2-ma’ruza : xalifalik davri o‘zbek tilshunosligi


АBU NАSR FОRОBIYNING LINGVISTIK QАRАSHLАRI



Download 296,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana29.12.2021
Hajmi296,13 Kb.
#79684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-maruza matni

АBU NАSR FОRОBIYNING LINGVISTIK QАRАSHLАRI 

 

 

 Аbu  Nаsr  Fаrоbiy  hijriy  260  (milоdiy  873)    yili  Аris  dаryosi 



Sirdаryogа quylаdigаn Fоrоb (O‗trоr) qishlоg‗idа  tug‗ilgаn.  

 Umrining  охirgi  yillаridа  Hаlаbdа,  so‗ngrа  Dаmаshqdа  yashаdi. 

Shu yerda milоdiy 930 yili vаfоt etdi

Abu  Nasr  Farobiy  tilshunoslik  sohasida  ham  ajoyib  fikrlar  yuritadi. 

Avvalo,  o‗zining  «Falsafatu  Aristutalis»  asarida  hozirgi  tilshunoslikning 

falsafiy  masalalari  ichida  markaziy  o‗rinni  egallagan  bilishning  ikki 

bosqichi  (hissiy  va  idrokiy),  umumiylik-xususiylik,  mohiyat-hodisa 

dialektikasi  haqida  qiziqarli  ma'lumot  beradi.  Farobiyning  fikricha,  faqat 

insongina  bilimga  intiladi.  Inson  o‗zini  qurshab  to`rgan  olamni  va  o‗zini 

o‗zi bilish orqali eng yetuk mavjudotga aylanadi. Bilish insonning mohiyati. Bilishdan maqsad 

haqiqatga  erishmoqdir,  –  deydi  muallimus-soniy.  Har  qanday  bilish,  dastavval,  o‗zini  qurshab 

to`rgan  olamdagi  narsa  va  hodisalarni  kuzatishdan  boshlanadi.  Chunki  tafakkur  faoliyati  bilan 

hosil  qilingan  mohiyat  o‗zining  tabiiy  asosidan  oldin  bo‗lishi  mumkin  emas.  Bu  fikrlar 

V.Gumboldtga hamohangligi, lekin undan 900 yil oldin aytilgani ahamiyatlidir. 




Farobiy  o‗zining  gnoseologik  ta'limotida  konkret  borliqdan  umumlashmalarga,  abstrakt 

tafakkurga,  ideal  dunyoga  borishni  tavsiya  etadi.  Mohiyat  va  uning  bevosita  kuzatishda 

gavdalanishi  o‗rtasidagi  munosabatni ochish uchun  Abu Nasr predikat (mahmul) tushunchasiga 

katta  e'tibor  berdi.  Ong  konkret  borliqning  umumlashgan  mohiyati  sifatida  baholandi.  Predikat 

mohiyatning  ajralmas  xossasi  deb  qaraldi.  Farobiy  mohiyat  va  uning  yashashi  o‗rtasidagi 

munosabatni narsa va uning xossasi, substansiya va atribut munosabatiga tenglashtirdi. 

Farobiy  inson ongining ikki turga bo‗linishini ko‗rsatadi: 1) ichki (intuitiv) ong; 2) tashqi 

(hosil qilingan) ong. Uning fikricha, birinchisi tabiat tomonidan beriladi. Ikkinchisi esa tabiatdan 

maqsadga ko‗ra olinadi. Abu Nasr shunga muvofiq inson bilimini ham ikkiga bo‗ladi: 1) tug‗ma; 

2) o‗qish va tajriba asosida erishilgan bilim. 

Yangi tug‗ilgan bolada bilish imkoniyati, bilish ruhi bor. U – tug‗ma. Shu bilan birga inson 

sezgi  a'zolari  bilan  ana  shu  imkoniyatni  yuzaga  chiqaradi.  Atrof-muhitni  bilib  boradi.  Nom  va 

tushunchalar  sezgi  a'zolarimiz  mahsulidir.  U  avloddan-avlodga  beriladi.  Shuning  uchun  ular 

tug‗ma emas, balki qabul qilingan bilimlardir. 

Ayrim  Ovrupo  olimlari  Farobiyni  Arastu  falsafiy  ta'limotining  targ‗ibotchisi,  o‗zining 

falsafiy ta'limoti yo‗q, deb qaraydilar. Bu yanglish qarashdir. Farobiy Aflotun, Arastu ta'limotini 

chuqur o‗zlashtirgan, Arastu ta'limotini ma'qul deb hisoblagan holda, shunchaki uning Sharqdagi 

targ‗ibotchisi  bo‗lib  qolgan  emas.  U  Arastu  qarashlariga  tanqidiy  baho  beradi  va  o‗zining 

original fikrlarini bayon qiladi. Xususan, Arastu ilohiy ongni birinchi planga qo‗yib, bu ongsiz 

hyech  narsani  bilish,  fikrlash  mumkin  emas,  desa,  Farobiy  bunga  zid  ravishda  ong  miya,  asab, 

muskullarning faoliyat mahsuli ekanini ta'kidlaydi. 

Farobiy  narsaning  ob'ektivligini,  uning  mavjudligi  bizning  sezgi  a'zolarimizga  ta'sir 

qilishini e'tirof  etadi. Biz  faqat o‗zimizni  qurshab to`rgan olamdagi  narsalarni sezgi a'zolarimiz 

orqali  bilib  olamiz.  Ushlash,  qo‗l  tekkizish  yo‗li  bilan  olingan  bilimga  quvvai  lomisa,  ko‗rish 

orqali  olingan  bilimga  esa  quvvai  nigohiy  atamalarini  qo‗llaydi.  Shu  bilan  birgalikda  eshitish 

sezgisi orqali, nutq vositasida ham  bilimga ega  bo‗lish  mumkinligini ta'kidlaydi. Bunday  bilim 




Download 296,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish