoridagi  uch  jihat 

bugunga qadar fonetikaga bag‗ishlangan asarlarda takrorlanib kelmoqda. 

Muallif  nutq  tovushlarini  tasniflar  ekan,  unli  va  undoshlarni  bir-biridan  farqlaydi:  unlilar 

uchun 



Download 296,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish